So’nggi yangiliklar

01:53ЖЧ-2026 саралаши. Италия, Норвегия, Хорватия ва Бельгияда ғалаба  0 01:20Абдуқодир Ҳусановнинг Англиядаги мураббийи Манчестер университетининг фахрий докторлик унвонига сазовор бўлди  2 00:37"Манчестер Юнайтед" Виктор Дьокерешни сотиб олиш устида фаол ишламоқда  6 23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  1 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  10 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  30 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  13 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  10 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  1 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  19 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  15 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  43 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1

Incheondan yozamiz. 12-kun kundaligi. Futbolsiz o'tgan birinchi kunim Yangiliklar

Incheondan yozamiz. 12-kun kundaligi. Futbolsiz o'tgan birinchi kunim

Ha, afsuslar bo'lsinki, musobaqaning eng totli damlari men uchun ortda qoldi. Bu erda medallarimiz yo'q hisobi.

Avvalgi Osiyo o'yinlarida 11ta oltin, 22ta kumush va 23ta bronza medallari bilan 8-o'rinni egallaganmiz. Bu yilgi maqsadimiz 60ta medal qo'lga kiritish edi. Afsuski umid qilgan sportchilarimizdan aksariyatiga ozgina etmay qoldi.

Mashg'ulot/o'yin rejimiga ko'nikib qolgan ekanman, kecha ishni nimadan boshlashni bilmay qoldim. Endi bu erda ishlash biroz og'irroq bo'ladi. Kun o'tsa bo'ldi qabilada. Endi faqat yarim finalga etib borgan sportchilarimiz bilan ishlayapman. Borganga yarasha medalli rasm bo'lsin degan manoda. Sport o'yinlarining sakkizinchi kuniga kelib erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov oltin medalni qo'lga kiritdi. Yakka kurashlarda hozircha faqatgina Dilshod CHoriev finalga chiqqan edi. 

Kecha kayfiyat yo'q edi. SHuning uchun finalga borishga shoshilmagan edim. Bir amallab yo'lga chiqdim, shahar tirband. Har qayoqda musobaqa bo'layotganligi uchun mashinalar juda zich harakat qilyapti. Final boshlandi-ki, biz hali arenada emasmiz. Bir amallab etib bordik, qo'ng'iroq qilishdi, “3 daqiqa qoldi, Bekzod g'alaba qozonyapti”. Qo'lni oyoqqa olib yugurdim. Meni Koreyada kutib olgan Jahongir aka chipta ololmay garang bo'lib o'tirgan edi. 7768 kishini o'z bag'riga sig'dira oladigan arenaga kirish uchun chipta qolmagan edi. Mahalliy pul bo'yicha 10 000 VON (30 00 so'm ) turadigan chiptalarni, 50 000 VONga (150 000) ham topa olmaysiz. Jahongir akaga MOQ matbuot kotibi SHavkat aka bir marta kirish huquqini beruvchi hujjatlarini berib olib kirib ketdilar. Bularning bari soniyalar ichida bo'lyapti. Sababi biz ilk oltin uchun chopayotgan edik. Mashinani o'zidayoq fotoapparatimni “zaryad”lab olganligim uchun, shtativini taqmayoq sharaqlatib suratga olishga tushib ketdim. Qaerdan kirganim-u, qaerda turganim o'zimga bir tiyinlik qiziq emas edi, muhimi tarixiy kadrlarni boy bermaslik. Oradan 1.5 – daqiqa o'tmay bahs yakuniga etdi, Bekzod 8-2 hisobda g'alaba qozonib, delegaciyamizga dastlabki oltin medallarni taqdim etdi.  Kurashga Mirabror Usmonov ham kelgan edi. Suratga tushirish maqsadida ularni VIP qatordan qidirdim, bir payt qarasam, MOQ prezidenti, shundoqqina men rasmga olayotgan nuqtaning pasida turgan ekan. Oradagi masofa 1 metr bormi yoki yo'q. 




Bekzod xursand. Qarama-qarshi sektorda unga bir ayol salomini yo'llayotgan edi, Bekzod ham ularning oldiga bordi. Keyin bilsam, ular sportchimizning xolasi ekan. O'zimga kelib olganimdan so'ng foto poziciyamni o'zgartirdim. Sababi, oltin taqish marosimini olish uchun yaxshiroq joy kerak edi. 

Osiyo o'yinlariga kelib o'zim uchun bir nechta sport turlarini kashf etdim. Faqat futbolni ketidan yuravergan ekanman. Aslida berilib tomosha qilsangiz, gandbol, kurash, dzyudo va boks kishini o'ziga torta bilar ekan. 




Qirg'izistondan kelgan hamkasblarimiz


Taqdirlash marosimi yakuniga etgach, ilk marotaba bayrog'imiz eng baland nuqtada hilpiradi. Bekzodni mana shu suratini olar ekanman, 1994 yildagi SHuhrat Maqsudov ko'z oldimda namoyon bo'ldi. Axir u ham 20 yil o'tib, bu safar rangli sifatda tarixga muhrlanmoqchi edi. Bari-bir mavzuni futbolga tortib yubordim, bu erda oltin olgan kim-u, men mavzuni qay tomon boshlayapman. 




Bekzod oila azolari bilan


Ertaga kundaligim sal qiziqroq bo'ladi, biroz tanqidi ham bor. Qaytish uchun chiptalar 3 oktyabrga olinganligi bois, futbol delegaciyamizga ularni almashtirish qiyin bo'lyapti. Boisi chipta yo'q. bizdan tashqari yana ko'pchilik ortga qaytish bilan band. Faqatgina Toshkentda “Paxtakor” o'z futbolchilari uchun qayg'urayotgandek. Bu haqda ertaga...


28 sentyabr. Janubiy Koreya, Incheon

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика