Iroqni JCH saralash keyingi bosqichga olib chiqqan murabbiy ishdan ketdi

Xayrulla Xoliqov
20 iyun 2021, 13:26
Iroq terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Bu jamoa markazlashgan tartibdagi o'yinlarni ijobiy ruhda o'tkazib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Terma jamoa hal qiluvchi bosqichga chiqqan bo'lishiga qaramay, bosh murabbiy Srechko Katanets o'z lavozimini tark etishga qaror qildi. Bunga sabab sloveniyalik murabbiyning besh oydan berish maosh olmagani. 

Iroq futbol federatsiyasi hozircha murabbiy ketganini rasman tasdiqlagani yo'q. Bu haqda Iroq olimpiya termasi ustozi Miroslav Soukup jurnalistlar bilan suhbat chog'ida kutilmaganda og'zidan gullab qo'ydi. Srechko Katanets agar maoshlar to'liq to'lab berilsa yana o'z ishiga qaytishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia