Yaxshiboev, Masharipov, Aliqulov va boshqalar. 2023 yil Venesuela bilan o'yinda O'zbekiston tarkibi qanday edi?

Narzulla Saydullayev
30 mar 2026, 17:25
2023 yilning mart oyida Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Venesuelaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgandi.

Saudiya Arabistonida o'tgan bahsni O'zbekiston quyidagi tarkib bilan boshlagan edi:

O'zbekiston - 12. O'tkir Yusupov - 3. Xojiakbar Alijonov, 15. Umar Eshmurodov, 23. Xusniddin Aliqulov, 13. Sherzod Nasrullaev - 18. Abdulla Abdullaev, 6. Azizjon G'aniev, 7. Otabek Shukurov, 8. Jamshid Iskanderov, 10. Jaloliddin Masharipov - 14. Eldor Shomurodov.

Zaxiradan quyidagi futbolchilar maydonga tushishgandi: Sardor Sobirxo'jaev, Bobir Abdixoliqov, Oston O'runov, Azizbek Turg'unboev, Jasur Yaxshiboev, Ibrohimhalil Yo'ldoshev.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Venesuela vakili Aleksandr Gonsales gol urib, hisobni ochgandi. 45+1-daqiqada hakam belgilagan penaltidan Jaloliddin Masharipov gol ura olmagandi. 79-daqiqada Jasur Yaxshiboev esa 11 metrli jarima to'pidan gol urishga muvaffaq bo'ldi - 1:1.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia