Iroqni JCH saralash keyingi bosqichga olib chiqqan murabbiy ishdan ketdi
20 iyu 2021 13:26
Yangiliklar
Iroqni JCH saralash keyingi bosqichga olib chiqqan murabbiy ishdan ketdi
Iroq terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.
Bu jamoa markazlashgan tartibdagi o'yinlarni ijobiy ruhda o'tkazib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Terma jamoa hal qiluvchi bosqichga chiqqan bo'lishiga qaramay, bosh murabbiy Srechko Katanec o'z lavozimini tark etishga qaror qildi. Bunga sabab sloveniyalik murabbiyning besh oydan berish maosh olmagani.
Iroq futbol federaciyasi hozircha murabbiy ketganini rasman tasdiqlagani yo'q. Bu haqda Iroq olimpiya termasi ustozi Miroslav Soukup jurnalistlar bilan suhbat chog'ida kutilmaganda og'zidan gullab qo'ydi. Srechko Katanec agar maoshlar to'liq to'lab berilsa yana o'z ishiga qaytishi mumkin.
Fikrlar