OCHL-2. Hakamga tibbiy yordam ko'rsatilgan o'yinda "Andijon" 3-marta 0:0 hisobi qayd etdi. Bu galgi raqib – "Al Haldiya"
22 okt 20:39
Yangiliklar


OCHL-2. Hakamga tibbiy yordam ko'rsatilgan o'yinda "Andijon" 3-marta 0:0 hisobi qayd etdi. Bu galgi raqib – "Al Haldiya"
OCHL-2. Guruh bosqichi. 3-tur
"Andijon" – "Al Haldiya" 0:0
Bosh hakam: Ahmad Yaqub Ibrohim Ibrohim (Iordaniya)
Yordamchi hakamlar: Hamza Abdulmajid Yunis Sadeh, Qais Ayman Issa Hames (ikkalasi – Iordaniya)
To'rtinchi rasmiy: Nurzatbek Abdikadirov (Qirg'iz Respublikasi)
Hakamlar nazoratchisi: Alaa Abed-Alqader Naema Al Abadi (Iroq)
Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston)
Mahalliy media oficer: Sherzod Rajabov
Mahalliy bosh koordinator: Behzod Olimjonov
"Andijon": 31.Erjan Tokotaev, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 8.Shahzod Azmiddinov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev (88.Shohjahon Yorqinboev, 79), 13.Sardorbek Azimov, 18.Damir Temirov (9.Saidumarxon Saidnurullaev, 73), 22.Usmonali Ismonaliev (28.Bekzod Sulaymonov, 90), 23.Doniyor Abdumannopov (7.Ismail Akinade, 74), 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Kristian Novak, 71.Bektemir Abdumannonov.
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 12.Mohirbek Komilov, 2.Abubakir Ashurov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 14.Abdurahmon Komilov, 16.Abdurahmon Abdullaev, 21.Asadbek Xabibullaev, 33.Oleg Zoteev
"Al Haldiya": 41.Rikardo Manuel, 2.Said Dxiya, 4.Ahmed Bugammar, 8.Klayd O'Konnel (17.Hazza Ali, 46), 9.Gleyson Uilson, 19.Komail Al Asvad, 20.Said Eddin Buhra (3.Muhammad Adel, 62), 21.Mendi Dominik, 22.Ayub El Amlud (77.Zahui Ulrux Fabien, 88), 26.Ayman Dairani, 99.Joel Beya (13.Muhammad Al Romaihi, 71)
Zaxira: 1.Abdulla Al Tavadi, 12.Hamad Al Doseri, 7.Nizar El Otmani, 11.Ismoil Abdulatif, 14.Badar Bashir, 16.Jumai Jallov, 45.Mahdi Abdul Jabar Hasan.
Ogohlantirish: Sunnatulloh Hamidjonov (81)
MATNLI TRANSLYACIYA
O'yin yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.
90. "Andijon"da o'zgarish.
88. "Al Haldiya"da o'zgarish.
87. Zarba! Toirov tepgan to'pni Manuel ushlab oldi.
84. Mezbonlar yana ofsaydda qolib ketdi.
81. Hamidjonov qo'pollik uchun ogohlantirildi.
79. "Andijon"da o'zgarish.
78. Jo'raqo'zievga tibbiy yordam ko'rsatildi.
76. Zarba! Uilson markazdan oldinga borib, zarba yo'lladi, Tokotaev to'pni egalladi.
74. "Andijon"da ikki o'zgarish.
71. "Al Haldiya"da o'zgarish.
68. "Andijon" futbolchisi yana o'yindan tashqari holatda qoldi.
62. "Al Haldiya" tarkibida o'zgarish.
60. O'ng qanotdan uzatmani Rikardo Manuel egalladi.
56. Zarba! Hamidjonovning olisdan tepgan to'pini Rikardo Manuel egalladi.
54. Abdumannopov katta tezlikda oldinga bordi va aylanma zarba yo'llashga harakat qildi, ammo mo'ljalda adashdi.
Qanot hakamiga tibbiy yordam ko'rsatildi.
51. "Andijon" futbolchisi ofsaydda qoldi. Buni aynan o'sha vaziyatda qanotda qoqilib tushgan yon hakam tasdiqladi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Al Haldiya"da bitta o'zgarish.
Taym yakunlandi.
45+1. Zarba! Temirovning o'ng qanotdan uzatmasini Jo'raqo'ziev bosh bilan raqib darvozasiga to'g'rilashga urindi, biroz aniqlik etishmadi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.
45. Mehmonlarning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq.
44. Novak kutilmaganda to'pni maydon tashqarisiga tepib yuborib, raqib jamoaga burchak zarbasi tuhfa etdi.
42. "Andijon"ning burchak uzatmasi qaytarildi.
31. Chap qanotdan havodan uzatilgan to'pga Ismonalievning bo'yi etmadi.
27. Burchak uzatmasidan boshlangan hujum Ismonalievning aniq zarbasi bilan yakunlandi, biroq "Andijon" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolgandi.
27. Zarba! Abdumannonovning zarbasini darvozabon qaytardi.
25. Dominikning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.
21. Uilson ofsaydda qolib ketdi.
18. Jo'raqo'ziev raqib jarima maydonida zarba yo'llay olmadi.
17. Zarba! Mehmonlarning kombinaciyasi zarba bilan yakunlandi, Tokotaevdan seyv!
12. Burchak uzatmasidan so'ng Jo'raqo'zievning zarbasiga aniqlik etishmadi.
12. Abdumannopov raqib futbolchisidan to'pni olib qo'yib, jarima maydoniga kirib bordi, biroq himoyachini alday olmadi.
8. Mehmonlar xavfli hujum tashkil etdi, o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borishdi, biroq yakuniy pasga kechikishdi.
4. Zarba! Tezkor qarshi hujum Temirovning zarbasi bilan yakunlandi, to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.
2. Yon chiziqdan boshlangan hujum mezbonlar zarbasi bilan yakunlandi, himoyachi to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi.
1. O'yin boshlandi.
Jamoalar maydonga chiqishdi. "Andijon" qizil, "Al Haldiya" sariq rangli liboslarda o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
- Э, кўрмайман.
- Нега?
- Кўрганим билан барибир 0:0 бўлади-ю....