So’nggi yangiliklar

19:31"Ливерпуль" раҳбарияти бош мураббийга шарт қўйди. Слотдан нималар талаб қилинмоқда?  0 19:03Хави "Барса"га қайтиши ҳақидаги миш-мишларга чек қўйди  1 18:35"Манчестер Юнайтед" Кварацхелияга қизиқмоқда, аммо футболчининг нархи трансфер имкониятини шубҳа остига қўймоқда  2 18:07"Тоттенхэм" Тудорни ишдан бўшатишга тайёр. Клуб аллақачон бош мураббийликка икки номзодни кўриб чиқмоқда  1 17:39"Барселона" ва "Манчестер Юнайтед" сенсацион алмашувни тайёрламоқда  8 17:11"Ливерпуль" футболчиси АПЛдаги рақобатчидан қизиқиш бўлганини тасдиқлади  1 16:43Суперлига. "Андижон" охирги бор "Нефтчи"ни Фарғонада қачон енгган?  18 16:21Ўзбекистон чорак финалда. Жаҳон чемпионатига бир қадам қолди  5 15:55Аёллар ўртасидаги Осиё Кубоги. Ўзбекистон Бангладешга 4 та гол урди ва плей-оффга йўл олди  3 15:27Бразилияда ҳакам 23 та (!) қизил карточка кўрсатди: Халк воқеа марказида  3 15:06Суперлига. "Навбаҳор" XXI асрда "Пахтакор"ни меҳмонда ютмаган  21 14:38Таниқли мураббий "Реал" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  19 14:14Ҳужумчини сабр билан кузатиб боради, орқа томонида бўш ҳудуд очиб қўймайди... Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини таҳлил қилинди  23 13:53"Челси" Росеньор олдига қатъий талаб қўйди  1 13:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Арал" таркибига қўшилди  0

Superliga. "Paxtakor" final oldidan mehmonda "Xorazm"ni engdi, ikki jamoa o'yinni 10 kishi tugatdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" final oldidan mehmonda "Xorazm"ni engdi, ikki jamoa o'yinni 10 kishi tugatdi

Superliga 26-turidan o'rin olgan bahs bo'lib o'tdi.

Superliga

26-tur

"Xorazm" – "Paxtakor" 0:1 (TUGADI)

Urganch. "Xorazm" sport majmuasi. 18:00

Bosh hakam: To'rabek Suyunov

Yordamchi hakamlar: Shavkat Rahmatov, Sardor Hakimov

Zaxira hakami: Sevdiyor Xamraqulov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Aleksandr Burov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gol: Ibrohim Ibragimov (Dilshod Saitov) 77, 0:1

"Xorazm": 39.Artyom Potapov, 6.Abbos Otaxonov, 8.Xazrat Tursunqulov, 9.Jasur Azimov (88.Abror Xo'sinov,46), 10.Murodbek Bobojonov (99.Shahrom Samiev,46) 11.Humoyunmirzo Iminov (22.Asadbek Saitxonov,79), 15.Vladimir Bubanya, 18.Iskandar Shayqulov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov (79.Aziz Axrorov,  90), 77.Sunnatulla Abdullajonov (7.Temur Ismoilov, 62) 94.Rustam Abduhamidov.

Zaxira: 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 3.Ravshan Sultonov, 5.Dilshod Jo'raev, 20.Danila Ejov,  

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Ibrohim Ibragimov, 15.Hojimat Erkinov, 17.Dostonbek Hamdamov (0.Azizbek Turg'unboev,78), 18.Bobir Abdixoliqov ( 94.Brayan Riaskos,69) 21.Bashar Resan (20.Dilshod Abdullaev, 90), 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev, 77.Dilshod Saitov.

Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 1 13.Islom Anvarov, 41.Fazliddin Zuhriddinov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 80.Behruz O'ktamov,

Ogohlantirish: Jasur Azimov ("Xorazm") 6, Umar Adhamzoda ("Paxtakor") 45+1

Chetlatish: Shahrom Samiev ("Xorazm") 89, Zaid Tahsin ("Paxtakor") 84

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

90. O'ZGARISH. "Paxtakor", Resan o'rniga Dilshod Abdullaev, Ixtiyor Toshpo'latov o'rniga Azizjon Ahrorov tushdi.

89. Qiziqarli holat. "Xorazm" hujumchisi Shahrom Samievga qizil kartochka ko'rsatildi. Ikki jamoadan bittadan futbolchi chetlatildi. 

84. CHETLATISH. "Paxtakor" himoyachisi Zaid Tahsin raqibiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun chetlatildi. Hakam VARda vaziyatni ko'radi. Xulosaga shoshilmaymiz. 

79. O'ZGARISH. "Xorazm", Humoyunmirzo Iminov o'rniga Asadbek Saitxonov tushdi.

78. O'ZGARISH. "Paxtakor", Doston Hamdamov o'rniga Azizbek Turg'unboev tushdi. 

77. GOL. Uchrashuvda nihoyat hisob ochildi. Ibrohim Ibragimov "Xorazm" darvozasini ishg'ol qildi. Saitovning uzatmasini qabul qilib olgan Ibragimov aniq zarba bilan raqib darvozasiga yo'l topdi.

71. ZARBA. Iminovning zarbasi xavfli chiqdi. 

69. O'ZGARISH. "Paxtakor", Bobir Abdixoliqov o'rniga Brayan Riaskos tushdi. 

62. O'ZGARISH. "Xorazm", Sunnatilla Abdullajonovning o'rniga Temur Ismailov tushdi.

60. ZARBA. Dostonbek Hamdamovning boshi bilan yo'llagan zarbasi xavfli lekin noaniq.

55. Hakam o'yinni to'xtatdi va davom ettirdi. Kichik texnik muammo. 

47. ZARBA. Xojimat Erkinovning pastki burchakka bergan zarbasi noaniq ketdi.

46. O'ZGARISH. "Xorazm", Jasur Azimov o'rniga Abror Xo'sinov, Murod Bobojonov o'rniga Shahrom Samiev tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45+2. ZARBA. "Xorazm"ning hujumi keskin tus oldi. Nazarov vaziyat qahramoni.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

42. ZARBA. Mezbonlardan javob hujumi. Bobojonov imkoniyatdan foydalana olmadi. 

41. ZARBA. Xojimat Erkinov katta tezlikda kirib borib zarba berdi. Potapov to'pga chiqib kelib xavfni qaytardi. 

38. ZARBA. Murodbek Bobojonov 2 nafar himoyachi qarshiligini engib zarba yo'lladi. "Paxtakor" darvozaboni Vladimir Nazarov to'pni qaytardi. 

32. O'yin davom etadi. Bobir Abdixoliqov o'yindan tashqari holatda edi.

31. "Xorazm" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. 

21. ZARBA. Erkinovning kuchli zarbasini Potapov qo'llari bilan urib yubordi.

18. ZARBA. Iminovning zarbasini Nazarov qaytardi. O'yin yaxshi tempda o'tmoqda. 

13. ZARBA. Yana "Paxtakor"dan xavfli hujum. Bu safar Doston Hamdamov zarba yo'lladi. Noaniq. 

11. ZARBA. Bobir Abdixoliqov o'ziga kelgan uzatmani zarbaga aylantirdi. Xavfli ammo noaniq.

9. ZARBA. Ibrohim Ibragimov jarima maydonchasi ichida zarba yo'lladi. Potapov to'pni qaytardi. Hamdamovdan qulay uzatma kelgan edi.

6. OGOHLANTIRISH. "Xorazm" yarim himoyachisi Jasur Azimov Ibrohim Ibragimovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirildi.

3. ZARBA. "Xorazm" "Paxtakor" darvozasi tomon hujum uyushtirdi. Abdullajonovning zarbasi rekoshet hosil qilib maydon tashqarisiga yo'l oldi. 

- O'yinga start berildi.

- Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика