Islom Ismoilov: "Ketma-ket nomdor jamoalar bilan o'ynashimiz bizga bosim o'tkaza olmaydi"
21 fev 2021 10:33
Yangiliklar


Islom Ismoilov: "Ketma-ket nomdor jamoalar bilan o'ynashimiz bizga bosim o'tkaza olmaydi"
Yangi mavsumga qura tashlash marosimidan so'ng "Turon" jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Istaymizmi yo'qmi barcha jamoalar bilan mavsum davomida to'qnash kelamiz. Quvonarli jihati birinchi turda raqibimizni o'z maydonimizda qabul qilamiz. Bu bizga qo'shimcha kuch berishi shubhasiz.
Taqvimga ko'ra, ketma-ket nomdor jamoalarga qarshi maydonga chiqamiz. SHu tomoni biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Lekin, bu narsa bosim o'tkaza olmaydi yoki qo'rqitmaydi. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Islom Ismoilov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar