"Inter" xavbeki uchun 5 klub davogarlik qilmoqda
06 noy 2020 13:14
Yangiliklar


"Inter" xavbeki uchun 5 klub davogarlik qilmoqda
"Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella uchun 5ta klub davogarlik qilmoqda.
Futbolchiga "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Liverpul", "Atletiko" va "Barselona" qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi 23 yoshli xavbekni o'tgan yozda xarid qilishgan uringan edi, ammo yakunda transfer amalga oshmagan edi.
"Inter" Barellani qo'yib yubormoqchi emas. Milanliklar futbolchi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashmoqchi. Xavbek hozir Milanda yiliga 2,5 million evro maosh oladi. Klub yangi shartnomaga ko'ra, italiyalikning maoshini 4 million evroga qadar ko'taradi.
Barella joriy mavsum barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 4ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar