So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

"Paxtakor" akademiyasi eng yaxshi maktablar yuztaligiga kirdi Yangiliklar

"Paxtakor" akademiyasi eng yaxshi maktablar yuztaligiga kirdi

Futbolning poydevori, ildizi akademiya va futbol maktablari hisoblanadi.

 U mustahkam bo'lsagina yaxshi meva bera oladi, yuksak cho'qqilarga chiqa oladi. Biladiki u hech narsadan qo'rqmaydi, chunki "fundament" mustahkam. 

Milliy terma jamoadan tortib qolgan yosh toifalariga futbolchi etkazib berishda azaldan "Paxtakor" "baza" vazifasini o'tab kelgani sir emas. Mirjalol Qosimovdan tortib Azamat Abduraimovlargacha, Bugaloni aytamizmi yoki Shirshov tarix zarvaraqlari bunga guvoh. 

Avvalgi maqolalarda aytganimizdek "Paxtakor"ning so'nggi yillarda to'g'ri yo'lga tushib o'z maktabiga katta etibor qaratayotgani o'z samarasini ko'rsatmasdan qolmayapti. Darhaqiqat, klub transfer siyosatida ham, futbolchi etkazib berishda ham etakchilikni yana qo'lga olmoqda. Birgina Ulug'bek Hoshimovni sotish va ortga qaytarish orqali klub ikki karra mablag' ishladi. Muhammadali O'rinboevni Evropa klubiga transfer qildi, bir paytlar CSKAga yo'l olgan Abbos Fayzullaevdan ulush oldi, Azmiddinov va Mahamadjonovlar ham tekinga ketmadi. 

Endi mavzuga kelsak, "Paxtakor"dan bu yilning (oxirgi yig'indagi ro'yxat asosida) o'zida barcha terma jamoalarga jami 35 nafar futbolchi jalb qilindi. Bu o'z-o'zidan bo'layotgani yo'q albatta. Xojiakbar Alijonov, Igor Sergeev, Xojimat Erkinov, Jamshid Iskanderov, Oston O'runovlar shular jumlasidandir. 

Garchand hali ochilmagan bo'lsada, Qibrayda "AKFA Xolding" tomonidan 96 kishilik yangi bino qurildi. Infratuzilma yildan-yilga yaxshi tomonga o'zgarmoqda. Kuchli infratuzilma yanada yangi nomlarni yuzaga chiqarishida muhim omil bo'lib xizmat qilishi aniq.

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi yani CIES ekspertlari esa buni o'rganib borgan holda "Paxtakor"ni Jahonning eng yaxshi yuzta akademiyalari qatoriga kiritdi. Klub rasmiy uchrashuvlarda qatnashgan jami 57 nafar futbolchini tayyorlab bergan. "Sherlar" 49 ta ligadan olingan 100 ta akademiya ichida 90-o'rinni band qilgan. Ro'yxat karvonboshisi Portugaliyaning "Benfika" klubi hisoblanadi. Keyingi o'rinlarni "Barselona" va "River Pleyt" akademiyalari egallagan. 

Umid qilamizki, keyingi yillarda bu ro'yxatdan yana bir nechta o'zbek klublari joy oladi. O'zbekistonda birgina "Paxtakor" emas, "Bunyodkor", "Nasaf" klublarining futbol maktablari ham borligini, ular ham milliy terma jamoa yo'lida yaxshi ijrochilarni etishtirib berayotganini qayd etib o'tishimiz joiz. "Paxtakor" esa bu yo'lda yana dadil qadamlar bilan oldinga intilishda davom etadi va o'z o'rnini mustahkamlashiga ishonamiz.

Reyting: +9   

Fikrlar

+4   
23 okt 15:37:21
BXZ BXZ
Пахтакор у́збек футболига энг ку́п махоротли футболчилар етиштириб беради ман хохлардим Жахон футболига хам яхши махоротли футболчилар етиштириб берсин ва бу борада янада юксалишга эришсин .
+3   
23 okt 15:58:32
nerazzuri
Пахтакор академияси энг зури нега ? Чунки Болалар мураббийларига катта ойлик тулайди ва Профессионалик жуда юкори.
+1   
23 okt 19:05:14
Davron Jenjayev
albatta bunga loyiq chunki juda kuplab uyinchilar paxtakor akademiasidan chiqqan super ligadagi
+1   
23 okt 18:29:35
JUVE & LIV
Пахтакор футбол мактаби аввалдан кучли бўлган !!!
   
23 okt 18:45:25
Mirshohid
Eng rasvosi bizniki boʻlsa kerak. Yani Navbahorniki. Umuman nol, Namanganlik bolalarni koʻpi Paxtakor, Mash’al, Nasaf, Bunyodkorda. Nima uchunligini kattakonlar qiziqib ham koʻrmagan
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика