So’nggi yangiliklar

19:05Суперлига. "Металлург" - "Нефтчи" 0:0 (матнли трансляция)  5 18:59Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор": Асосий таркиблар маълум   0 18:43ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:31Қизиқ факт. "Бунёдкор" Ўзбекистон кубоги доирасида 2009 йилдан буён "Пахтакор"га мағлуб бўлмаяпти   0 18:05Майкл Оуэн: "Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"га муносиб мураббий эмас. Клуб у билан тўртликка киришдан умид қилмасин"  5 17:09"Арсенал" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олади  0 16:36"Рома" Пауло Дибала "Ал Қодисия"га кетишига тайёр   1 16:00БУМ! АПЛда келишилган ўйин?  5 15:41"Олимпик"да бош мураббий ўзгарди  6 15:22"Барселона" форварди "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 15:00Opta суперкомпютери Бундеслига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  3 14:30"Манчестер Сити" мухлислари учун нохуш хабар — "шаҳарликлар" ярим ҳимоячиси оёғини синдириб олди  2 14:05Расман: Рональдиньо Жуниор фаолиятини Англияда давом эттиради  3 13:37"Ювентус" "Милан" ҳимоячисини ижарага олиш бўйича таклиф юборди. Футболчининг ўзи бу трансферга рози  2 13:13"Бунёдкор" майдонига нима бўлди? Стадион директори батафсил маълумот берди  16

Incheondan yozamiz. 16-kun kundaligi. Ota ruhini shod etish yo'lidagi iroda yoxud boksdagi “qotillik” -2 Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 16-kun kundaligi. Ota ruhini shod etish yo'lidagi iroda yoxud boksdagi “qotillik” -2

Biz kelishilgan o'yinlar faqat futbolda deb yurar ekanmiz. Kurash, dzyudo, boks kabi sport turlariga qaraganda, futbol “oppoq” ekan.

Osiyo o'yinlaridagi eng halol sport turlari bu menimcha taekvando va tennis bo'lsa kerak. Tennisda chiziqqa tushgan to'pda xatolik bo'lmasa, qolgani sportchining o'ziga bog'liq. Taekvando esa allaqachon video takror ko'rish tizimni joriy qilgan ekan. Agar sportchining harakatiga ochko berilmasa, ular murabbiyiga murojaat qilishadi, murabbiy esa bosh hakamga. SHundan keyin jang to'xtatiladi va hakamlar videoyozuvni sinchiklab ko'rib, yo ochko berishadi, yo berilgan ochkoni bekor qilishadi. Taekvandochilarimizning aytishicha, London olimpiadasida taekvando eng halol sport o'yini deb tan olingan ekan. 




  • Abbosxon Latipov tekvandochilarimizni olqishlayapti


Bir kun avval Tekvandoda ishim yurishgani uchun yana borishga qaror qildim. Tanlash imkoniyati katta edi, 10 kurashda Leonid Andreev dastlabki 5ta musobaqaga ko'ra birinchi o'rinda ketayotgan edi. Oltin olish ehtimoli katta edi. Ammo engil atletikada ishlash juda qiyin ekan. Stadion katta emasmi, bir qarasang u erda, bir qarasang bu erda chiqish bo'lyapti. 20 kg. yuk bilan yugurib yurish oson emas. SHuning uchun bunday musobaqalarda bir necha nafar fotomuxbir ishlasa ajoyib bo'lardi.  Yana badiiy gimnastika va yunon-rum kurashida medal kutilayotgan edi. Anvar akam atletikaga boradigan bo'ldilar. Gimnastikadan suratlar kelishi kerak edi. Bu erda tanish-bilish kuchli, biz bormagan sport turiga, biron bir davlatdagi tanishimiz borsa, tashlab beradi. O'z navbatida biz ham. 

Taekvandoni yarim finaliga etib bordim. U erda Maksim Rafalovich va Dmitriy SHokin doyanga (gilam) tushishga tayyor turgan edilar. SHokin quraga ko'ra to'g'ridan-to'g'ri yarim finalga chiqqan edi. Rafalovichlarning kattasi esa, Dela Kruzni mag'lubiyatga uchratib ½ finalga yo'l olgandi. -80 kg. vaznda unga xitoylik Ciao Sen raqiblik qildi. Juda qiyin kechgan jangda Maks 6:5 hisobda g'alaba qozondi. SHokin esa tojikistonlik raqibi Alisher Gulovni muddatidan avval, 12:0  hisobida g'alaba qozondi.




  • Fursatdan foydalanib suratga tushib oldim. Aslida kunni ustozlarni tabriklash bilan boshlagan edim. Yana bir bor, ustozlarimizni chin dildan tabriklayman!


Finalda SHokindan umidimiz katta edi. Boisi uning texnikasi boshqalarga nisbatan ancha kuchli ekan. Afsuski, finalda undan omad yuz o'girdi. Janubiy Koreya Jo CHol Xo bilan bo'lib o'tgan jangda 6:7 hisobda imkoniyatni boy berdi. Hisob 6:2 koreyalik taekvandochining foydasiga hal bo'lib turgan bir paytda, 3-raund tugashiga 15 soniya qolayotgan edi. SHokin vabankka ketib, ikki marta aniq sakrab turib aylanma zarba berdi. Buning uchun u 4 ochko ishlab hisobni tenglashtirdi. Ammo jang tugashiga 1 soniya qolganida qornidan zarba o'tkazib yubordi, alamli mag'lubiyat. Sal avval Maksim Rafalovich ham eronlik hamkasbiga imkoniyatni boy bergan edi. 

Taekvando musobaqada o'z oldiga qo'ygan vazifasini boshqa sport turlariga qaraganda ortig'i bilan ado etdi. Ular, umumiy bizga bitta oltin, kumush va bronza medallarni taqdim qilishni rejalashtirayotgan edilar. Natija esa 1ta oltin, 3ta kumush. Hali oldinda yana 4ta taekvandochimiz bor. 

Bahslar yakuniga etgach ikkita quvonchli xabar oldik, go'zal qizlarimiz badiiy gimnastikadan, Rustam Assakalov esa yunon-rum kurashidan hisobimizdagi oltinlar sonini 8taga etkazdilar. Matbuot anjumani cho'zilib ketgani uchun sport shaharchasiga ketish avtobusiga kech qolgandik, keyingisi 1.5 soat ichida kelishi kerak edi. Fursatdan foydalanib taekvandochilarimiz bilan suhbatlashib o'tirdik. Juda yaxshi bolalar, o'zi taekvando va karateda kishi nafaqat sportchi sifatida, komil inson sifatida ham yuksaklanar ekan. Buni amalda ko'rdim. Bosh kotib Abbosxon Latipov sportchilarni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi, ularga katta ishonch bag'ishlashini ko'rdim. 

Qaytishda Leonid Andreevning natijasini intizorlik bilan kutayotgandik. Afsuski, engil atletikachimiz 8 nafar ishtirokchi ichida, so'nggi, 10 musobaqada sakkizinchi bo'lib keldi. Ha, afsuski! Aslida u oltin medalga haqli edi, tunda sport shaharchasida uni ko'rib, shu gaplarni aytdik. Kuchli bo'lsa, nega so'nggi bo'ldi deyapsizmi? Endi eshiting!




  • Leonid arang o'zida kuch topgan holda yuguryapti 


Bir kun avval u 5ta shartni alo darajada bajardi. Afsuski, kechasi tobi qochib qoldi, ertalab o'zini juda ham lohas sezdi, ammo musobaqada ishtirok etish uchun o'zida kuch topdi. Bundan uch oy avval esa o'zining eng yaqin kishisi, hayot va sportdagi ustozi, otasi Viktor Andreevni so'nggi yo'lga kuzatgan edi. O'zbekiston engil atletika terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan Viktor Andreev Osiyo o'yinlarini ko'ra olmadi. Aynan otasi hurmati, u o'zini qo'lga oldi va keyingi mashqlarga kirishdi. 9ta mashqni birichni o'rinda yakuniga etkazgan Lyonya, so'nggi, 1500 m masofaga chopa olmasligi deyarli aniq bo'lib qolgan edi. Ertalab osma ukol olgan atlet, agar chopmasa, oltin tugul, bronzadan ham quruq qolishini yaxshi bilar edi. O'zi uchun emas, otasi uchun iroda topa oldi, qolaversa, bu erda Vatan bayrog'ini hilpiratish uning asosiy maqsadi edi. Kutilganidek, u marrani eng oxirgi bo'lib bosib o'tdi. SHunday bo'lsa-da, 416 ochko ishlab oldi. Afsuski, yaponiyalik Keusiki Ushiro birinchi bo'lib start chizig'ini bosib o'tib, umumiy hisobda bor yo'g'i 209 ochkoga o'tib ketdi.




  • U qahramonlik qildi, marrani so'nggi bo'lib bo'lsada bosib o'tdi. Otangga rahmat! 


Marrani bosib o'tishi bilan erga yiqilgan Andreevni, ikki kun davomida u bilan birga bo'lgan sportchilar ko'tarib olishdi va tez yordam uni kasalxonaga olib ketdi. Mana shunday sportchilarni biz elkamizda ko'tarib yursak arziydi, ikkita gol urib yulduzlik kasaliga uchragan futbolchilarni emas. Kechga yaqin Andreevni sport shaharchasida uchratdim. Ko'ngli cho'kkani shundoqqina ko'rinib turar edi. Bizdan uzr so'radi, “oltin bo'lmadi”. Oriyatni qarang, o'zi kasal bo'lsa-yu, oltin olmagani uchun boshi erga qaragan. Biz unga o'zini qo'lga olishi kerakligi, nasib qilsa Rio Olimpiadasida bizga quvonch ulashishini aytib kayfiyatini ko'targan bo'ldik.




  • Bu suratda katta mano bor. U medalini otasiga bag'ishlayapti, ustozlar kunida, otasiga kumush medalni taqdim etdi, ammo...


Sport shaharchasida o'tirsak, xind boksyorining chiqishi haqida aytib berishdi. Keyin tezda uni yutubdan topdim, siz ham ko'ring deb TAS-IXga o'tkazdim. Qoyil-e, sher bo'lib ketdimi, anavi qizni ko'rsatuvi bor edi-ku, tilimni uchida turibdi, ha mayli.

Xullas 57-60 kg vazn toifasida ringga chiqqan hindistonlik Devi Laishram Sarita juda katta farq bilan Park Jina (J.Koreya)ni mag'lubiyatga uchratgan edi. Albatta jangda. Ammo hakamlar, g'alabani ring egasiga berdi. Hindistonlik bokschining ko'zidagi yosh bilan nil daryosini to'ldirsangiz bo'ladi. Ertasi kuni, yani 1 oktyabrda taqdirlash marosimida shohsupaga chiqqan bokschining ko'z yoshlari tinmay oqardi. Medal taqish marosimida Devi Sarita bronza medalni taqqani ham yo'q, eng qizig'i keyin bo'ldi. Sarita g'irrom yo'l bilan finalga chiqqan va xitoylik raqibasiga mag'lubiyatga uchragan Park Jinaning oldiga bordi-da, bronza medalini unga taqib qo'ydi, va bu ham senga deya ringni tark etdi. Bu bilan u boksdagi hakamlarning ustidan ochiqchasiga kuldi. 




Mana shunday harakat bilan u ringni tark etdi. CHempionlikni qo'lga kiritgan xitoylik bokschi esa huddiki uni qo'llayapti.



Menimcha, bu kundalik sizga avvalgilaridan ko'ra ko'proq yoqqan bo'lsa kerak, ha Leonidni irodasi, juda ko'pchilikni ko'ziga yosh olishiga sabab bo'lsa ajab emas. 

Nodirxo'ja Yuldashev.

1 oktyabr. Janubiy Koreya, Incheon

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика