So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Сўғдиёна" (матнли трансляция)  0 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  0 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  3 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  0 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  7 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0 14:28"Атлетик" собиқ президенти: "Уильямс биз учун ўйнашни истамаяпти"  6 13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  5 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  7 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  6 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0

Ivan Yosovich: "Serbiya Evropa Braziliyasi? Kichik davlatga shunday tarif berish yoqimli" Yangiliklar

Ivan Yosovich: "Serbiya Evropa Braziliyasi? Kichik davlatga shunday tarif berish yoqimli"

"Qo'qon-1912" kecha Coca-Cola Superliga 24-turi doirasida qoldirilgan uchrashuvida safarda "Nasaf"ga mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvdan avval qo'qonliklar shu kungacha "Nasaf" maydonidan g'alaba bilan qayta olmayotgani haqida yozgandik. Ushbu qora annana kecha ham davom etdi. Umuman olganda o'yin surati yomon emasdi. Ikki tomon ham chiroyli va hujumkor futbol ko'rsatishga harakat qildi. Lekin himoyadagi xatolar mehmonlarga qimmatgan tushganini aytish joiz.SHunga qaramay, "Qo'qon-1912" vakillari birinchi bo'limda keskin vaziyatlar yaratishga urinishdi. Ularning gol bilan yakunlanishiga esa biroz omad etishmadi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "Qo'qon-1912"ning serbiyalik himoyachisi Ivan Yosovich fikrlarini bildirib o'tdi. 

- "Qo'qon-1912" "Nasaf"ni safarda enga olmay kelayotgandi. Statistika ham jamoaga qarshi edi. SHu kuni "Qo'qon-1912"ga nima etishmadi? O'yin haqidagi taassurotlaringiz qanday?

- To'g'risi tarixdagi o'yinlar va statistikadan xabardor emasdim. Biz bunga etibor qaratganimiz yo'q. Lekin "Nasaf" o'z maydonida tajovvuzkor va yaxshi o'ynashi aniq edi. Menimcha o'yin muxlislar uchun qiziqarli kechdi. Gollar, xavfli vaziyatlar, kurashlar ko'p bo'ldi. G'alaba qozonish uchun maydonga chiqqandik. Lekin o'ylaganimiz o'xshamadi. Tan olib aytish kerak, kecha "Nasaf"ning kuni edi. Yakunda ular g'alabani o'ziniki qildi. 

- Kecha jamoadagi himoyachilar ko'p xatoga yo'l qo'yishdi. Sizga esa Xusayin Norchaevni alohida qo'riqlash vazifasi yuklatilgandi. Iqtidorli hujumchi baribir gol urishni uddasidan chiqdi...

- Vazifam standart, burchak zarbalari ijro etilayotgan pallada Xusayin Norchaevni qo'riqlash edi. Aytganingizdek u darvozamizni ishg'ol qildi. Futbol xatolardan iborat. Agar xato bo'lmasa, gol ham bo'lmaydi. To'rt kundan keyin navbatdagi o'yinimizni o'tkazamiz. SHu bois ko'p o'ylashga vaqt yo'q. Xatolarni tahlil qilib tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- Yana 2ta turdan so'ng mavsum yakuniga etadi. Odatda bunday pallada aksariyat futbolchilar yangi jamoa izlash yoki jamoasi bilan shartnomani uzaytirish harakatiga tushishadi.  Sizga boshqa jamoalardan takliflar bormi yoki Qo'qonda qolishni maqsad qilganmisiz?

- Hozirda qadam va qadam oldinga qarab ketmoqdamiz. Oldinda ikkita bellashuv kutib turibdi. SHundan keyin o'ylab ko'raman. SHuni aytishim kerakki, O'zbekiston mening ikkinchi uyimdek bo'lib qoldi. Bo'lg'usida o'zimni O'zbekistonda ko'rmoqdaman. 

- Serbiya Portugaliyani mag'lubiyatga uchratib to'g'ridan-to'g'ri Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Ushbu voqea sizni xursand qilgani tabiiy...

- Albatta juda xursandman. Serbiya terma jamoasida azaldan yaxshi futbolchilar o'ynab kelgan. Dragan Stoykovichning terma jamoa boshqaruviga kelishi futbolchilarga ishonch va qo'shimcha ruh berdi. U mamlakatda yaxshi obro'ga ega. Futbolchilar maksimal kuchlarini sarflashdi. 

- Serbiya Evropaning Braziliyasimi? Ushbu mamlakat so'nggi yillarda futbolchilar fabrikasiga aylanib bormoqda...

- Kichik mamlakatga bunday tarif berilishi yoqimli. Serbiyada faqat futbolchilar emas, iqtidorli sportchilar ham bor. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика