O'zbekiston MTJ sobiq a'zosi "Sho'rtan" murabbiylar shtabidan joy oladi

Sherzod Nurmatov
26 iyun 2025
O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Sherzod A'zamov G'uzor klubida ish boshlaydi.

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevga ko'ra, "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari sobiq himoyachisi Sherzod A'zamov ikkinchi davradan murabbiylik faoliyatini boshlaydi. 35 yoshli A'zamov "Sho'rtan" murabbiy shtabiga qo'shiladi.

Ma'lumot o'rnida, "Sho'rtan" 9 ochko bilan so'nggi o'rinda bormoqda. Ayni paytda jamoaga Eldor Moyliev bosh murabbiylik qilmoqda. 

May oyida "90minutuz" podkastida mehmon bo'lgan  O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sherzod A'zamov murabbiylarning yosh futbolchilarni kashf etishi qiyin masala ekanligini aytgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia