

"Buning uchun mas'uliyat mening zimmamda. Ammo biz "Rasing", "Valensiya", "Sevilya", "Malaga"ga qarshi o'yinlarni bir necha bor ishonchli boshlaganmiz. Ayrim uchrashuvlarda barcha masalani yarim soat ichida hal qilganmiz. Boshqa o'yinlarda esa yaxshi boshlab, keyin poziciyalarimizni boy berganmiz va "Elche"ga qarshi bahsdagidek, ochkolarni yo'qotishimizga sal qolgan.
O'yinni yaxshi boshlash, barqaror harakat qilish va uchrashuvni yuqori saviyada yakunlash - bu vaqt talab qiladigan jarayon. Go'yo bu yerda uch yildan beri ishlayotgandekmiz, ammo atigi besh oy o'tdi. Hali barqarorlik yetishmayapti.
Vaziyatni tushunish uchun bir nechta futbolchidan bu haqda so'radim. Ular hazilomuz javob berishdi:
"Murabbiy, agar biz har doim ideal boshlasak, zaxira o'rindig'ida sizga zerikarli bo'lardi. Biz shunchaki sizga adrenalin qo'shyapmiz", - dedi Mourinyu.



