So’nggi yangiliklar

10:50“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди  0 10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  3 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  1 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  1 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  2 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  4 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9

Vitaliy Levchenko: "Bitta uchrashuvga qarab fikr chiqarish noto'g'ri. Hech nimani berkitmayapmiz, istalgan savolingizga javob beraman" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Bitta uchrashuvga qarab fikr chiqarish noto'g'ri. Hech nimani berkitmayapmiz, istalgan savolingizga javob beraman"

O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Neftchi" – "Mashal" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– O'yin haqida

– "Mashal"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun hududiy jihatdan katta ustunlikka ega bo'ldik, ammo buni natijada aks ettira olmadik. Kamdan kam kuzatiladigan holatda gol o'tkazdik – standard vaziyatda keraklicha koncentraciyani ushlay olmadik. Yigitlarga etiroz bildira olmayman.  Ular yaxshi harakat qilishdi, ammo realizaciya muammo bo'ldi. 

– Jamoani ichida qandaydir ommadan yashirilayotgan holatlar borga o'xshamoqda. Eldor Suyunov birdan yo'qolib qoldi. Zoran Marushich yo'q, Farrux Sayfiev yo'q. Shu holatga yaxshiroq izoh bersangiz? Ularning jarohatda emasligini bilamiz...

– Kim nimani berkityapti? Suyunovda jarohat bor, u operaciya qilindi va Toshkentda tiklanmoqda. Sayfiev ham terma jamoadan jarohat bilan keldi, Marushichda ham tiklanish jarayoni. Muammolar, jarohatlar bor. Hech nimani berkitmayapmiz, istalgan savolingiz bo'lsa, men javob beraman. 

– Biz "Neftchi"ning matbuot anjumanlariga kirmay qo'ygandik. Chunki bizga "Bunyodkor"ga qarshi o'yindan keyin murabbiylar shtabi tomonidan bosim bo'lgan. Shtab bizning tanqidlarimizni to'g'ri qabul qila olmagan. Bugun ham kirmoqchi emas edik, ammo bugun biz o'z tanqidlarimiz qanchalik to'g'ri bo'lganini isboti bilan ko'rib turibmiz. Farg'onalik muxlislar "Neftchi"ning ertangi kuni qanday bo'lishiga qiziqishmoqda. Men aynan shu savolni murabbiydan so'ramoqchiman.

– Bosim aynan kim tomonidan bo'lgandi? Menmi?

 Darvozabonlar murabbiyi Farrux Berdiev va sizning yordamchi murabbiyingiz tomonidan bizga bosim bo'lgan.

– "Neftchi"ning kelajagi yaxshi bo'ladi. Hammasi joyida.

– "Qizilqum" va "Dinamo"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonsak, birinchi davrani yaxshi yakunlashimiz mumkin. Shuni hisobga olgan holda "Neftchi"ning chempionlik uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

– G'alaba uchun boramiz bu o'yinlarga. Hozir esa tiklanish kerak. "Buxoro" va "Mashal" bilan qiyin o'yinlar o'tkazdik. Vaqt kam, xatolar ustida ishlash, tiklanish kerak. Bugun golga individual xato sabab bo'ldi, ammo o'yinda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Bizning hozirgi maqsadimiz – tiklanish.

– "Neftchi" tarkibida nomdor futbolchilar bor, ammo ular o'z darajalarida o'ynay olmayapti. Bunga sabab nima?

– O'yinchilar borasida gapirsak, tarkibga endigina qaytgan o'yinchilar bor. Yovovich birinchi o'yiniga qadar bor yo'g'i 1-2 kun mashg'ulot olib bordi. Bugun u maydonga tushdi, u jismoniy holatini tiklashi kerak. Menga shu holatda bo'lgan bazi o'yinchilarni maydonga tushirmaysiz deb aytasiz. Mashg'ulotlar jarayonida ular formalarini tiklab olishadi. Bizdagi bazi o'yinchilar uchrashuvlar davomida katta energiya sarflashadi, ularning tiklanishiga vaqt kerak bo'ladi. Bundan tashqari, yosh masalasi ham bu o'rinda muhim. Shunga o'xshash muammolar bizda bor. Hozir havo ham juda issiq. Men bu faktorlarni bahona sifatida ishlatmoqchi emasman. Men shunchaki vaziyatga to'g'ri baho berishingizni xohlayman. 

– "Neftchi" chempionat boshida muxlislar tashrifi bo'yicha yuqori o'rinlarda edi. Hozir esa ko'rsatilayotgan natija va o'yin sifati sababli muxlislar oqimi borgan sari kamayib bormoqda. "Neftchi"dan kelajakda nima kutishimiz mumkin? Chempionatda doim yuqori o'ringa kurashamiz deb vada beriladi. Jamoaga pul tikilmoqda, o'yinchilar ko'ngildagidek. O'zbekistonning eng kuchli tarkibi bilan natija ko'rsata olmayapmiz. Muxlislar tomonidan bildirilgan etorozlarga esa klub tomonidan javob berilmayapti. Bugun ham muxlislarning etirozlariga guvoh bo'ldik. Bu masalalarga janob Levchenko qanday javob beradi?

– "Neftchi" chempionlik uchun kurashmoqda. Har bir jamoada qiyin vaziyatlar bo'ladi. Ko'tarilish va tushish bo'lishi tabiiy. Shunchaki ishlashda davom etish lozim. Optimizmsiz oldinga intilib bo'lmaydi. Bitta uchrashuvga qarab fikr chiqarish noto'g'ri. Masofa uzoq, chempionat davomida ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin. Har bir jamoa nima uchundir kurashmoqda. Bugun "Mashal" rotaciya qildi va o'yinda g'alaba qozondi.

– Jamshid Iskanderovni ikkinchi bo'lim boshida almashtirib yuborishingizga sabab nima? U o'yining kerakli vaziyatlarida masalani hal qilishi bilan ajralib turadi. Bugun esa Jamshidni ikkinchi bo'lim boshida almashtirib yuborilmoqda, ikkinchi bo'limda esa juda ko'p vaziyatlarda Iskanderov kabi o'yinchilar etishmayapti. Bu qarorning sababi nima?

– Biz oldingi chiziqni kuchaytirmoqchi bo'ldik. G'iyosovda tezlik bor. U oldingi shiddat qo'shishi reja qilindi. Unda ajoyib vaziyat ham bo'ldi. Iskanderovga kelsak, u boshqacharoq tipdagi o'yinchi. Biz o'yinga agressiya qo'shmoqchi edik. O'yinchi bu vaziyatlardan foydalanadimi yo'qmi bu boshqa masala. Muhammadali o'z vaziyatdan foydalanib ketishi mumkin edi. 

– Tabatadze va Marushich tekinga o'ynamaydi. Lekin ularning o'yini umuman qovushmayapti. Ikkinchi davrada hujumni kuchaytirish reja qilinyaptimi?

– Keling, avval birinchi davrani tugatib olaylik. Uyog'iga ko'ramiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

+1   
25 iyu 01:15:10
Marufzhon Kholmatov
F A X A R O K F E L L E R 11 27 foydalanuvchining fikriga javob berish
O‘rtoqlar xudo xoxlasa xammasi yaxshi bo‘ladi yuqorida aytilgandek ayb trenerdamas futbolchilar umuman yoqmey o‘ynashyapti levchenko xar tomonlama zo‘r murabbiy shunchaki qattiqqo‘llik qo‘lidan kelmasa kerakda nima ollox bergan xarakterda.mashalga yutqazganidan fojea yasamaslik kerak nima real,barsa,psj,inter mashxur clublar yutqazishmaganmi.xullas xammasi oldinda yaxshi bo‘ladi inshaollox (NASAF MUXLISI)
Бунақа бюджет билан REAL, BARSA, PSJ, INTER ни бирданига майдонга туширса ҳам билишлари керак. Озмунча сарф бўлганми бу карандалаоимизга (кўчманчи арзандаларимизга).
Тасаввур қилинг, Бухоро билан қийин ўйин ўтказдик. Машъалга ютқаздик, Пахтакор бу умуман дахшатли тема бўлган. Энди бориб Динамони ютиб келишимиз керак. Ўзингни уйингда шунчалик маҳаллани 5-6 ёшли болаларидан да савиясиз ўйнаяпсан, Динамода варақа ўйин кутайлик? Қизилқумда-чи?

Фожеа ҳақида гапирдингиз. Бу йилги бюджетимизни кўринг қанча бўлди?
REAL, BARSA, PSJ, INTER уларни даромад манбаи бошқа дунё, бизни текинхўрларники бошқа дунё.
Улар 3-4 футболчисини сотиб ҳаражатини қоплайди, бизникилар зарарига ишлайди.
+1   
24 iyu 23:46:13
Шухратжон Муйсинович
Навбахор мухлисларига хавасим келяпти. Дангаса юлдузлардан қутулиб босимсиз мазза қилиб футбол ўйнаяпти. Натижалар ҳам яхши.
+1   
24 iyu 23:17:01
Жамшид Jamshid
Уйинчилар югуришмаса юракдан уйнамаса тренер ни айби йук. Бабаян уйнатолмаганларни хакамлар билан Левченко уйнатолмаслиги аник эди.
   
25 iyu 10:11:54
ABC
Нефтчи мухлислари хафа бумайлари сербиялик грузялик уйинчилар ойлик олябди холос
   
25 iyu 10:11:44
ABC
Нефтчи мухлислари хафа бумайлари сербиялик грузялик уйинчилар ойлик олябди холос
   
25 iyu 10:11:27
DRAKON
Маришучни Насаф рахбарлари Насафга қайтаришга уриниб куриши керак,керакли пайтларда уз голлари билан жамоага катта ёрдам қилади,момент булдими дарвозага удар беради қисқаси яхши хужимчи у,Левченко жон жон деб уни қуйиб юборади деб уйлайман, узи шундоқ хам ундан унимли фойдаланишни билмаяпти
   
25 iyu 09:48:43
Davlatbek Alibekov
Фарход foydalanuvchining fikriga javob berish
Хаммамиз мустакил фикр билдиришга хаклимиз, лекин Нефтчи жамоасида асосийси уйин бор ( уйинни бошкариш тактикаси ) , мана куни кеча Динамо хам биринчи маглубиятни кабул килиб олди, енгилмас жамоани узи йук, хозир супер лигада олдингидай явный аусайдерлар йук, у олдин Пахтакор Нефтчи Навбахор гегемонлик килар эди кейинрок Бунёдкор Локомотив кушилди, нима Нефтчи куйи погонада юрибтими даврани яримида 1 маротаба ютказган Кудратли Пахтакор 5 маротаба ютказган, Пахтакор ни бюджети Нефтчи дан анча юкори. Нефтчи клуби булган бор ва булади . Динамо Самарканд мухлисидан омад Нефтчи командасига
нефтчини таркиби бошк,а жамоалардан х,атто насафдан х ,ам кучлик Нефтчи футболчилари у'з кучини ту'лик, ишга солмаяпди ёки х,ох,лашмаяпди х удди у'зини аягандай у'йнашмаяпди хуллас Левченко Нефтчи боб тренир эмас экан европадан кучлик тренир олиб келиш керак
   
25 iyu 09:48:26
Davlatbek Alibekov
Фарход foydalanuvchining fikriga javob berish
Хаммамиз мустакил фикр билдиришга хаклимиз, лекин Нефтчи жамоасида асосийси уйин бор ( уйинни бошкариш тактикаси ) , мана куни кеча Динамо хам биринчи маглубиятни кабул килиб олди, енгилмас жамоани узи йук, хозир супер лигада олдингидай явный аусайдерлар йук, у олдин Пахтакор Нефтчи Навбахор гегемонлик килар эди кейинрок Бунёдкор Локомотив кушилди, нима Нефтчи куйи погонада юрибтими даврани яримида 1 маротаба ютказган Кудратли Пахтакор 5 маротаба ютказган, Пахтакор ни бюджети Нефтчи дан анча юкори. Нефтчи клуби булган бор ва булади . Динамо Самарканд мухлисидан омад Нефтчи командасига
нефтчини таркиби бошк,а жамоалардан х,атто насафдан х ,ам кучлик Нефтчи футболчилари у'з кучини ту'лик, ишга солмаяпди ёки х,ох,лашмаяпди х удди у'зини аягандай у'йнашмаяпди хуллас Левченко Нефтчи боб тренир эмас экан европадан кучлик тренир олиб келиш керак
   
25 iyu 05:27:17
Адхамжон Низамов
Хали мавсум узок эмиш.Ярми утиб булдику.Хе,бахонанга с....й.Левченко аут.Кария,танбал уйинчилар аут.....
   
25 iyu 04:34:30
Миродилжон
Усирак кутга арфа Уни бахона
Левченко шарманда футболчилар
Яани.ойлигини хололаб ололмайдиган футболчилар Билан йукатиш керак.ХОРОМХУРЛАРНИ
Бизни пенсялар купрок ошарди
Уша.нефтчини.пулини.мехнатига
Яараша олмаяапти НЕФТЧИНИ
Футболчилари
   
25 iyu 01:28:50
Artur1801
Далбаёв эканку бу Левченко гапида умуман мантиқ йўқ
   
25 iyu 01:16:10
leva8989
F A X A R O K F E L L E R 11 27 foydalanuvchining fikriga javob berish
O‘rtoqlar xudo xoxlasa xammasi yaxshi bo‘ladi yuqorida aytilgandek ayb trenerdamas futbolchilar umuman yoqmey o‘ynashyapti levchenko xar tomonlama zo‘r murabbiy shunchaki qattiqqo‘llik qo‘lidan kelmasa kerakda nima ollox bergan xarakterda.mashalga yutqazganidan fojea yasamaslik kerak nima real,barsa,psj,inter mashxur clublar yutqazishmaganmi.xullas xammasi oldinda yaxshi bo‘ladi inshaollox (NASAF MUXLISI)
Levchenkoni uslubini magazinchi G'aybulla ham biladi...Superliga darajasidagi murabbiy emas Levchenko...Bu mavsum ham uxladi Neftchi,endi tinchgina LEBEDEV ga berish kerak...LEVCHENKO AUT...
   
25 iyu 01:16:03
Marufzhon Kholmatov
Жамшид Jamshid foydalanuvchining fikriga javob berish
Уйинчилар югуришмаса юракдан уйнамаса тренер ни айби йук. Бабаян уйнатолмаганларни хакамлар билан Левченко уйнатолмаслиги аник эди.
:)
   
25 iyu 00:02:35
Санжар
ArsaBarsa foydalanuvchining fikriga javob berish
Bir xil ikkita hujumchi nima kerak edi o’zi? Marushich va Tobatadze. Bor kuch bilan Doriyevni olish kerak edi.
Дориевниям расво киларди Нефтчи худди Йовович каби. Дориев 2026 йил охиригача Сугдиенада.
   
25 iyu 00:02:35
Санжар
ArsaBarsa foydalanuvchining fikriga javob berish
Bir xil ikkita hujumchi nima kerak edi o’zi? Marushich va Tobatadze. Bor kuch bilan Doriyevni olish kerak edi.
Дориевниям расво киларди Нефтчи худди Йовович каби. Дориев 2026 йил охиригача Сугдиенада.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика