So’nggi yangiliklar

00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  0 00:06Ўртоқлик ўйини. Боливия U-17 - Ўзбекистон U-17 0:0 (онлайн ҳисоб)  4 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  6 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  7 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  1 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  4 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  1 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  2

Ismoil Gonsalvesh: "Paxtakor" o'rtamiyona jamoa bo'lganda bu erga kelmasdim" Yangiliklar

Ismoil Gonsalvesh: "Paxtakor" o'rtamiyona jamoa bo'lganda bu erga kelmasdim"

“Paxtakor”ning portugaliyalik legioneri klubga o'tishi va yangi mavsumdan kutayotgan jihatlari haqida fikrlarini aytib o'tdi.

- “Paxtakor”ga o'tishingizning asosiy sababi nimada?
- “Paxtakor”– O'zbekistonning bosh va katta klubi. O'rtamiyona jamoa bo'lganda bu erga kelmasdim. Yana jamoa o'ynayotgan va SHota Arveladze orqali targ'ib qilayotgan futbol katta o'rin tutdi. Ushbu ikki jihat qarorimga tasir ko'rsatdi.

- Kelishingizga qadar o'zbek futboli haqida nimalar bilardingiz?
- Bu erda turli jamoalarda faoliyat olib borgan do'stlarim tufayli o'zbek futboli bilan tanishib ulgurgandim. 2-3 yil oldin menga bu erda futbolni yaxshi sharoitlarda o'ynash mumkinligi va mamlakatning o'zi juda yoqimli ekani to'g'risida aytishgandi.

- Yangi jamoa va mamlakatga ko'nikish qanday kechmoqda?
- Birinchi navbatda futbolchilarga minnatdorchilik aytaman – ular meni juda iliq qabul qilishdi. Bu jamoaga tezroq moslashishimda yordam beradi. Ikkinchidan, shaharning bunchalik yaxshi bo'lishini kutmagandim. Bundan yoqimli ajablandim. Ko'nikish jarayonim juda yaxshi va oson kechmoqda deb o'ylayman.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Bosh murabbiy bilan bu masalada suhbatlashdim. Asosiy maqsadimiz – chempionlik. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun kurashamiz va boshqa narsa haqida o'ylamaymiz.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика