So’nggi yangiliklar

14:05Хакими ПСЖ билан шартномасини узайтирди  0 13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   2 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  11 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  9 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8

Intervyu. Jasur Abduraimov - terma jamoadagi faoliyati, Adebayorning kelishi, SHota Arveladze hamda OCHL haqida Yangiliklar

Intervyu. Jasur Abduraimov - terma jamoadagi faoliyati, Adebayorning kelishi, SHota Arveladze hamda OCHL haqida

Ayni kunlarda Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlikni olib borishmoqda.

Poytaxt klublaridan “Lokomotiv” xorijda yig'inni davom ettirayotgan bo'lsa, “Paxtakor” esa JAR stadionida mashg'ulotlarni o'tkazmoqda. “SHerlar” o'tgan mavsumda barcha sovrinlarni o'ziniki qildi. Albatta, SHota Arveladze shogirdlari qo'lga kiritilgan yutuqlarga osonlikcha erishmadi. Juda uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tishdi. Mazkur jarayonda bosh murabbiyga yaqindan bevosita, Jasur Abduraimov, Gocha Tkebuchava, Laslo Yambor, Piter Xyuistra, Ibrohim Yilmaz kabi mutaxassislar ko'maklashdi. Yaqinda barchamizga tanish bo'lgan, yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega Jasur Abduraimov bilan qator mavzular yuzasidan suhbatlashdik.

- Bilamiz, sizni ko'pchilik murabbiy sifatida 2016 yil Bahraynda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan so'ng tanigan edi. Hozirgi kunda olimpiya terma jamoamizning ham asosini usha jamoa vakillari tashkil qilmoqda. SHarof Muhitdinov, Nurillo To'xtasinov, Bobur Abduxoliqov, Sanjar Qodirqulov, Jasur Yaxshiboev, Doston Ibragimov...Keling suhbatimizni shundan boshlasak...

- 1997-1998 yilda tug'ilgan o'zbekistonlik futbolchilarni bilaman hammasini. O'sha vaqtdagi O'zbekiston futbol federaciyasi raxbarlari menga shu yosh toifasidagi terma jamoani ishonib topshirdi. Natijada selekciya ishlarini boshladim. Har bir poziciyaga kuchli futbolchilarni terish maqsadida Qashqadaryo, Namangan, Farg'ona, Andijon deyarli barcha viloyatlarga bordim. Ko'plari o'rinbosarlar jamoasida to'p tepardi. Yuqorida siz sanab o'tgan Jasur Yaxshiboev, Saidjamol Davlatjonov, Doston Ibragimov, Hojiakbar Alijonov, Suxrob Nurilloev ular mening boshqaruvimdagi o'rinbosarlar jamoasida harkat qilgan.Menga ularning nimasi yoqardi? Individual jihatdan aksariyati juda kuchli edi. Zo'r jamoa edi. Ko'plab turnirlarda qatnashdik, xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushdik. Bizning futbolchilar u qadar baquvvat emas. Lekin, texnika tomondan kuchli. Tezkorlik va maxorat bobida hech kimdan qolishmaydi. Mashg'ulotlarni uch mahal o'tkazgan paytlarimiz ham bo'ldi. Albatta, bir ikki soatini nazariy mashg'ulotlarga ajratardik. Umumiy qilib aytganda yaxlit bir oila sifatida shakllandik.

- Siz boshqargan jamoada birinchi o'rinda sifat ko'zga tashlanardi. Futbolchilar ham boshqacha o'ynardi...Xususan o'sha Eron bilan kechgan bahsda ham.

- Ha. Jamoamizda sifat yaxshi darajada edi. 1997-1998 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan uch yil ishladim. O'yin tomonlama hech qaysi jamoaga yutqazmadik. Bahrayndagi musobaqada chorak finalda yutqazdik. Ha, yaxshi o'ynab yutqazdik. Mening fikrimcha, omad chinakkamiga bizdan yuz o'girdi. Statistika ham aytib turibdi, biz Eron terma jamoasi darvozasiga 17 marotaba zarba berdik. Raqibimiz esa uchta vaziyatdan ikkitasini gol bilan tugatdi. Bizning o'yinchilar bemalol ayta olaman zo'r, shunchaki zo'r. Men buni o'sha payt Mirabror Zufarovichga ham aytgandim. Finalga qadar etib borishimizni aytgandim. Hech kim ishonmagandi. Biroq, Eron bilan o'yinda omad kelmagandi. Meni xursand qiladigan tomoni ayni vaqtda olimpiya terma jamoamizda, men boshqargan U-19 terma jamoasidagi futbolchilarning ko'pi to'p tepmoqda.



- Nima uchundir musobaqada futbolchilarga intervyu berishni taqiqalab qo'ygan ekansiz...

- To'g'ri. Menga yoshligimda otam, ustozlarim aytishardi “Sdelay delo gulyay smelo” yani buning tarjimasi ishingni qilib, hotirjam aylanib yuraver degani. Birinchi galda ishni qilib isbotlab qo'y. Keyin bemalol gapirsang bo'ladi.

- Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatsiz natijadan so'ng raxbariyat va muxlislar sizni va jamoani qanday qabul qilishdi? Tanqidlar, etirozlar...

- Kayfiyatim tushib ketgandi. Ariza yozib ishdan bo'shash haqida o'yladim. Ishqibozlar, mutaxassislar bizni qo'llab quvvatlashdi. Oldingi avlod vakillari asosan himoyaga tayangan holda, qarshi hujumda o'ynashgandi. Men yigitlarga yutsak ham, yutqazsak ham hujum qilishimizni tushuntirdim. O'zbek xalqida ham yaxshi o'yinchilar borligini ko'rsatshimiz kerakligini aytdim. Toshkentga kelganimizdan bir haftalardan so'ng meni Mirabror Zufarovich chaqirdi. “Sen hafa bo'lma. Men har bir o'yinni ko'rdim. Hammasi yaxshi bo'ladi. 23 yoshlilar bilan ham o'zing ishlaysan”-, dedilar. Bo'lajak olimpiya terma jamoasini shakllantirishni boshladik. Orasidagi yosh ham u qadar katta farq qilmasdi. To'rt oy ular bilan ishladim. Orada meni “Paxtakor”ga taklif qilishdi. SHaxsan klub prezidenti Bobur SHodiev vaqtincha bosh murabbiy bo'lishimni, tez orada Evropadan mutahassis kelishini aytdi. O'zim faoliyatimni “Paxtakor”da boshlaganman. Bu klub mening yuragim, borlig'im. Biroq, orada federaciya va terma jamoada tushunarsiz ishlar bo'lib ketdi. Xattoki, menga indashmadi ham. Vaholanki men klubda vaqtincha murabbiy edim. Buni hamma bilardi. Uch kundan keyin menga olimpiya terma jamoasida ishlamayotganimni aytib qolishdi. Ular meni “Paxtakor”ga butunlay ketdi, endi terma jamoada ishlamaydi deb o'ylashdi. Ketishga ketdim, borinki rahmat ham aytishmadi. Xalq bilsin degan maqsadda aytyapman bu gaplarni. Mirabror Usmonov olamdan o'tib ketgan bo'lsada, bir umr minnatdorman. Boisi, natija qoniqarsiz bo'lsada imkoniyat berdi. Lekin, nazarimda kimdr ularga noto'g'ri informaciya etkazgan. Siz ishongan odam terma jamoani tashlab ketib yuribdi qabilidagi gaplarni aytishgan bo'lishligi mumkin. SHunday bo'lsada ishsiz qolmadim.

- Bosh murabbiy SHota Arveladze haqida fikrlaringiz... U bilan ilk tanishuv va suhbat qanday bo'lgandi? Jamoada birinchi navbatda nimani o'zgartirdi?

- Iyun oyida SHota Arveladze keldi. U bilan uzoq gaplashdik. O'rtamizdagi suhbat ikki-uch soatga yaqin davom etdi. Men haqimdagi barcha malumotlarni bilar ekan. O'ziga yordamchi qilib olib qoldi. Mana hozirgacha birga ishlab kelyapmiz. Uslubimiz va qiziqishlarimiz bir-biriga o'xshash. Muxlislik qiladigan jamoamiz ham bir hil “Manchester Siti”. U haqiqiy inson va do'st. Insoniylik fazilatlari ajoyib. Avvalo tashkiliy ishlarda o'zgarishlar va yangiliklarga qo'l urdi. Masalan, futbolchilar mashg'ulotlardan so'ng kiyimlarini va sumkalarini o'zi bilan olib yurmaydi. Hamma narsa bazada qoladi. Ovqatlanishi, nima eb-ichishigacha nazorat qiladi. Maydonga o'z uyidek munosabatda bo'ladi. O'zbek futbolidagi muammolardan biri tashkilotchilikni to'g'ri yo'lga qo'ymaslik. Tashkilotchilik yaxshi bo'lsa, qolgan ishlar ham risoladagidek ketadi. Futbolchilarga doim yaxshi sharoit qilib berish kerak. Jamoamizda o'yinchilarga barcha shart-sharoitlar yaratilgan. SHaxsan o'zim SHota Arveladzedan ko'p narsa o'rganib kelyapman. Oddiy mayda detallargacha etiborsiz qoldirmaydi. Qolgan murabbiylar ham ishini astoydil bajaradi. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Laslo Yambor, Piter Xyuistra taktikalarni ishlab chiqadi. Gocha Tkebuchava ajoyib inson. Ahil murabbiylar shtabi yig'ilgan. Sport direktori Jafar Irismetov, shuningdek Sobir Xodiev doim izlanishda. Klub prezidenti Bobur SHodiev har bir o'yinga keladi, kuzatadi.

- Gruziyalik murabbiy SHota Arveladze jamoani 2017 yil boshqaruviga oldi. 2018 yilni ham jamoa sovrinsiz yakunladi. Uchinchi yilga kelibgina natija ijobiy tomonga o'zgardi. Birvarakayiga uchta kubog qo'lga kiritildi. Demak, ko'rinib turibdiki ko'p narsa vaqtga bog'liq...

- To'g'ri aytdingiz. Hammasi vaqtga aloqador. Bu-futbol, ertak emas. Futbolchilar bilan til topishib ketish, ularga uslubini singdirish, taktikani yo'lga qo'yib olish oson emas. Vaqt o'tishi bilan bollar ham sekin asta tushunib bordi. Jismoniy holat bo'yicha ko'p ishlar olib borildi. Taktikada o'zgarishlar yuz berdi. Davralar, mavsumlar oralig'ida beshta, oltita o'yinchilar oldik. Bularning barchasiga moslashib olish kerak. 2019 yilda hamma narsa bitta qolipga tushib oldi. Bu hali boshlanishi. O'zidan-o'zi hech nima paydo bo'lib qolmaydi. SHotaga ham birinchi yil vaqt kerak bo'ldi. O'zbek futbolini o'rgandi, futbolchilarni ko'rdi. Bizning sharoitimizga moslashib bordi. Kimga qanaqa gapirish kerak, qanday munosabatda bo'lishi kerak. Kim bilandir alohida ish olib borish kerak. Unga oson bo'lgani yo'q. O'tgan mavsum trebl qayd etgan bo'lsakda xato va kamchiliklar bo'ldi. Qaysidir joyda o'yinimiz qovushmagan paytlar kuzatildi. Ayrim futbolchilar jaroxat olib bizga yordam bera olishmadi.



- Mavsum yakunlangandan so'ng dekabr oyida Turkiyada malaka oshirib qaytdingiz. Taassurotlar bilan o'rtoqlashsangiz...O'zingiz uchun yangi narsa kashf qildingizmi?

- Hozirda Pro licenziyasiga o'qiyapman. Xorijda malaka oshirish vazifasi bor. SHota Arveladze bilan maslaxatlashdim. Menga Turkiyaga borishni taklif qildi va yordamini ayamadi. Natijada “Beshiktosh” klubida malaka oshirdim. Bilasiz, Turkiyadagi eng yaxshi uchta klubdan biri sanaladi. Meni hayron qoldirgan tomoni bir klub safida 13 ta legioner harakat qilyapti. Xorvatiya, Italiya, Ispaniya, Amerikadan va hokazo. Bari sifatli futbolchilar. Infratuzilma haqiqatdan kuchli. Murabbiy ham tajribali Abdulloh Avji. Ko'rsangiz umuman ortiqcha hissiyotlarga berilmaydi, baqirmaydi. Vazifani beradi, o'yinchilar bajaradi. Milliy terma jamoani boshqargan, tarixda ajoyib o'yinchi bo'lgan. Jamoasida hujumkor uslubni joriy etgan. Qizig'i, u ham Gvardiola va “Manchester Siti”ning muxlisi. Klub bazasida bo'ldik, ochig'i gap bo'lishi mumkin emas. Biz shunday sharoitlar yaratib berishimiz kerakki faqat futbolchining yuksalishi uchun xizmat qilishi lozim. Avji bilan ikki soatcha suhbatlashdik, gaplashdik. O'zim uchun ko'p yangi narsa o'zlashtirdim.

- Legionerlar haqida gapirdingiz. Bir klub safida xorijlik futbolchilarning miqdorini ko'pligi, mahalliy futbolchilarni tarkibga kirishiga to'sqinlik qilmaydimi?

- Sifatli legioner kelsa, yosh futbolchilarimiz uchun foyda keltiradi. Unga qarab o'yinchi o'sishi mumkin. Xorijdan kelayotgan o'yinchilar bir bosh baland bo'lishi kerak. Jamoada bundaylar soni bitta, ikkita bo'lishi mumkin. Asosiysi sifat ko'zga tashlanishi kerak. Siz bu erda turib ko'rsatma beraverasiz, biroq ko'z bilan ko'rib o'rgangan boshqa.

- Barchani qiziqtirgan savol. Emmanuel Adebayor va iroqlik Ali Adnanning kelishi borasidagi gap so'zlarga izoh berib o'tsangiz...Turli ijtimoiy tarmoqlar deyarli ularni “Paxtakor” futbolchisiga aylantirib qo'yishdi.

- Muzokaralar ketmoqda. Hali hech narsa aniq emas. Biror narsa deyish qiyin. Aniq bo'lganida boshqa gap edi.

- “Paxtakor” o'tgan mavsum OCHLni saralash bosqichidan boshlagandi. So'ng pley-off orqali guruh bosqichiga chiqqandi. Qaysidir manoda boshida ko'p kuch sarflangani so'ngi turlarga kelib sezilgandi. Endi esa to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan ishtirokni boshlaysizlar. Balki, bu safar jamoaga biroz engilroq bo'lar...

- O'tgan yili o'zingiz ko'rdingiz qanday jamoalar bizga ro'baro' keldi. “Persipolis” 2018 yilgi mavsum finalchisi edi. “Al Sadd” Qatarning grand klubi. “Al Ahli” ham kuchli jamoa ekanligini ko'rdingiz. Joriy yilda esa “Al Xilol” amaldagi OCHL g'olibi bilan bir guruhdan joy oldik. Murabbiy sifatida shunday klublar bilan ko'proq o'ynashimizni istayman. Asl kuchimiz ushanda bilinadi, o'sish bo'ladi. Xavi sardorligidagi “Al Sadd” bilan o'yinda stadionda qanday muhit yuzaga keldi? Haqiqiy anshlag bo'ldi. Ikkita teng kuchli jamoalar o'zaro to'qnash kelganda intriga yuzaga keladi. Qiziqish kuchli bo'ladi.

- Suhbatimizni transferlar bilan davom ettirsak. Jamoa ayni vaqtda ikkita himoyachi va yarim himoyachi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bu jamoani o'tgan mavsumda himoya chizig'idan ko'ngli to'lmaganidan dalolat beradimi? Yoki raqobatni kuchaytirish maqsadida bu transfer amalga oshirildimi?

- Anzur Ismoilov terma jamoada bir necha yil o'ynadi. Umar Eshmurodov “Nasaf”da asosiy tarkibda harakat qildi. Terma jamoaga nomzod. O'zbekistonda hozir himoyachilarni topish muammo. “Paxtakor”da hozir to'rtta markaziy himoyachi bor. Bu chiziqdan xotirjammiz. O'yinlar ko'p bo'ladi, terma jamoa yig'inlari bor. Rotaciyalarni amalga oshiramiz kerakli paytda.



- Nima uchundir yoshlarni asosiy tarkibga kirishi sekinlashgandek ko'rinmoqda. Avvalari yosh futbolchilar asosiy tarkibdan tez-tez joy olardi...

- SHota Arveladze kelgach birinchi navbatda chempionlik vazifasi qo'yildi. Natija ko'rsatishi kerak edi. SHaxsan men uchun yoshlar bilan ishlash muammo emas. 2017 yil “Paxtakor”ni uch oy boshqargan bo'lsam to'qqizta futbolchi asosiy jamoada debyut qilgan. Yuz foiz yoshlarni o'ynatib natija qilib bo'lmaydi, bugun yaxshi o'ynsa, ertaga o'ynolmasligi mumkin. Yoshga qarab ishlab bo'lmaydi. 17 yoshmi, 18 yoshmi yoki 35 yoshmi natijaga qarab ish tutiladi.

- Yangi mavsumga olib borilayotgan yig'in va tayyorgarlik hususida...

- 15 yanvargacha Toshkentda mashg'ulotlarni olib boramiz, so'ng BAAga uchamiz. U erda uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. Turli taktikalarni sinovdan o'tkazamiz.

- Oldinda O'zbekiston olimpiya terma jamoasini masuliyatli o'yinlar kutib turibdi. Tailanddagi Osiyo chempionatidan yigitlarimizdan nima kutyapsiz? Olimpiyada va chempionlik haqida o'ylashdan avval guruh bosqichidan o'tib olishimiz kerak. Lekin, mazkur terma jamoamizda eng kuchli futbolchilar yig'ilgan. Superligada jamoalarining etakchilari hisoblanadi...

- Guruhimiz kuchli. Deyarli 80 foiz bollarni nimalarga qodirligini bilaman. Ishonchim komil ular olimpiyadaga chiqadi. Tajriba bor, hammalari katta futbol havosidan nafas olgan. Agar guruhdan chiqib olishsa, olimpiyadaga ham yo'llanma olishadi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика