So’nggi yangiliklar

14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  2 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  3 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  4 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  1 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  10 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  3 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  9 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  15 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  7 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3

Italiya Kubogi. SHomurodov o'yin taqdirini o'zgartirib yuborgan bahsda "Jenoa" g'alaba qozondi Yangiliklar

Italiya Kubogi. SHomurodov o'yin taqdirini o'zgartirib yuborgan bahsda "Jenoa" g'alaba qozondi

1/16 bosqichidan o'rin olgan “Sampdoriya” – “Jenoa” o'rtasidagi bahs yakuniga etdi.

Mehmonlar safida Eldor SHomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi.

“Sampdoriya” – “Jenoa” 1:3
Gollar:
Verre 18 - Skamakka 60, 72, Lerager 68.


21:00, “Luiji Ferraris”

“Sampdoriya” – Audero, Bereshinskiy, Verre, Yoshida, La Gumina, Leri, Ojello, Adrien Silva, Tonelli, Torsbi, Yankto.

“Jenoa” – Marketti, Goldaniga, Sapata, Bani, Gilone, Sturaro, Rovella, Zayc, Pellegrini, Skamakka, SHomurodov.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. "Sampdoriya"ning uzoq davom etgan hujumi noaniq zarba bilan yakun topdi.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. ZARBAAAA! Gabbiadinining qulay vaziyatdan bergan zarbasi "Jenoa" darvozasi to'sini ustidan o'tib ketdi.

85. O'zgarish: SHomurodov maydonni tark etmoqda. Uning maydondagi o'rnini Pyaca egallaydi. Murabbiylar futbolchimizga minnatdorchilik bildirib qo'yishdi. CHunki aynan SHomurodov o'yin taqdiriga jiddiy tasir qildi desak adashmagan bo'lamiz.

84. "Sampdoriya" himoyachisi to'pni darvozabonga uzatdi, SHomurodov esa buni payqadi, ammo to'pga biroz kechikkani bois, posbon vaziyatni o'ngladi.

80. SHomurodov tezkor qarshi hujum tashkil qilayotgan edi, ammo uning uzatmasini jamoadoshi tushunmadi. 

78. O'yin tempi ancha pasaydi va endi "Jenoa" himoyada o'ta ishonchli harakat qilishi lozim.

75. SHomurodov qarshi hujumda raqibdan qochib ketishga urindi, ammo u to'pni oldinga tashlashda adashgani uchun hujum yo'qqa chiqdi.

72. GOOOL! Yana Skamakka "Sampdoriya" darvozasini ishg'ol qildi. "Sampdoriya" futbolchisi markazda to'pni oldirib qo'ydi va Skamakka jarima maydonchasi ichiga kirmay raqib darvozasini chiroyli zarba bilan ishg'ol qildi.

70. Standartdan "Jenoa" jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni SHomurodov qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Eldor himoyaga ham yordam bermoqda.

69. Sariq kartochka. Pellegrini raqibiga nisbatan juda qo'pol o'ynab, uni salto otishga majbur qildi. Bosh hakam uni kartochka bilan "siyladi".

68. GOOOL! "Jenoa" yana gol urdi, bu safar Lerager "Sampdoriya" darvozasini ishg'ol qildi. Skamakka havodan kelgan to'pni raqib darvozasiga burdi, posbonning seyvidan so'ng Lerager bo'sh darvozaga gol urdi.

66. "Jenoa" goldan so'ng ancha jonlangandek ko'rinmoqda. Jamoa sifatli hujumlar uyushtira boshladi.

62. Leris to'p uchun kurashda "Jenoa" darvozaboni bilan to'qnashib ketdi va raqib posboniga jarohat etkazdi.

60. GOOOOOL! SHOMURODOVNING say-harakatlari evaziga "Jenoa" hisobni tenglashtirdi. SHomurodov katta tezlikda Maya Yoshidadan qochib ketdi va darvozabon bilan birga-bir chiqdi. Hujumchimiz o'zidanda qulayroq vaziyatdan turgan Skamakkani ko'rdi va to'pni unga uzatdi. Skamakka esa bo'sh darvozani ishg'ol qildi. 1:1. VIDEONI TELEGRAM KANALIMIZDA TOMOSHA QILING

58. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Melegoni uzoq masofadan omadini sinab ko'rdi, biroq "Sampdoriya" posboni xavfni osonlik bilan bartaraf etdi.

56. La Gumina jarima maydonchasi chizig'i oldidan "Jenoa" darvozasini nishonga olishga urindi, ammo Marketti to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

53. "Jenoa" ustozi Rolando Maran tanaffusda shogirdlariga kerakli so'zlarni topib bera olmagan ko'rinadi. Mehmon jamoa vakillari birinchi bo'limdagidek juda passiv harakat qilishmoqda.

50. Nihoyat "Jenoa" raqib jarima maydonchasiga havolatib uzatma amalga oshirdi, ammo "Sampdoriya" futbolchilari "ikkinchi qavat"da ishonchli o'ynab, xavfni bartaraf etishdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS

45+1. Pellegrini "Sampdoriya" jarima maydonchasida yiqitildi, ammo hakam hech qanday penalti yo'qligini ko'rsatdi.

44. "Sampdoriya" futbolchilari raqibdan farqli o'laroq pas va uzatmalarda juda sifatli o'ynashmoqda.

43. Sariq kartochka. "Jenoa" sardori Sturaro raqibdan to'pni olishga urinib qo'pol o'ynadi va hakam unga kartochka ko'rsatdi.

40. "Jenoa" futbolchilarining o'yin saviyasi pastga o'xshab ko'rinyapti, chunki ular oddiy paslarda ham xatoga yo'l qo'yishmoqda.

36. SHomurodov to'p uchun kurashda raqib himoyachisidan ustun keldi, ammo o'sha vaziyat orqali tashkil qilingan hujum noaniq uzatma bilan yakun topdi.

33. Eldor o'z jamoasining tezkor qarshi hujumini noaniq uzatmasi bilan to'xtatib qo'ydi.

31. "Sampdoriya"dan xavfli hujum. La Gumina jarima maydonchasiga etkazib bergan to'pni Sapata o'z darvozasiga joylab qo'yishiga oz qoldi. Ammo to'p uning baxtiga to'sin ustidan o'tib ketdi.

29. "Jenoa" burchak zarbasi ishlab oldi va standart mehmonlar himoyachisining zarbasi bilan yakun topdi. Afsuski, to'p darvoza tomon emas, maydon tashqarisiga yo'llandi.

25. Mehmonlar hujum uyushtirishda katta qiyinchiliklarga duch kelishyapti. Xatto jarima maydonchasi tomon bo'ladigan uzatmalar ham muvaffaqiyatsiz chiqmoqda.

22. "Jenoa" to'liqligicha ikkinchi jamoa nomiga rozi bo'lib, himoyadan o'ynashga harakat qilmoqda.

18. GOL! SUPERGOL! "Sampdoriya" hisobni ochdi. Verre raqib himoyachisidan to'pni olib qo'ydi va taxminan 25-26 metr uzoqlikdan darvoza tomon zarba berdi. To'p uzoq burchakning ustun va to'sin kesishgan nuqtasi ostiga kirib ketdi.

17. SHomurodov o'z jamoasining hujumini boshlab berdi va qanotdan uzatilgan to'pni "Sampdoriya" himoyachilari qaytarib yuborishdi.

15. "Sampdoriya" "Jenoa"ni o'z darvozasiga qamal qilib, ketma-ket burchak zarbalarini ijro etmoqda, biroq hozircha vaziyatlar gol bilan yakunlanayotgani yo'q.

13. Sariq kartochka. Sapata raqibga nisbatan xavfli o'ynagani uchun jazolandi.

12. ZARBAAA! "Jenoa" darvozaboni Marketti raqib jamoaning o'ta xavfli zarbasidan so'ng seyv ijro etdi, SHomurodov esa qarshi hujumga o'tishga urinib, to'pni maydonda saqlab qola olmadi.

9. Hozircha Eldor SHomurodov juda kam ko'zga tashlanyapti, u faqat ikkinchi qavatdagi kurashlar bo'lganda kameralar obektiviga tushib qolmoqda.

6. ZARBAAA! La Guminaning zarbasidan so'ng to'p darvozabon va to'singa tegib, maydonni tark etdi.

5. Mezbonlar raqibni markazdayoq kutib olishga va to'pni raqib yarim maydonida olib qo'yishga intilishmoqda va qisman buni uddalashyapti.

3. Ekspertlar fikricha uchrashuvda g'alabaga asosiy nomzod bo'lib turgan "Sampdoriya" bahsni juda faol boshladi va to'p nazoratini qo'lga olishga harakat qilmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.



Reyting: +113   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика