Kamoliddin Tojiev: "Safarda muhim g'alabaga erishdik"
23 okt 21:00
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Safarda muhim g'alabaga erishdik"
- O'yin haqida fikringiz?
- Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. "Xorazm" - yaxshi, futbol o'ynashni xush ko'radigan jamoa. Har ikkala taymda bir necha bor vaziyatlarga ega bo'ldik, faqat birinchi bo'limda gol ura olmadik. Ikkinchi taymda esa to'p kiritib safarda muhim g'alabaga erishdik. Bor kuchni berib harakat qilishgani uchun yigitlarga rahmat aytaman.
- Bugun jamoaning asosiy hujumchisi Igor Sergeev ko'rinmadi, shuningdek jamoangiz Xorazmga kech etib keldi. Bu raqibni mensimaslik tufaylimi?
- Yo'q, bizda raqibni mensimaslik degan narsa umuman yo'q. Shunchaki Toshkentdan vaqtli keladigan reys topa olmadik. Sergeevga kelsak, bu futbolchimiz operaciyadan so'ng 9 oy davolanishga majbur bo'ldi. Suniy maydonda o'ynash esa unga muammo bo'lishi mumkin edi. Biz tavakkal qilishni xohlamadik va unga dam berdik. Oldinda Kubok finali kutmoqda, Sergeevni finalga asradik desam ham bo'ladi. Lekin siz aytgandek raqibni mensimaslik umuman yo'q. "Xorazm"ni qattiq hurmat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar