"Inter" Perishichning narxini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2018, 14:30
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich tez orada klubni tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, nerazzurilar rahbariyati Italiya chempionatida "Yuventus" bilan munosib kurashish uchun tarkibni yangilamoqchi va bunday o'zgarish qurbonlaridan biri 29 yoshli xavbek bo'lishi mumkin. "Inter" bosslarining fikricha, xorvatiyalik joriy mavsum yuqori darajada o'yin ko'rsatmayapti. Klubdagilar uning o'rniga yosh futbolchi olib kelmoqchi. Nerazzurilar Perishichni 35 mln evroga baholadi.

"Inter" Ivan Perishich o'rniga "Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsyalni olib kelisha haqida o'ylamoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com