Italiyalik shifokor "Atalanta" - "Valensiya" o'yini haqida: "Afsuski, bu biologik bomba bo'ldi"
24 mar 2020 16:26
Yangiliklar


Italiyalik shifokor "Atalanta" - "Valensiya" o'yini haqida: "Afsuski, bu biologik bomba bo'ldi"
ECHL doirasidagi "San-Siro"da to'la tribunalar ostidagi o'yin koronavirusning avj olishi uchun yo'l ochgan.
Bergamodagi Papa Jovanni XXIII nomli kasalxonaning pulmonologiya bo'limi boshlig'i Fabiano Di Marko CHempionlar Ligasi 1/8 final "Atalanta" - "Valensiya" (4:1) o'yini Italiyada koronavirusning tarqalishiga sezilarli tasir ko'rsatganini aytdi.
"19 fevral kuni Bergamoning 40 ming aholisi "Atalanta" - "Valensiya" o'yini uchun "San-Siro"da bo'lishgan. Ular avtobuslar, mashinalar va poezdlarda yo'l olishgan edi...
Afsuski, bu biologik bomba edi", - deydi pulmonolog (nafas olish kasalliklarini o'rganuvchi shifokor).
Eslatib o'tamiz, kechagi malumotlarga ko'ra Italiyada 63927 inson koronavirusga chalingan bo'lib, ularning 6077 nafari vafot etgan.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar