"Inter" yarim himoyachisi jarohat oldi
20 iyu 2020 12:14
Yangiliklar


"Inter" yarim himoyachisi jarohat oldi
"Inter" yarim himoyachisi Stefano Sensi jamoa lazaretiga tushdi.
24 yoshli xavbek mashg'ulotlarda sonidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etish kerakki, Sensi kamida "Inter"ning yaqin ikki o'yinini, yani "Sampdoriya" va "Sassuolo" jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Sensi joriy mavsum "Inter" libosida A Seriya doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar