So’nggi yangiliklar

00:50U-20 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Баҳрайнни ўта йирик ҳисобда таслим қилди  0 00:42Отабек Нарзуллаев: "Бугун айниқса ҳимояда кўп хато қилдик"  2 00:25Вадим Абрамов : "Ғалабадан хурсандман, лекин бундай ўйнаш керак эмас"  1 23:31"Милан" "Брюгге"дан салкам 40 млнлик трансферни амалга оширди  0 23:25Сергей Лушчан: "Тенг кучли жамоалар кураши гувоҳи бўлдик"  2 23:15Расман: Томас Мюллер Канада клуби сафига бориб қўшилди  0 22:50Иван Бошкович: "Асосийси жамоамизда ўйин бор"  1 22:25"Бавария" Emirates билан 7 йиллик шартнома имзолади  0 22:00Суперлига. Дарвозаларга 6 та гол урилган оқшомда "Динамо" камбэк эвазига "Машъал"дан устун келди   29 21:30"Челси" ўз ярим ҳимоячисини таҳминан 30 млн фунтга сотди  0 21:10Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади  41 20:49Нуньес "Ал Ҳилол" билан 2028 йилгача шартнома имзолайди. Трансфер суммаси ҳам маълум  3 20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  33 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  3 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  3

Iroq U-23 bosh murabbiyi Miroslav Soukup: "Ushbu musobaqadagi barcha jamoalar kuchli" Yangiliklar

Iroq U-23 bosh murabbiyi Miroslav Soukup: "Ushbu musobaqadagi barcha jamoalar kuchli"

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogining birinchi turidan o'rin olgan Iordaniya va Iroq termalari o'rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Matbuot anjumanida Iroq U-23 termasi bosh murabbiyi Miroslav Soukup va sardor o'yinchi Vakaa Ramazon qatnashishdi.

- Musobaqa, Iroq U-23 termasining tayyorgarligi haqida...

- Birinchi navbatda, ushbu musobaqada o'ynayotganimidan baxtlimiz. O'zbekiston ajoyib mamlakat. Guruhimiz juda kuchli. Iroq, Avstraliya va Quvayt kabi juda kuchli jamoalarga qarshi o'ynaymiz. Umuman olganda ushbu musobaqaga yo'l olgan barcha jamoalar juda kuchli. Sababi, saralash bosqichi ham juda qiyin kechgandi. Biz musobaqaning favoriti emasmiz. Ammo yaxshi natija qayd etishga ishonamiz. Bor kuchimizni ishga solamiz.

- Jamoa sardoriga savol. Iroq azaldan kuchli o'yin ko'rsatib keladi. Siz ushbu musobaqadan nimalar kutyapsiz.

- Biz bu musobaqaga yo'l olishni juda xohlagandik. Endi esa biz yaxshi natija ko'rsatish haqida o'ylamoqdamiz.  
- Janob murabbiy, futbolchilar va sizga bo'lagan bosimlarga qanday munosabat bildirasiz?

- Bilasizmi, barchada bosim bor. O'yinchilarim ham bunga ko'nikishgan. Faqatgina O'zbekiston  termasida o'z muxlislari qarshisida o'ynayotgani bois bosim kam bo'lishi mumkin. Ammo boshqa jamoalarda bosim bo'ladi.  Albatta, men bu jamoada ishlashni bir yil avval boshladim. Orada ko'p musobaqalar, ko'p yig'inlar o'tkazdik. SHunday yig'inlarning so'nggisida Eronga qarshi Bog'dod shahrida o'yinlar o'tkazdik. Jamoa bilan asta-sekinlik bilan ishlab bormoqdamiz. Iroqlik juda ko'p o'yinchilardan eng yaxshilarini yig'dik. O'ylaymanki, hozirda jamoamizda eng kuchli futbolchilar jamlangan. Bizda Evropada o'ynaydigan bir necha o'yinchilar ham bor.

- Ertaga Iordaniya terma jamoasidan qanday o'yin kutyapsiz?

- Biz Iordaniya termasi haqida ko'p narsani bilamiz. Ular ham bizni juda yaxshi o'rganishgani aniq. Ular saralashdan osonlik bilan o'tishdi. Biz Iordaniya termasining juda ko'p o'yinlarini kuzatdik. Ular juda sifatli futbol ko'rsatishdi. Biroq Osiyo kubogi qisqa muddatli musobaqa. SHu sababli, pozitiv kayfiyatni saqlab qolish kerak. Birinchi o'yin esa juda muhim.

- Vakaa Ramazonga savol. Osiyo kubogida eng kuchli jamoalar yig'ilgan. Musobaqadagi maqsadlaringiz haqida gapirsangiz...

- Biz musobaqaning oxirigicha borishni maqsad qilganmiz. Biz kurashga tayyormiz. Aks holda bu bosqichga etib kelmagan bo'lardik. Birinchi o'yinda uch ochko olishni maqsad qildik. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика