So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  16 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  373 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  4 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  8 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  34 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Dinamo" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Qizilqum" o'z maydonida "Dinamo" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Superliga 26-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Superliga

26-tur

"Qizilqum" – "Dinamo" 2:0  

Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 19:00

Gollar: Islom Kenjaboev 2', Jambuli Jigauri (Islom Kenjaboev) 31'

Bosh hakam: Abdurashid Xudoyberganov

Yordamchi hakamlar: Aleksandr Sidorov, Dilshod Jumaniyozov

Zaxira hakami: Anvar Ismoilov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Komissar: Sherzod Rajabov

"Qizilqum": 1.Sanjar Quvvatov, 4.Ilhom Vahobov, 8.Shahzod Rahmatullaev, 9.Islom Kenjaboev (17.Akmal Muzaffarov, 70), 11.Jambuli Jigauri (6.Murodali Usmonov, 87), 16.Asror G'afurov, 22.Shahzod Turopov *18.Farhod Bekmuratov, 78), 23.Samandar Shukurillaev, 70.Shohruz Norxonov (7.Davron Anvarov, 78), 77.Fayzullobek Jumanqo'ziev (79.Diyor Raxmatilloev, 87), 88.Dushan Miyich.

Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 19.Ilhom Kenjaboev, 33.Sulton Rahmatov, 71.Asadbek Baxshilloev.

"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 10.Anvar Hojimirzaev, 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (11.Xislat Xalilov, 70), 37.Firdavs Abdurahmonov (99.Ulug'bek Hoshimov, 46), 55.Dmitriy Pletnyov (88.Marko Stanoevich, 46), 77.Mahmud Mahamadjonov (23.Behruzbek Oblaqulov, 86).

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 8.Sanjar Qodirqulov, 12.Abdulahadjon Hoshimov, 14.Bahodir Nasimov.

Ogohlantirishlar: Dmitriy Pletnyov (1), Islom Kenjaboev (34), Anvar Hojimirzaev (38), Dushan Miyich (43), Jahongir O'rozov (54).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+2. Uuuux! O'rmonjonovning uzatmasidan so'ng Kucherenko bosh bilan zarba berdi, noaniq. 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi. 

89. Uuux! O'rmonjonovning aylanma zarbasidan so'ng to'p darvozadan joy olishiga bir baxya qoldi, to'p yo'l-yo'lakay Miyichga tegib maydondan chiqib ketdi. 

88. Zarbaaa! Xalilovning zarbasidan so'ng himoyachi Vahobov seyv ko'rsatdi! U zarbani bosh bilan bartaraf etdi!  

87. "Qizilqum"da 2 ta o'zgarish: Jumanqo'ziev o'rniga Raxmatilloev, Jigauri o'rniga Usmonov tushdi.  

86. "Dinamo"da almashtirish: Mahamadjonov o'rniga Oblaqulov uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

84. "Qizilqum" himoyasida biroz pala-partishlik kuzatildi, ammo yakunda Quvvatov to'pga ega chiqdi. 

78. "Qizilqum"da 2 ta almashtirish: Turopov o'rniga Bekmuratov, Norxonov o'rniga Anvarov bahsni davom ettiradi. 

75. "Dinamo" to'pga egalik qilgan holda hujum tashkil etish taraddudini ko'rmoqda, ammo mezbonlar himoyachi juda hushyor.

70. "Dinamo"da almashtirish: Abdusalomov o'rniga Xalilov tushirildi.

70. "Qizilqum"da o'zgarish: Kenjaboev o'z o'rnini Muzaffarovga bo'shatib berdi. 

69. Zarbaaa! Hoshimovning bosh bilan yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi. 

67. Zarba! Hojimirzaev bir himoyachini aldab, darvozan poyladi, Quvvatov o'z o'rnida! 

64. Havolatib uzatilgan ketma-ket to'plar navoiylik himoyachilar tomonidan uzoqlashtirilmoqda. 

59. Zarbaaa! Marko Stanoevich to'pni to'xtatmasdan darvoza tomon yo'llashga urindi, ammo xavfli zarbaga aniqlik etishmadi.

56. Zarbaaa! Rahmatullaevning kuchli zarbasini Nemanov qaytarishga erishdi! 

54. O'rozov qanotdan oldinga borgan Rahmatullaevga nisbatan qoidani buzdi va ogohlantirildi. 

49. Zarbaaa! Stanoevichning olisdan yo'llagan zarbasini Quvvatov dastlab qo'lidan chiqarib yubordi, ammo keyin baribir o'ziga bo'ysundirdi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Dinamo"da 3 ta o'zgarish: Abdurahmonov o'rniga Hoshimov, Pletnyov o'rniga Stanoevich, Fraydey o'rniga O'rmonjonov maydonga tushdi.

Birinchi taym nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 2:0. Tanaffus! 

45+2. Zarbaaa! Norxonovning zarbasidan keyin to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Dushan Miyich Abdurahmonovni yiqitib, tezkor qarshi hujumni to'xtatib qo'ydi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

42. Hojimirzaev to'pga intilish chog'ida navoiyliklar posboni Quvvatovni biroz turtib yubordi. Biroq hammasi joyida, bahs davom etadi. 

38. Hojimirzaev Turopovning oyog'iga tepdi va ogohlantirildi. 

37. Zarbaaa! Fraydeyning kuchli zarbasini Quvvatov qaytardi! 

36. Mezbonlar qarshi hujumlarda juda faol harakat qilmoqda.

34. Islom Kenjaboev Mahamadjonovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun sariq kartochka oldi. 

33. Vadim Abramov shogirdlaridan faollikni talab qilib, baqirmoqda. 

31. GOL! Kenjaboev aldamchi harakatlarni amalga oshirib, Jigaurini qulay nuqtaga olib chiqdi. Jambuli darvozabon bilan birga-bir holatda darvozani ishg'ol qildi – 2:0!

29. Hojimirzaev Jumanqo'zievga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

28. Uuuux! Kenjaboev deyarli birga-bir holatga chiqib borib, darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi, biroq Kucherenko so'nggi pallada zarba yo'liga to'g'anoq chiqdi. 

26. Zarbaaa! Norxonovning yaqin masofadan bergan zarbasini Edem Nemanov bartaraf etdi! 

24. Pletnyovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p sheriklaridan o'tib ketib qoldi va maydondan chiqib ketdi. 

20. Zarbalar bo'yicha ko'rsatkich – 2 ga 3, to'pga egalik qilish foizi esa ikki jamoada ham 50% ni ko'rsatmoqda. 

17. Zarbaaa! Jumaboevning kuchli zarbasidan keyin to'p ham himoyachiga tegdi, ham uni darvozabon to'sishga erishdi! 

13. Uchrashuv keskin kurashlar ostida davom etmoqda. "Dinamo" gol o'tkazganidan so'ng omadini faqat oldindan izlamoqda. 

8. Uuuux! Richard Fraydeyning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi o'ta xavfli, ammo noaniq ko'rinish oldi.

7. Kenjaboev Mahamadjonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi, hakam jarim belgiladi. Futbolchilar o'zaro tortishib ham qolishdi. 

2. GOL! Islom Kenjaboev olis masofadan belgilangan jarima zarbasini golga aylantirdi! Supper-pupper gol! To'p darvoza to'qqizligiga "mixlandi"!

1. Dmitriy Pletnyov Shohruz Norxonovga nisbatan qo'pol harakat qildi va darhol ogohlantirildi. 

1. Bahs start oldi! 


 - Uchrashuv 19:00 da boshlanadi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

+6   
24 okt 19:16:00
Адхамжон Низамов
Хакикатан супер ижро ва супер гол.МТЖ аъзолри хам шунка зарбаларни купрок бериш керак.Бири ухшамаса, кейингиси ухшаб колар.
+5   
24 okt 19:39:56
Shodi Odilov
Нефтчида осон рақиблар қолди дейишетганмиди?☝️
+3   
24 okt 20:35:24
Shodi Odilov
Yodgor foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчи динамо эмасда биродар
Биламан,динамо анча кучли нефтчидан
+3   
24 okt 20:14:46
Yodgor
Shodi Odilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчида осон рақиблар қолди дейишетганмиди?☝️
Нефтчи динамо эмасда биродар
+3   
24 okt 19:37:39
Мирик с Бухары
Ўзи шу Ислом Кенжабоевнинг ўйинлари бошқача. МТЖда синаб кўриш керак шу болани!!!
+3   
24 okt 19:34:25
Otabek Ravshanovich
Qizilqum sehrli damlama içib çiqqanmi???
+2   
24 okt 22:33:40
uzb
Нимага Кенжабоев Қизилқумда зур уйнайди аммо Насафда уйини ухшамайди? Насафда Рузи футболчичиларга эркинлик бермайди,фақат бир бирига туп ғилдиратиб юриши талаб қилади,шуни учун бази бир футболчиларни Насафда уйини ухшамайди,бази бир футболчилар эркин уйнаса уйинни ёриб ташлашади,уларни релисга солиб уйнатиб булмайди,Рузига ухшаган далбан мурабийлар бундай нарсаларни туґри тушиниши керак,масалан Шохмалик Комилов хам эркин уйнаса жамоага катта нафи тегарди,аммо Рузи ундайларни релисга солиб уйнатишни талаб қиларди,вот шуни учунам уни жамоадан хайдаб юборганди
+2   
24 okt 21:59:04
salom salom
Rasul Xasanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Тугри 8 9 фарки юк лекин охирги уйинларда факат маглубиятга учраетган єди уйинда анча Динамо кучли єди яна нимагадир ухшаса ухшамаса узокдан тепди Динамо Абрамов єски бури
Shef Dinamo 2-taymni bermadiku umuman Qizilqumga.
O'yin top-toza 100 %
+2   
24 okt 21:46:11
Real.M & Chelsi
Shodi Odilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Биламан,динамо анча кучли нефтчидан
Neftchi Dinamo ni uyda va safarda ham yutdiku,Neftchi qolgan o'yinlarda 1ta to'p farqi bilan bo'lsa ham yutib natija uchun o'ynayapti,menimcha Farg'onaliklar bu yil chempion bo'lishadi,Nasaf da qiyin raqiblar va 2 ochkolik farqdan foydalana olmasa kerak,oxirida dam qo'yvoradi,Neftchi U21 da jiyanim o'ynaydi,aytishicha Hokim buva chempionlik yo'lidagi har bir yutuq va chempionlikka kotta mukofot pullari vada qilingan,menimcha 1.Neftchi 2.Nasaf 3.Paxtakor bo'lsa kerak,Elit Liga da Neftchi,OChL da Paxtakor o'ynaydi.Eslab qoling...
+2   
24 okt 21:44:40
Real.M & Chelsi
Shodi Odilov foydalanuvchining fikriga javob berish
Биламан,динамо анча кучли нефтчидан
Neftchi Dinamo ni uyda va safarda ham yutdiku,Neftchi qolgan o'yinlarda 1ta to'p farqi bilan bo'lsa ham yutib natija uchun o'ynayapti,menimcha Farg'onaliklar bu yil chempion bo'lishadi,Nasaf da qiyin raqiblar va 2 ochkolik farqdan foydalana olmasa kerak,oxirida dam qo'yvoradi,Neftchi U21 da jiyanim o'ynaydi,aytishicha Hokim buva chempionlik yo'lidagi har bir yutuq va chempionlikka kotta mukofot pullari vada qilingan,menimcha 1.Neftchi 2.Nasaf 3.Paxtakor bo'lsa kerak,Elit Liga da Neftchi,OChL da Paxtakor o'ynaydi.Eslab qoling...
+2   
24 okt 21:14:04
Александр Гейнрих
Кизилкум упай десам пешонанг йук
Динамони йиглашига алам йук
+2   
24 okt 21:13:54
Александр Гейнрих
Кизилкум упай десам пешонанг йук
Динамони йиглашига алам йук
+2   
24 okt 21:13:52
Александр Гейнрих
Кизилкум упай десам пешонанг йук
Динамони йиглашига алам йук
+2   
24 okt 21:00:26
Isroiljon Qosimov
Суперлигада йил ГОЛИ бўлди манимча...
+2   
24 okt 20:57:03
Жахонгир-9
Манимча Санжар Куп холда куткарди Кизилкумни.Тур дарвозабони булишга якин.Ислом хам тур голи урди.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика