So’nggi yangiliklar

09:05"Реал"нинг яна бир футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  0 08:28Руни қайси клубда ўйнаш армон бўлиб қолганини маълум қилди  0 07:56"Ливерпуль" афсонаси вафот этди  0 07:27Бугун тарихда илк бор "Ҳумо арена"да футзал учрашуви бўлиб ўтади  2 07:05Миллатлар лигаси. Германия - Венгрия, Немислар йирик ғалаба билан бошлашди, Мусиалада 1+3  0 06:53Миллатлар лигаси. Ирландия - Англия, Райс ва Грилиш собиқ терма жамоаларига гол уришди  0 01:46Миллатлар лигаси. Германия, Греция ва Нидерландиядан йирик ғалаба, Украина эса кутилмаганда Албанияга мағлуб бўлди  0 01:23"Реал" жамоадаги захира ўйинчисининг ҳаракатларидан ҳайратда  5 00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  4 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  4 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  10 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  4

Intervyu. Marko Putinchanin: “Muxlissiz stadionda o'zimni o'rtoqlik o'yinida qatnashayotgandek his qilaman” Yangiliklar

Intervyu. Marko Putinchanin: “Muxlissiz stadionda o'zimni o'rtoqlik o'yinida qatnashayotgandek his qilaman”

Joriy mavsum boshida “Navbahor” safiga qo'shilgan serbiyalik legionerlar orasida Marko Putinchanin alohida o'rin tutmoqda.

Har holda, Coca Cola Superliganing ortda qolgan 6 ta turidagi barcha uchrashuvlarni to'liq maydonda o'tkazgan mahoratli yarim himoyachi haqida ko'plab ijobiy fikrlar yangramoqda. Murabbiylar ham unga ishonch bildirishda davom etishmoqda. Marko “Navbahor” PFK matbuot xizmatiga bergan intervyusida futbolga kirib kelishi, o'ynagan jamoalari, “lochinlar” safiga kelib qo'shilishi va albatta, namanganlik muxlislar haqida fikr bildirdi.

- Marko, Superligada 6 ta tur ortda qoldi. Taassurotlar qanday?


- Albatta, dastlabki o'yinlarda juda ko'p ochko yo'qotdik. 2-turda “Lokomotiv” bilan uchrashuvni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdik. O'yinimizni yaxshilash, ochkolar to'plash uchun hali qiladigan ishlarimiz ko'p. Ayrim bellashuvlarda chiroyli futbol ko'rsatganimizga qaramay, g'alaba uchun nimadir kamlik qildi.

- Sizningcha, o'tkazilgan oltita bahsdan qay biri og'ir kechdi? Qaysi raqibning o'yini sizga ko'proq maqul bo'ldi?


- Zamonaviy futbolda har bir o'yin qiyin o'tmoqda. Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. 2-turdagi g'alabali uchrashuvning ham faqat ikkinchi bo'limini yaxshi o'tkazdik. Qolgan vaziyatlarda ancha qiynaldik. Raqiblar o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, menga ko'proq “Nasaf” jamoasi namoyish etgan futbol juda yoqdi. Qarshi klubi tarkibi asosan yoshlardan iborat bo'lishiga qaramay, tezkor paslarga asoslangan ajoyib o'yin ko'rsatmoqda.




- “Navbahor”ning g'alabalarga erishishi uchun nima etishmayapti, deb o'ylaysiz?

- Sportda amal qilinishi kerak bo'lgan bir qator faktorlar bor. Birinchi navbatda, har kuni astoydil mehnat qilish lozim. Albatta, futbolchilarning o'zaro munosabatlari yaxshi bo'lishi, bir-birlarini tushunishlari natijalarni qo'lga kiritishda muhim omillardan sanaladi.

- O'zbekiston futboli bilan avval tanishmidingiz?

- Biroz xabardor edim. Bu erda ko'plab serbiyalik futbolchilar to'p surishgan. Do'stlarim Dragan CHeran, Marko Stanoevich bu erdagi futbol, mahalliy muxlislar haqida gapirib berishgandi. Ularning ijobiy tavsiflaridan keyin bu erga kelishga qaror qildim. Qolaversa, internetdagi videoroliklar orqali Namangandagi o'yinlar payti stadion gavjum bo'lishini ko'rdim, ajoyib manzara. Muxlislar to'la tribunalar qarshisida to'p tepishning gashti o'zgacha. Sloveniyada o'ynab, chempion bo'lganman, ammo u erdagi stadionda muhit bunday emasdi. SHunday ekan, bizni qo'llab-quvvatlayotgan ishqibozlar ishonchini oqlash uchun ham maydonda yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz lozim. Bizning vazifamiz shu. Sport bilan shug'ullanadigan har bir shaxs mashg'ulotlarda ham, rasmiy o'yinlarda ham muvaffaqiyat qozonishni istaydi, bu normal holat. Endigina 6 ta tur o'tkazildi, hali oldinda ko'p uchrashuvlar bor. O'ylashimcha, har kuni astoydil shug'ullanishdan to'xtamasak, hammasi yaxshi bo'ladi.

- Futbolga ilk qadam qo'ygan davringiz haqida gapirsangiz.

- 7 yoshimda “Zemun” klubi tizimida futbol o'ynashni boshlaganman. 13 yildan keyin asosiy jamoa safida maydonga tushganman. Bir yildan so'ng “Bejaniya” klubiga o'tdim. Keyinchalik Albaniyada, Sloveniyada, Qozog'istonda ham to'p tepdim. Mana, endi O'zbekistondaman.

- Futbolni tanlashingizga kimlar sababchi bo'lgan?

- Bolalik paytlarimda mamlakatimizda notinchlik hukm surgan, ko'plab bolalar ko'chada futbol o'ynash bilan cheklanishardi. Mening harakatlarimni kuzatganlar, millionlar o'yini bilan professional tarzda shug'ullanishim kerakligini aytishardi, shunda otam ularning maslahatlariga quloq tutgandi. Uyimiz yaqinida stadion bo'lardi, futboldagi ilk qadamlarni o'sha erda tashlaganman. SHu tariqa futbolga bo'lgan mehrim yanada oshdi. 26 yildan buyon shu sohadaman.

- Demak, sizdan avval oilangizdan sportchi chiqmagan?

- Ha, bu borada yaqinlarim orasida men birinchi bo'ldim.

- Bolalikdagi kumiringiz kim bo'lgan?

- Sinisha Mixaylovichning o'yinlarini katta qiziqish bilan kuzatardim. Sobiq Yugoslaviya termasi, Italiyada “Lacio” va “Inter” klublari sharafini himoya qilgan. Undan namuna olishga intilardim. Hozir u murabbiylik bilan shug'ullanmoqda.

- Namanganni sayr qilishga ulgurgandirsiz?

- Albatta, ayrim joylarda bo'ldim, “Afsonalar vodiysi” parkiga bordim. SHahringiz juda chiroyli, menga yoqdi.

- Jamoada hamyurtlaringiz eng yaqin insonlaringiz bo'lishi tabiiy hol. Ulardan tashqari, yana qaysi futbolchilar bilan yaxshi munosabat o'rnatgansiz?


- To'g'ri, legionerni birinchi navbatda til muammosi qiynaydi. Bu borada, albatta, hamyurtlarim bilan suhbatlashish oson kechadi. SHunga qaramay, mahalliy futbolchilar ham yaxshi munosabatda bo'lishadi. O'tkir, Zabihillo, Davron, umuman, jamoadagi barchasi juda yaxshi yigitlar.

- Maydonda-chi, qaysi futbolchi bilan sheriklikda to'p tepish siz uchun qulay?

- Bahrom Abdurahimov bilan. U futbolni yaxshi tushunadi, texnik tomonlama ham sifatli o'yinchi. Taktik jihatdan ham himoyada, ham hujumda qanday to'p surish kerakligini yaxshi o'zlashtirgan.

- Bir nechta mamlakatlarda faoliyat yuritganingizni aytdingiz. Xo'sh, u erdagi futbol bilan o'zbek futbolida qanday farq bor?


- Albaniyada to'p tepganimda, u erda futbol yaxshi rivojlanmagandi, hozir ularda biroz o'sish kuzatilmoqda. Qozog'iston futboli o'zbek futboliga yaqin. Sloveniyada ham ajoyib ijrochilar bor, chempionati durust. Serbiya ligasi ham yomonmas. O'zbekistonga kelganimga ko'p bo'lmadi, hozirgacha olgan taassurotlarimdan kelib chiqib gapirsam, bu erdagi futbol sifati yaxshi.

- Legioner futbolchilar orasida serbiyaliklar ko'pchilikni tashkil etadi. Yurtingizni tark etib, boshqa davlatlarda to'p surishingizga sabab nima?


- Mamlakatimiz kichik bo'lishiga qaramay, bizda futbolchilar juda ko'p. Avvallari serbiyalik o'yinchilar faqat Evropa klublariga o'tishardi. Endilikda Osiyo jamoalari safiga ham qo'shilishyapti, Rossiyada ham ko'plab hamyurtlarim to'p tepishmoqda.

- “Navbahor”ga o'tishingiz qanday sodir bo'ldi?


- Klub rahbariyati serbiyalik agent orqali taklif bilan chiqdi. Ular o'yinlarim videosini ko'rib chiqishgan ekan. Harakatlarim maqul tushgan ekan, Namanganga taklif etishdi. Men ham vaziyatni o'rganib chiqqach, ushbu transferga rozi bo'ldim.

- Bugungi kunda sizning poziciyangizda to'p suradigan eng yaxshi futbolchini ko'rsatish so'ralsa, kimni tanlardingiz?


- Butun dunyodagi futbolchilarni nazarda tutayotgan bo'lsangiz, hozir samaradorlik va o'yin sifatida bo'yicha Kevin De Bryuyne eng yaxshi bo'lib turibdi. U hujumlar payti doimo tezkor qarorlar chiqaradi.




- Messimi yoki Ronaldu?


- Krishtianuning mehnatkashligini juda hurmat qilaman. Leo esa bizning sayyoradan emas, bunday futbolchi yana qachon paydo bo'ladi, bilmayman.

- Xorij jamoalaridan qaysi biriga muxlissiz?


- “Real” va “Manchester Yunayted”ga.

- Oldinda “Navbahor”ni Coca Cola O'zbekiston kubogi doirasidagi o'yinlar kutib turibdi. Jamoamizga raqiblik qiladigan jamoalar haqida nimalar deysiz?


- Bu borada hech qanday malumotga ega emasman. SHunchaki, murabbiylarimiz ularga qarshi qanday harakat qilish kerakligi, o'yinlar oson kechmasligini takidlashganini ayta olaman. Bir narsa aniqki, kubokdagi mazkur bellashuvlar “Navbahor” uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. G'alabalarga erishsak, albatta, jamoadagi kayfiyat ijobiy tomonga o'zgaradi, futbolchilardagi ishonch yanada ortadi. Bo'lajak raqiblarimiz haqida yomon gap aytolmayman, bu uchrashuvlar Superliga navbatdagi turi oldidan qo'shimcha tayyorgarlik vazifasini o'tashi shubhasiz. Albatta, kubok musobaqasidagi g'alabalar ham muhim. Umuman, oldinda turgan har bir bahsning ahamiyati yuqori. Bu o'rinda raqibning qaysi divizionda, qaysi o'rinda borayotganiga ahamiyat bermaslik kerak. Bunday pallalarda qo'lga kiritilgan g'alaba keyingi muvaffaqiyatlar sari yo'l ochishi mumkinligini his qilish lozim.

- Siz bilan birga ishlayotgan murabbiylar haqida fikringiz qanday?


- Viktor Romanovich katta tajribaga ega mutaxassis. Undan o'rganadiganlarimiz ko'p. Barchasi biz – futbolchilarga bog'liq, murabbiyning aytganlarini to'g'ri o'zlashtirib, uni rasmiy o'yinlarda ro'yobga chiqarishimiz kerak.

- Sizningcha, “Turon” bilan o'yinning tomoshabinlarsiz o'tishi “Navbahor”ning g'alaba qozona olmaganiga sabab bo'ldimi?


- Albatta, tribunalarda muxlislar bo'lmaganda, o'zimni o'rtoqlik o'yinida qatnashayotgandek his qilaman. CHunki stadion to'la ishqibozlar jamoani oldinga undab turishsa, bu har bir futbolchiga tasir qiladi.

- “Navbahor” bilan qancha muddatga shartnoma imzolagansiz?


- Bir yillik kelishuvga erishganmiz.

- Mabodo, amaldagi bitimni uzaytirish bo'yicha taklif tushsa, qanday javob berasiz?


- Hozir bu haqda gapirishning mavridi emas. Avval maydonda nimalarga qodirligimizni ko'rsataylik, natijalarga erishaylik. Keyinchalik nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Umuman olganda, shaxsan men individuallikdan ko'ra, jamoaviy o'yinni ustun bilaman. Har doim jamoa uchun o'ynashga intilaman.

- Muxlislarga tilaklaringiz...


- Har bir o'yinda g'alaba uchun harakat qilyapmiz. Hozir ko'p gapirmasdan, ko'proq ishlaydigan palla. SHunday ekan, ishlashdan to'xtamaymiz. Muxlislardan so'raydiganim, bizga ishonishdan to'xtashmasin, albatta, ularning ishonchini qozonish uchun maydonda borimizni berishga harakat qilamiz.

Malumot uchun
Marko Putinchanin
Tug'ilgan sanasi
: 1987 yil, 16 dekabr
Tug'ilgan joyi: Belgrad, Serbiya
Futbol bilan shug'ullanishni 7 yoshidan boshlagan.
Birinchi murabbiyi: Milan Mostorovich.
Oilali, bir o'g'ilning otasi
“Navbahor” bilan joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzolagan.



“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика