So’nggi yangiliklar

10:43Пеп Гвардиоланинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:15Драган Черан: “Андижонлик мухлислар нафақат Ўзбекистонда, балки жаҳон даражасидаги бренд”  4 09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  2 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  4 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  3 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  10 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  12 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  13 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4

O'zbekiston Kubogi finali chiptalari qachon sotuvga chiqadi? Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi finali chiptalari qachon sotuvga chiqadi?

29 oktyabr kuni Andijondagi "Bobur Arena"da bo'lib o'tadigan O'zbekiston Kubogining final o'yini uchun chiptalar 26 oktyabr kuni sotuvga chiqariladi.

Chiptalar ikki toifaga ajratilgan:

• 1-toifa — 100 000 so'm (1 va 1A sektorlar);

• 2-toifa — 40 000 so'm (qolgan barcha sektorlar). 

"Paxtakor" klubi final bellashuvining nominal mezboni sifatida texnik zonaning chap qismidan joy oladi. Shundan kelib chiqib, "Paxtakor" ishqibozlariga o'z jamoalari finalda to'p tepadigan to'q ko'k rangda ajratib ko'rsatilgan sektorlardan chipta xarid qilishi tavsiya etiladi. 

"Buxoro" klubi esa final uchrashuvini oq libosda o'tkazadi. Klub muxlislariga oq ranglar bilan ajratib ko'rsatilgan sektorlardan joy olish tavsiya etiladi. 

Bunda klublarning ehtimoliy taklifiga ko'ra, 16-sektor to'liqligicha "Paxtakor" fan-klubi uchun, 18-sektor esa to'liqligicha "Buxoro" fan-klubi uchun umumiy savdodan alohida ravishda sotilishi rejalashtirilgan. Bunday taklif bo'lmagan holatda mazkur sektorlar chiptalari ham umumiy savdoga chiqarilishi ko'zda tutilgan. 

Shuningdek, Andijondagi katta futbol oqshomiga tashrif buyuruvchilarni Liga tomonidan tayyorlab qo'yilgan sovg'alar kutmoqda. Chipta xarid qilgan muxlislarda yutuqli o'yinda ishtirok etish va avvaldan belgilab qo'yilgan sovg'alardan biriga ega chiqish imkoniyati mavjud. Buning uchun muxlislardan "Bobur Arena" stadioniga kirish imkoniyatini beruvchi uch katta darvozalardan kirishda chiptaning tegishli ajratib ko'rsatilgan qismini maxsus qutiga solish so'raladi. Keyinchalik g'oliblar shu chipta raqamlari asosida saralab olinadi. 

Final o'yini uchun Liga 5 ta iPhone 17, 5 ta PlayStation 5 hamda 5 ta smart televizorini yutuq sifatida tayyorlab qo'ygan. G'oliblar stadionning o'zida aniqlab olinadi. Bunda omadli chipta raqamlari muxlislar guvohligida va xolis kishilar tomonidan lototrondan tortib olinadi hamda chipta raqamlari "Bobur Arena" tablosida aks ettiriladi. G'olib deb topilgan chiptalar egalari bellashuvdan keyin stadionga yondosh hududda joylashgan Andijon futbol associaciyasi binosida o'z yutuqlarini qabul qilib oladi. Sizda ko'proq chipta xarid qilish va yutuqli o'yinda g'olib chiqish koeffisentini oshirish imkoniyati mavjud. 

Malumot uchun, chiptalar "Bobur Arena" stadioni kassalarida sotiladi. Finalni tomosha qilish uchun boshqa shaharlardan tashrif buyurayotgan muxlislar @echipta_bot orqali buyurtma berishlari va keyinchalik shu buyurtma asosida "Bobur Arena" stadioni kassalari yonida tashkil etilgan maxsus darcha orqali o'z chiptalarini qo'lga kiritishlari mumkin. Final o'yiniga muxlislar faqatgina tegishli chipta yordamida kirishlari uchun ruxsat etiladi. Shundan kelib chiqib, bot orqali chipta xarid qilgan muxlislarga haqiqiy chiptani qo'lga kiritish masalasini iloji boricha ertaroq hal qilish tavsiya etiladi.

P. S. "Bobur Arena" stadionida chiptalar savdosi masalasi tartibli yo'lga qo'yilganligini inobatga olib, Liga mazkur final bellashuvi uchun chiptalar savdosi masalasida mahalliy eChipta platformasi bilan hamkorlik qiladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
24 okt 18:16:38
Sobirjonov
Bu oyinda Paxtakorni muxlislari kop boladi Butun bowli Andijon fan klubi Paxtakor fan kulubi bn birlawadi
+2   
24 okt 17:51:07
Elyorbek Mavlonov
Paxtakorni xalqaro oʻyinlarga qaytarishni ajoyib imkoniyat katta ehtimol bilan Buhoro yirik hisob bilan yutqazdi
   
24 okt 22:38:09
Elyorbek Mavlonov
Адхамжон Низамов foydalanuvchining fikriga javob berish
Фолбинмисиз, Аллох билгучи.
Ollohim oʻzi bilguvchi Alhamdulillah oʻzbek futbolini bilmaganday gapirasiza ahir hammasi koʻzboʻyamachilikku , mendan koʻra oʻzizi aqlsiz ham etadi nima boʻlishiga , butun bir tizim avariya holatidaku , qaysi davlatda bir mavsumda 2ta chempion chiqqan qaysi davlat chempionati har 2 yilda komanda sonini koʻpaytirib , kamaytiradi , bir haftada bir tur boʻladigan chempionat doimiy ravishda tur oʻyinlarini boshqa sanaga koʻchiraveradi, hullas bunga folbinlikni umuman aloqasi yoʻq, bu chirigan tizimni hamma yaxshi biladi bunga aqlli boʻlish ham shart emas, bu mening shaxsiy fikrim
   
24 okt 22:37:49
Elyorbek Mavlonov
Адхамжон Низамов foydalanuvchining fikriga javob berish
Фолбинмисиз, Аллох билгучи.
Ollohim oʻzi bilguvchi Alhamdulillah oʻzbek futbolini bilmaganday gapirasiza ahir hammasi koʻzboʻyamachilikku , mendan koʻra oʻzizi aqlsiz ham etadi nima boʻlishiga , butun bir tizim avariya holatidaku , qaysi davlatda bir mavsumda 2ta chempion chiqqan qaysi davlat chempionati har 2 yilda komanda sonini koʻpaytirib , kamaytiradi , bir haftada bir tur boʻladigan chempionat doimiy ravishda tur oʻyinlarini boshqa sanaga koʻchiraveradi, hullas bunga folbinlikni umuman aloqasi yoʻq, bu chirigan tizimni hamma yaxshi biladi bunga aqlli boʻlish ham shart emas, bu mening shaxsiy fikrim
   
24 okt 19:03:30
Адхамжон Низамов
Elyorbek Mavlonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Paxtakorni xalqaro oʻyinlarga qaytarishni ajoyib imkoniyat katta ehtimol bilan Buhoro yirik hisob bilan yutqazdi
Фолбинмисиз, Аллох билгучи.
   
24 okt 18:40:12
Sardorbek..
O'tgan yilgi final N1 bo'pqoladi o'yin tomonlamayam muxlislik tomonlamayam
   
24 okt 18:16:42
Saidjahon
Шухратжон Муйсинович foydalanuvchining fikriga javob berish
Водий жамоатларидан бири финалга чиққанда мухлис муаммоси бўлмасди албатта. Лотерея ҳам керак бўлмасди Водийда Пахтакорни ҳам, Бухорони ҳам мухлис йиғиши қийин бўлиши мумкин. Аммо билет ўтган йили қимматроқ эди, марказий секторлар 150 минг бўлган. Финал супер бўлган.
Узингиз айтяпсизку водий жамоалари чикканда мухлислар сони куп буларди деб Утган йили иккита водий жамоаси уйнаган шунинг учун кимматрок булган.Тан олиш керак бу йилги финалга кизикиш утган йилгидака булмайди мухлислар уртасида хам журналистлар уртасида хам.
   
24 okt 17:57:34
Шухратжон Муйсинович
Водий жамоатларидан бири финалга чиққанда мухлис муаммоси бўлмасди албатта. Лотерея ҳам керак бўлмасди Водийда Пахтакорни ҳам, Бухорони ҳам мухлис йиғиши қийин бўлиши мумкин. Аммо билет ўтган йили қимматроқ эди, марказий секторлар 150 минг бўлган. Финал супер бўлган.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика