"Inter" "Chelsi" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
19 sen 2019, 17:30
Jiru yanvarda A Seriyaga yo'l olishi mumkin.

"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru Milanning "Inter" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Xabar berilishicha, "neradzurrilar" fransiyalik futbolchi bilan qishda shartnoma imzolashga urinib ko'rishadi.

Eslatib o'tamiz, 32 yoshli hujumchi kelasi yozda MLS klublaridan biriga o'tish ehtimoli ham yo'q emas.

Jiru joriy mavsum APL doirasida 3ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun