So’nggi yangiliklar

23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  4 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  8 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  1 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1

Ilhom Mo'minjonov: "SHartnoma tuzgan futbolchilar bilan faxrlanaman" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "SHartnoma tuzgan futbolchilar bilan faxrlanaman"

Yoxud “Navbahor” bosh murabbiyi bilan mavsum oldidan musohaba

“Navbahor” klubi qishki tayyorgarlik yig'inlari doirasida bir qator etiborga molik selekciya ishlarini ham olib bordi. Bir qancha saviyali o'yinchilar jalb etildi, tarkib kuchaytirildi. Namanganlik muxlislarga ham bunday o'zgarishlar yoqayotgani sir emas. Demak, selekciyadagi faollikdan shuni bilish mumkinki, jamoa yangi mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurash olib boradi. Har xolda “Navbahor”ga kelgan o'yinchilar bizni shunday fikr yuritishimizga undashmoqda. Ushbu masalaga bosh murabbiy shunday javob qaytardi:

* Birinchi navbatda viloyat hokimi Xayrullo Xayitboevich Bozorovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bizga shunchalik sharoitlar yaratib berayotganidan xursandman. Negaki, men xohlagan va istagan futbolchilarni jamoaga olib kelish uchun barcha yordamlarni berdi. Albatta, yangi mavsumda 2016 yilgi chempionatga qaraganda mazmunliroq o'yinlar ko'rsatib, yuqori o'rinlar uchun kurashamiz. Bu yil safimizga qo'shilib, “Navbahor” bilan shartnoma imzolagan futbolchilar bilan faxrlanaman va mening ularga bo'lgan ishonchim juda baland, - dedi Ilhom Mo'minjonov.


Yangi futbol mavsumi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Barcha jamoalar esa o'z rejalari asosida tayyorgarlik ko'rishdi va ayni paytda aksariyati yakunlovchi yig'inni o'tkazishyapti. “Navbahor” ham Toshkentdagi mashg'ulotlarini yakunladi. Ilhom Mo'minjonov esa qishki tayyorgarlikdan qanchalik qoniqish hosil qilgani haqida gapirdi.

* Qishki yig'inimiz haqida gapiradigan bo'lsam, biz ikki oy mobaynida “O'zbekiston” mehmonxonasida yashadik. SHu ikki oy ichida 11 ta o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Bemalol aytishim mumkinki, tashkil etgan yig'inlarimizdan ko'nglim ancha xotirjam bo'ldi. O'ylaymanki, futbolchilarimizning chempionatga ko'rgan tayyorgarligi puxta bo'ldi. Qisqa qilib aytganda, mening ko'nglim to'ldi.

Namanganlik muxlislar nihoyatda talabchan, buni barcha yaxshi biladi. SHuning uchun bosh murabbiyning zimmasida turgan masuliyat ham shunga yarasha katta. Lekin doim murabbiy o'ylagan ishlar amalga oshavermaydi. Uzoqqa bormaylik, o'tgan yili qishda “Navbahor”da ham selekciya borasida bir muncha faollik kuzatilgandi. Biroq chempionat boshlanganidan ko'p o'tmasdan jamoa inqirozga yuz tuta boshladi. SHunga o'xshash holat bu yil ham kuzatilyapti. Yani, selekciya yaxshi olib borildi. Biroq buning samarasi qanchalik ekanligi chempionatda ko'rinadi. Mo'minjonovdan bu narsa sizni havotirga solmayaptimi, degan savolimizga quyidagicha javob oldik.



* “Navbahor” klubiga faqat yaxshi niyatlar bilan kelganman. O'zingiz ham bilasiz, Namanganga o'tgan yili mavsum tugashiga ikki tur qolganida kelgandim. O'sha paytda ko'pchilik mutaxassislar va ustozlarim mening bu qarorimdan hayron bo'lib, qaerga ketyapsan, Namanganda ishlash juda og'ir deb gapirishgandi. Bu yil o'zimiz istagan o'yinchilarni taklif etdik, men ularga juda ishonaman. SHu o'tgan ikki oy ichida o'z taktikamizga ega bo'ldik. Umid qilamanki, o'tgan yilgiga qaraganda, yangi mavsumda yaxshiroq o'yinlar ko'rsatib, natijalarimiz ham shunga yarasha bo'ladi. Niyatim juda katta. “Navbahor”da uzoq yillar davomida ishlagani kelganman.

Biz klubning selekciya ishlariga bejizga to'xtalayotganimiz yo'q. Ko'plab klublar o'z tarkiblarida ko'rishni istagan futbolchilar “Navbahor”ga o'tib ketishdi. Bunda albatta Ilhom Mo'minjonovning hissasi katta. Vaziyatdan foydalangan holda undan qaysi o'yinchini olib kelish boshqalarga qaraganda murakkabroq kechdi deb so'raganimizda Mansur Saidovni aytdi.


* Men uchun Mansur Saidovning jamoamizga jalb etilishi ancha og'ir jarayon bo'ldi. CHunki u “Qizilqum” jamoasi bilan muzokara olib borayotgan ekan. Lekin shunga qaramay, baribir Saidovni o'z safimizga jalb qilishga erishdik. To'g'ri, qolgan futbolchilarni taklif etish ham oson bo'ldi deya olmayman. Biroq ularga qaraganda, Mansurni taklif etish hamda safimizga qo'shilishi qiyinroq kechdi. Futbolchining yangi mavsumda “Navbahor”ga katta yordami tegadi.


Mansur Saidovdan tashqari Nemanya Yovanovich masalasiga ham alohida to'xtalishni lozim topdik. Serbiyalik ushbu hujumchi 2016 yilning ikkinchi davrasida “Qizilqum” tarkibiga kelib to'purarlik mahoratini ko'rsata oldi. Yangi mavsum arafasida esa navoiyliklar rahbariyatiga hujumchining qo'ygan talablari ko'plik qildi va buni bajara olmasliklarini aytib Yovanovichdan voz kechishga qaror qilgandilar. SHundan so'ng Nemanya “Navbahor”da paydo bo'ldi. Demak, namanganliklar futbolchining talabini qondira oldilar. Bundan shu narsa ayon bo'lyaptiki, klubda moliyaviy tomondan ishlar yaxshi.

* Ha, moliyaviy masalalar yaxshi-ku, ammo hamma joyda ham pul rol o'ynamaydi, - deya fikr bildirdi, Mo'minjonov. – Bilasizmi, jamoamizdagi hozirgi futbolchilar bilan dekabr oyidayoq muzokara o'tkazib bo'lganman. Boya aytganimdek, birgina Mansur Saidov masalasida biroz kelishmovchiliklar bo'lib qoldi. Vaholanki, u bilan ham dekabrda gaplashganman. Baribir yanvar oyi oxirlarida yana safimizga qo'shildi. Yovanovichni u qadar katta mablag' evaziga olganimiz yo'q. “Qizilqum” to'laydigan pulning yarmiga kelishdik. Biz uning o'zi bilan o'zaro kelishgan holda shartnoma imzoladik.

Yana bir etiborga molik yangiliklardan biri shundaki, Anvar Soliev “Navbahor”ga qaytdi. Katta futbolga ushbu klub orqali kirib kelgan sobiq futbolchi ulkan yutuqlarga erishdi. Endi esa murabbiy sifatida “Navbahor”da ish boshlashga qaror qildi. Mo'minjonov esa uning zimmasidagi ishlar nimalardan iborat ekanligi haqida ham to'xtalib o'tdi.


- Soliev “Navbahor”da sport direktori bo'lib ishlayapti. Uni klubga shaxsan o'zim taklif qildim. Anvarning mahorati qanchalik ekanligini juda yaxshi bilaman. SHuningdek, futbolga qanday ko'z bilan qarashini yaxshi bilganim uchun ham taklif etdim. U albatta menga yordam beradi. SHu bilan birga “Navbahor”ning istiqbolli rejalarining amalga oshishida o'z hissasini qo'shadi.

Natija uchun javobgar shubhasiz Ilhom Mo'minjonov. Lekin ko'p narsa uning atrofida yig'ilgan yordamchilariga ham bog'liq sanaladi. SHuning uchun murabbiylar shtabi xususida ham o'z qarashlarini bildirdi.

* Murabbiylar shtabi xususida to'xtaladigan bo'lsam, Vladimir Andreev, SHerzod SHaripov va Jamshid Umarov menga yaqindan yordam berishyapti. O'tgan yilgi murabbiylar shtabidan birgina Durbek Umaralievni olib qolganman. U bizda beshinchi murabbiy bo'lib qoldi. Biz mana shu shtab bilan birgalikda ishlaymiz va plyus Anvar Soliev!



Bosh murabbiy tarkibni shakllantirish davrida mahalliy o'yinchilarni ham taklif etishni unutgani yo'q. Bunga misol qilib, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G'ofurov, Abdulaziz Sultonov kabilarni aytish mumkin. Ammo shu bilan birga yana boshqa mahalliy o'yinchilar jamoani tark etishdi. Bu holatga bosh murabbiyning munosabati qanday bo'lganiga qiziqdik.

* Dekabr oyida amalga oshirgan katta ishlarim – bular Jahongir Mehmonov, Mirzohid G'ofurov va G'iyos Komilov bo'ldi. Bu futbolchilar bilan o'sha paytda muzokara olib bordik va 80 foizga ishlarni hal qilib qo'ygandik. Namanganlik ushbu o'yinchilarni qaytarganimizdan juda xursand bo'ldim. Ularning “Navbahor”ga katta yordamlari tegishiga ishonchim komil. SHuningdek, o'tgan yilgi tarkibdan uchtasini – Dilshod Jabborov, Tohir SHamsitdinov va Azam Alievni olib qoldim.

Mavzuga doir musohabani davom ettirgan holda Alisher Mahmudov masalasiga alohida to'xtalishni lozim topdik. U ham namanganlik va jamoaga katta hissasi tekkan. Ammo u qishki yig'inlar paytida kutilmaganda “Navbahor”ni tark etib, “So'g'diyona”ga qo'shildi. O'shanda futbolchi o'ziga bosh murabbiyning ishonchi yo'qligi sababli ketganini malum qilgandi. Mo'minjonov esa nihoyat bu borada o'z fikrlarini aytdi.



* Alisher jamoamizda bir oy davomida shug'ullandi va o'rtoqlik uchrashuvlarida gollar ham urdi. Mahmudovni kuchli futbolchi deb hisoblayman. Men uning jamoamiz zaxirasida o'tirib qolishini xohlamadim. SHu sababli unga o'zi uchun boshqa jamoa qidirishini taklif qildim. Bilaman, Mahmudovga o'xshab standart vaziyatlarini va xavfli zarbalarni ajoyib tarzda yo'llay oladigan o'yinchilar kam. Men uni juda hurmat qilaman. Alisherning keyingi faoliyatida omad tilayman. To'g'ri, ko'p mutaxassislar ushbu o'yinchiga javob berib yuborganimga hayron bo'lishdi. Alisherni zaxiramizda o'tirishini istamaganim uchun ham ketishini istadim. CHunki bizda uning poziciyasida o'ynay oladigan futbolchilar bor.

“Navbahor”ning o'tgan yilgi tarkibi bilan bu yilgisini solishtiradigan bo'lsak, katta farqi ko'rinyapti. Mo'minjonov o'zi mustaqil ravishda bu safar tarkibni yig'di. Bundan ko'rinib turibdiki, u o'tgan yilgi tarkibning bu yilgisiga kuchi etmasligini sezgan.

* Ha, o'sha tarkibning kuchi etmasligini sezgandim, - deya tasdiqladi murabbiy. – Men o'z qarashlarim bo'yicha boshqa o'yinchilarga ishonch bildirdim. SHuning uchun ko'p futbolchilar bilan xayrlashishga to'g'ri keldi. Jahongir Mehmonov, Alisher Samatov, Mirzohid G'ofurov, Andrey Sidorov, Mansur Saidov, Oybek Qilichev, G'iyos Komilov, Nemanya Yovanovich, Darko Stanoevich kabi futbolchilar oldida ularning zaxirada o'tirib qolishini istamaganim uchun o'zlariga boshqa klublar topishini aytdim. Namanganlik ishqibozlarga esa doim sog'lik tilayman va hamisha “Navbahor”ni qo'llab-quvvatlashlarini istayman.

FIRDAVSXON

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика