Ilhom Yunusov: “2015 yil men uchun umumiy aytganda yomon o'tmadi”

Narzulla Saydullayev
30 dek 2015, 17:00
Tajribali futbolchi joriy mavsumni avvaliga “Nasaf”da boshlab, keyinchalik “Dinamo”da yakunladi.

Yaqinda Yunusov bilan suhbatlashib, ortda qolayotgan yil haqida so'radik.

- Avvalo eshik qoqib kelayotgan yangi yil bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklayman. Ilohim 2016 yilda ham yurtimiz tinch bo'lib, xalqimiz uchun omadli kechsin. Dasturxonimiz doimo to'kin-sochin bo'lsin.

- 2015 yil men uchun umumiy aytganda ijobiy o'tdi deyish mumkin. Faqat “Dinamo”ni birinchi ligaga tushib ketgani ko'ngilni xira qildi.


- Yangi yil bayrami bu – oilaviy bayram. Shu bois har yili uyda bo'laman. Yuqori kayfiyatda kutib olishga urinaman. Nasib qilsa 2016 yilni ham turmush o'rtog'im va farzandlarim bilan birgalikda kutamiz.

- Joriy yilda men uchun yangilik bu – yana tug'ilib o'sgan shahrmi Samarqand klubiga qaytganim bo'ldi. Qolaversa “Nasaf”ning O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritganini ham aytish lozim.


Islombek Rustambekov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia