Italiya terma jamoasi himoyachisi Isroilga qarshi o'yinda qatnashmaydi
09 sen 11:16
Yangiliklar
Italiya terma jamoasi himoyachisi Isroilga qarshi o'yinda qatnashmaydi
Italiya terma jamoasi va Angliyaning "Arsenal" klubi himoyachisi Rikkardo Kalafori Millatlar Ligasining 2024/25 yilgi mavsumida Isroil termasiga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi, deya xabar berdi Fabricio Romano.
Xabar qilinishicha, "skuadra adzurra" murabbiylar shtabi Franciya terma jamoasiga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida jarohat olgan 22 yoshli Kalaforining sog'lig'i bilan tavakkal qilmaslikka qaror qilgan. SHu tariqa himoyachi o'z klubiga qaytadigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Isroil va Italiya terma jamoalari o'rtasidagi Millatlar Ligasi bellashuvi bugun 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar