So’nggi yangiliklar

01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  1 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  0 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  2 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  8 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  5 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  16 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  3

Islombek Ismoilov: "Bizda vaqt cho'zish uchun yaqqol harakat bo'lgani yo'q" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Bizda vaqt cho'zish uchun yaqqol harakat bo'lgani yo'q"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Turon" - "Andijon" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Islombek Ismoilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Avvalo stadionga vaqtini ayamasdan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan, umuman jamoamizga muxlislik qilib turgan barcha-barchani Superliga jamoasi ustidan birinchi qozonilgan g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, qiyin ob-havo sharoitida o'tdi. Havoning issiqligi tufayli futbol o'ynashga qiyinchilik bor edi. Hohlaymizmi, yo'qmi bunday xolatda futbolchilarga qiyin bo'lishi tabiiy, birinchi bo'limda bu narsa yaqqol ko'zga tashlandi. Uchrashuvning birinchi bo'limida Jasur Xakimov gol urdi, keyinroq penaltidan foydalana olmadik. O'ylayman, agar o'sha penaltidan unumli foydalanganimizda o'yin to'liq biz tomonga o'tardi. CHunki 1:0 hisobi har doim xavotirli, bunday vaziyatda jamoa hisobni ushlab qolish haqida o'ylay boshlaydi. Jamoamizda g'alabalarga ko'nikish sekin-asta hosil bo'layapti. 1:0 dan so'ng ko'proq himoyaga etibor qaratdi. Tanaffusda ham biz yigitlarga hujumkor o'yin ko'rsatishda davom etishlarini aytdik.

- "Turon" jamoasining navbatdagi bosqichga chiqishi taqvim qulay kelgani ham sabab bo'ldi deb o'ylaysizmi?


- Ikkita o'yinni uyda o'tkazdik, bu bizni yutug'imiz. Uyda jamoa ko'tarinki kayfiyatda harakat qiladi. Lekin uydami, safardami sizga raqib bo'ladigan jamoa o'zgarmaydi. "Andijon"da ham imkoniyat bor edi, "Aral Samali" bilan o'yinda durang natija qayd etishdi. "Aral Samali" ham kuchsiz emas, ular PRO-Ligada yaxshi o'yin namoyish etmoqdalar. Taqvim hamma uchun bir xil. Buni hisobga olsak, "Lokomotiv" faqat bitta o'yinni uyda o'tkazdi. Lekin birinchi o'rin bilan guruhdan chiqdi. Avvalo jamoalar o'z imkoniyatidan foydalansa bo'ldi, shaxsan o'zim buni taqvim bilan qiyoslamagan bo'lardim.

- Oldinda jamoangizni "Paxtakor" va AGMKga qarshi o'yinlar kutib turibdi. Raqiblarning darajasidan kelib chiqib xavotir yo'qmi?


- Qo'rqsak, unda maydonga chiqmay qo'yavergvnimiz yaxshi. Bizda raqibdan qo'rqish bo'lmaydi. Yigitlar bugun ancha mehnat qilishdi. O'yindan-o'yinga biz yanada sifatli jamoaga aylanib boramiz. Nasib bo'lsa chempionat doirasida ham g'alabali yurishlarimizni davom ettiramiz. CHempionat doirasida ketma-ket 3 ta o'yinimiz bor, "Paxtakor", AGMK va "Qizilqum" jamoalari bilan o'yinlar bizni kutib turibdi. O'sha o'yinlarda maksimal natija qayd etishga harakat qilamiz.

- Ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shilgan Abdurahmon Abdulhaqov provakacion o'yin namoyish etdi. Bu uning xarakteri bog'liqmi yoki murabbiylar ko'rsatmasi shunday bo'lgan edimi?


- Abdurahmon Abdulhaqov "Andijon"da o'ynagan. Uni sizlar yaxshi bilasizlar. Uni xarakterida shunaqa kayfiyat bor, lekin o'sha vaziyatda raqib futbolchisin uning elkasini bosib o'tdi. Yon hakam vaziyatni ko'rgandi, shu sabab bosh hakamga xabar berdi. Abdulhaqovga biz birga-bir vaziyatlarda o'yinni o'ziga olishini tushuntiramiz. Raqibni aldashga kirishsangiz, ko'p vaziyatda qoida buzilishi bo'ladi. Biz Abdurahmonga hech qachon shunday o'yin namoyish etishi haqida ko'rsatma bermaymiz.

- Vodiy derbilari agressiv xolatda o'tadi. Bugungi o'yin ham shu maqomdan qolishgani yo'q. Jamoangizning tajribali futbolchilari nimalarnidir reja qilishdi. Masalan Javohir Sohibov, Abdurahmon Abdulhaqov. Futbolchi har qanday vaziyatda o'zini professional tutishi kerak. Bu har ikki jamoada ham kuzatilgan xolat. O'yindan oldin shu haqida ko'rsatmalar berganmidingiz?

- Hech qachon o'yin sifatiga tasir qiluvchi harakatlar bo'yicha ko'rsatma bermaymiz. Menimcha, hech qaysi murabbiy bunday ko'rsatma bermasa kerak. Futbolning sof vaqtini ko'paytirishga, ko'proq futbol o'ynashga ko'rsatma beramiz. "Andijon" tarkibida bir yosh futbolchilar bor, shunga qaramay ular bugun juda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Tajriba baribir o'z so'zini aytgan bo'lishi mumkin. Biz provakacion harakat bo'yicha ko'rsatma bermaymiz. Bizda vaqt cho'zish uchun yaqqol harakat bo'lgani yo'q.

- “Andijon" fan klubi haqida fikringiz?


- “Andijon" jamoasi muxlislari bugun stadionda ajoyib muhit yaratishdi. Mehmon jamoa muxlislariga, o'zimizning jamoamiz muxlislariga ham rahmat aytaman. Ular ob-havo issiq bo'lishiga qaramay stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlashdi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика