"Inter" "Lacio" bilan Korrea transferi borasida kelishuvga erishdi
09 avg 2021 01:27
Yangiliklar
"Inter" "Lacio" bilan Korrea transferi borasida kelishuvga erishdi
Milanning "Inter" klubi "Lacio" bilan hujumchi Xoakin Korreaning transfer shartlari borasida kelishib oldi.
Manbaning takidlashicha, argentinalik o'yinchining "Lacio" bilan shartnomasida tovon puli 70 million evro ko'rsatilgan, biroq klublar 30 million evro evaziga Korrea transferini kelishib olishgan.
Futbolchining o'zi "Inter"ga o'tishni xohlaydi, chunki Milan klubini forvardning sobiq ustozi Simone Inzagi boshqarmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xoakin Korrea 2018 yildan buyon "Lacio" tarkibida to'p suradi. Futbolchi klub safida 92 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urgan. Uning rimliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozigacha amal qiladi.
Fikrlar