So’nggi yangiliklar

19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  12 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Ispaniya. 27-tur. "Real"dan navbatdagi yirik g'alaba Yangiliklar

Ispaniya. 27-tur. "Real"dan navbatdagi yirik g'alaba

Ushbu sahifa orqali “Real” – “Levante” uchrashuvidan matnli translyaciyani kuzatib borish mumkin bo'ldi.
Real Madrid – Levante  3:0 (1:0, 2:0)
9 marta, 22.00, Santyago Bernabeu
Goly:
1:0 – 11 Ronaldu,  2:0 – 49 Marselo,  3:0 – 81, avtogol Karabelas.
Real Madrid – Diego Lopes, Karvaxal, Varan (Nacho, 69), Ramos, Marselo, Alonso, Modrich (Isko, 74), Di Mariya, Beyl, Benzema (Xese, 82), Ronaldu.
Levante – Navas, Vintra, Navarro, Xuanfran, Karabelas, Sissoko, Palyardo (El-Adua, 69), S.Pintu (Nagore, 74), P.Lopes, Barral (Rodriges, 87), Ivanshic.
Ogohlantirishlar: Ramos (54), Di Mariya (58), Vintra (58), Palyardo (62).
CHetlatish: Navarro (64).


                                      MATNLI TRANSLYACIYA
                                               
YANGILASH


"Real" jamoasi muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz! Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ldi. Keyingi o'yinlarda, "Championat.asia" sayti orqali g'oyibona ko'rishguncha, sog' bo'ling! 

90-daqiqa: Uchrashuv tugadi. "Real" navbatdagi g'alabani tantana qildi va turnir jadvalida yakka peshqadamga aylanib oldi!

89-daqiqa: "Levante" himoyalanish bilan band.

87-daqiqa: O'zgarish: Barral o'rniga Rodrigez tushdi.

85-daqiqa: Navas bugun yaxshi harakat qilmoqda. O'tkazib yuborilgan gollarda darvozabonni ayblash noo'rin. 

84-daqiqa: "Levante" himoyachilari biroz dovdirab harakat qilishlari o'zlariga zarar keltirishda davom etmoqda. Karabelas yo'q joydan sarosimaga tushib, shoshib, to'pni bartaraf etish o'rniga o'z darvozasini ishg'ol etib qo'ydi.

82-daqiqa: O'zgarish: Benzema o'rniga Xese maydonga tushdi.

81-daqiqa: Gol! Avtogol! Karabelas o'z darvozasiga! 3:0! Marselo chap qanotdan uzatib bergan to'pni "Levante" himoyachisi o'z darvozasiga juda chiroyli tarzda joylab qo'ydi va tabloda yirik hisob bo'lishini taminladi.

80-daqiqa: "Levante" futbolchilari to'pni o'zlarida saqlab turib, vaqtni o'tkazishga harakat qilishmoqda. Bundan ko'rinib turibdiki, jamoa azolari o'z darvozalaridan boshqa to'p o'tkazib yubormaslik haqida bosh qotirishmoqda.

78-daqiqa: Karvaxal-Isko-Marselo tashkil etgan hujumni "Levante" himoyachilari bartaraf etishni uddasidan chiqishdi. 

77-daqiqa: "Real" bir nechta yaxshi imkoniyatlarddan foydalana olmayapti. 

75-daqiqa: Benzemaga nima bo'lyapti!? Yana imkoniyat va yana francuz gol ura olmayapti. Bu safar Navas ajoyib harakat qildi. 

74-daqiqa: "Real" tarkibida yana o'zgarish: Luka Modrich o'rniga Isko maydonga tushmoqda. Bugun Luka Modrich juda faol harakat qildi.

73-daqiqa: "Real" hujumda. Benzema boshi bilan darvoza tomon zarba berdi, lekin to'p darvozaga aniq bormadi.

71-daqiqa: "Levante" "Real" darvozasi tomon zarba berdi. Pintoning zarbasi Lopezga hech qanday qiyinchilik tug'dirmadi. 

70-daqiqa: O'zgarishlar: Varan o'rniga Nacho harakat qiladi. "Levante" tarkibidan esa Pallardo maydonni tark etdi. Qolgan daqiqalarda uning o'rnida Adua harakat qiladi.

68-daqiqa: Yana Marselo gol kiritishi mumkin edi. Marseloning ushbu zarbasiga aniqlik etishmadi.

67-daqiqa: David Navarro jamoasini qiyin holatga solib qo'ydi. Keraksiz joyda qizilga munosib harakat qildi. 

66-daqiqa: "Real" endi qolgan daqiqalarda yanada katta ustunlik bilan harakatlanishi tabiiy. "Levante" esa bor etiborini himoyaga qaratishiga to'g'ri keladi. 

64-daqiqa: CHetlatish! David Navarro o'yinni erta yakunlashga majbur! Navarro Krishtiano Ronaldoga nisbatan juda qo'pol harakat qildi va haqli ravishda hakam tomonidan chetlatildi. 


62-daqiqa:
O'yin keskinlashdi. Ogohlantirish "Levante" azosi Pallardoga.

61-daqiqa: Maydon markazidagi kurashda Serxio Ramos nohaq deb topildi. 

60-daqiqa: "Levante"ni hujumi uzilib qoldi. David Barral bu vaziyatda o'yin qoidasini buzdi deb topildi.

58-daqiqa: "Real" bugungi o'yinda g'alaba qozongudek bo'lsa, "Atletiko"ni uch ochkoga, "Barselona"ni to'rt ochkoga ortda qoldiradi va yakka peshqadamlikni saqlab qoladi.

57-daqiqa: Xavfli vaziyat! Benzemaning ajoyib zarbasi va Navasning chiroyli seyvi . "Levante" posboni jamoasini uchinchi goldan qutqarib qoldi.

56-daqiqa: "Levante" burchak to'pi tepdi. Jarima maydonchasi ichiga uzatib berilgan to'pni "Levante" futbolchisi qabul qilib olishda raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzdi deb topdi bosh hakam.

55-daqiqa: O'yinda biroz to'xtalish. Serxio Ramosga tibbiy yordam ko'rsatildi.

54-daqiqa: "Levante"ning qarshi hujumi o'xshamay qoldi.

53-daqiqa: Karlo Anchelotti jamoasini oldinga borishga chaqirmoqda. 

52-daqiqa: Bugungi o'yinda "Real" futbolchilari o'zlarini juda erkin his etishmoqda.  

49-daqiqa: GOOOOOOLLL! Marselo! 2:0! Modrich avvaliga chiroyli o'ynadi va to'pni Ronaldoga etkazib berdi. Portugaliyalik futbol yulduzi raqibni aldab o'tib, to'pni Marseloga qoldirdi. Marselo esa jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba bilan "Levante" posboni Navasni dog'da qoldirdi.

49-daqiqa: Mezbonlar o'z jarima maydonchalari oldida to'pni bir-birlariga etkazib berishda xatoga yo'l qo'yishdi. 

48-daqiqa: Luka Modrich bugun benazir o'ynamoqda. 

47-daqiqa: "Real" to'pni o'zida saqlab turibdi. 

46-daqiqa: Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

45-daqiqa: Birimchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Hozircha hisob 1:0! Tanaffus!

44-daqiqa: "Levante" bo'limning so'nggi daqiqalarida bir nechta hujumlar tashkil etib ko'rdi. Lekin bundan hozircha naf chiqqani yo'q.

43-daqiqa: Mehmonlar ham burchak to'pi tepishdi. Lekin bu vaziyatda Diego Lopez barchadan ildamroq harakat qilib, to'pni egallab oldi.

42-daqiqa: "Levante" kam sonli hujumlaridan birini tashkil etmoqda.

40-daqiqa: "Real" futbolchilari ushbu standart vaziyatdan unumli foydalana olishmadi.

39-daqiqa: Di Mariya burchak to'pini ketma-ket ikki bor amalga oshirdi. Endi chap burchakdan Modrichning navbati keldi.

38-daqiqa: Navbatdagi burchak to'pi.

37-daqiqa: Ramosga nisbatan o'yin qoidasi buzildi. "Real" jarima maydonchasi oldida.

35-daqiqa: "Levante" hujum tashkil etishda oqsamoqda. Jamoa vakillari to'pni maydon markazidayoq yo'qotib qo'yishmoqda.

34-daqiqa: Ronaldo gol kiritishi mumkin edi. Agarda yon hakam o'yindan tashqari holatni qayd etmaganida.

33-daqiqa: "Real"ni o'ng qanotdan tashkil etgan hujumini Benzema samarali tarzda yakunlay olmadi.

32-daqiqa: Di Mariya-Modrich uyushtirgan navbatdagi hujum mezbonlar uchun samarasiz yakunlandi.

31-daqiqa: Modrich chiroyli o'ynadi va jamoasi uchun burchak to'pi ishlab oldi.

30-daqiqa: "Levante" jarima to'pi tepadi maydon markazidan.

29-daqiqa: "Real" futbolchilari biroz sekinlashishdi. 

28-daqiqa: Di Mariyaning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

27-daqiqa: Varanga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Bu vaziyatda Andreas nohaq edi.

25-daqiqa: "Levante" biroz o'ziga kelib olgandek. 

24-daqiqa: "Real" vakillari yana burchak to'pi tepishdi. Bu safar samarasiz.

22-daqiqa: Mehmonlar hujum tashkil etishni uddasidan chiqishdi. Ammo bu vaziyatda Diego Lopez vaziyatni o'qiy oldi va xavfni bartaraf etdi.

20-daqiqa: "Levante" azolari to'pni qabul qilgandan so'ng, nima qilishni bilmay qolishmoqda va natijada to'pni tezda oldirib qo'yishmoqda. Bu o'yin bilan Madridda futbol o'ynab bo'lmaydi.

18-daqiqa: Madriklik futbolchilar raqib jarima maydonchasi atrofida to'pni bir-birlariga uzatib navbatdagi hujumga zamin yaratishmoqda. 

17-daqiqa: Nihoyat "Levante" jamoasi to'pni o'z nazoratiga olishga erishdi va raqib darvozasi tomon ilk zarba. 

16-daqiqa: "Real"ning navbatdagi hujumi. Di Mariya to'pga kech qoldi.

15-daqiqa: "Barselona"ning kechagi mag'lubiyatidan so'ng, "Real" bugun yanada kuchliroq ishtiyoq bilan chiroyli futbol o'ynamoqda. Hujumlar yomg'iri davom etmoqda. 

14-daqiqa: Beylning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

13-daqiqa: Kiritilgan goldan keyin ham maydon egalari hujum qilishda davom etishmoqda. "Levante" esa faqat himoya haqida o'ylashga majbur.

12-daqiqa: GOOOOOOLLLL! Ronaldo! Burchak to'pinidan so'ng Ronaldo boshi bilan Navas qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etdi. 1:0!

11-daqiqa: Ronaldo hozir hakamga etiroz bildirmoqda. Ronaldoning fikricha, unga qarshi qo'pollik ishlatilgandi. Ammo bu fikrga referi qo'shilmadi.

10-daqiqa: "Levante" jamoasi to'pni raqib jarima maydonchasi oldiga olib borishga erishishdi.

9-daqiqa: Ramos-Karvaxal tashkil etgan hujum yakuniga etmay qoldi. 

8-daqiqa: "Real" jamoasi tezkor gol kiritish ilinjida oldinga intilishmoqda.

7-daqiqa: Ronaldoning zarbasini Navas qaytarib qoldi. "Levante" o'z darvozasidan to'p olib chiqishi mumkin edi. 

6-daqiqa: "Levante" futbolchilari hozircha to'pni his qilishganicha yo'q. "Real" futbolchilari tinimsiz raqibga bosim uyushtirishmoqda. 

5-daqiqa: Karvaxal o'z qanotidan raqib himoyasini bezovta qilishda davom etmoqda.

4-daqiqa: O'yin debyutidayoq ketma-ket ikki bor burchak to'pi amalga oshirdi mezbonlar. Lekin mehmonlar himoyasi bu vaziyatda xatoga yo'l qo'ymadi.

3-daqiqa: "Real"ning hujumi. Karvaxalning faolligi madridliklarga burchak to'pini taqdim etdi.

2-daqiqa: Uchrashuvni har ikkala jamoa tezkorlik bilan boshlashdi.

1-daqiqa: O'yin boshlandi! Kettik! Siz o'qishda davom eting, biz esa yozishda davom etamiz! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- O'yin qanday natija bilan yakunlanadi deb o'ylaysiz, aziz ishqibozlar! Taxminlaringizni ushbu sahifa tagiga yozib qoldirishingiz mumkin! Topqir muxlislarimizni kuzatib boramiz.

-Uchrashuv boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.

- "Real" muxlislarini ushbu sahifaga taklif etamiz! Birozdan so'ng Madrid jamoasi ishqibozlari uchun muhim o'yinlardan biri "Real" - "Levante" bahsi boshlanadi. Ushbu uchrashuvni Sizga matnli onlayn tarzida SHahboz Beg'amov yozib boradi. Bizni kuzatib boring!

- Real Madrid – Diego Lopes, Karvaxal, Varan, Ramos, Marselo, Alonso, Modrich, Di Mariya, Beyl, Benzema, Ronaldu.
- Levante
– Navas, Vintra, Navarro, Xuanfran, Karabelas, Sissoko, Palyardo, S.Pintu, P.Lopes, Barral, Ivanshic.
- Asosiy tarkiblar malum bo'ldi.
- Uchrashuv soat 23:00da boshlanadi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика