Dembele: "Mbappe "Oltin to'p"ga loyiq"
25 okt 2025 18:52
Yangiliklar
Dembele: "Mbappe "Oltin to'p"ga loyiq"
PSJ hujumchisi Usmon Dembele "Real" forvardi Kilian Mbappening o'yini haqida fikr bildirdi.
"U faoliyati nuqtai nazaridan "Oltin to'p"ga loyiq. U mavsumni juda yaxshi boshladi, shunchaki gol urishda davom etmoqda. Bu mening do'stim. Umid qilamanki, Mbappe shu ruhda davom etadi va bir kun kelib ushbu sharafli sovrinni qo'lga kiritadi", - dedi futbolchi.
26 yoshli Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.
28 yoshli Dembele "Oltin to'p"ning amaldagi sohibi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar