So’nggi yangiliklar

13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  0 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  0 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  28 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  2 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  2 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  57 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  21 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  43 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  9

Ikki karra Osiyo chempioni, qianing eng yaxshi yosh futbolchisi Doston Hamdamov 24 yoshga to'ldi Yangiliklar

Ikki karra Osiyo chempioni, qianing eng yaxshi yosh futbolchisi Doston Hamdamov 24 yoshga to'ldi

Bugun "Paxtakor" jamoasining mahoratli yarim himoyachisi Doston Hamdamov tavallud kunini nishonlamoqda.

Bugun barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida o'ynagan, Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'la olgan, "O'zbekiston belgisi" ko'krak nishoni sohibi, bugungi kunda "Paxtakor" klubi sharafini himoya qilayotgan Dostonbek Hamdamov bugun 24 yoshga to'ldi.    

Dostonbek Hamdamov - 1996 yilning 24 iyul kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida dunyoga kelgan. "Bunyodkor" futbol akademiyasiga kelgunga qadar Yangier futbol maktab-internatida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgangan. 2014 yilda "Olmaliq" (hozirgi AGMK) jamoasiga qarshi uchrashuvda "Bunyodkor" jamoasidagi debyut uchrashuvini o'tkazdi. O'sha mavsum yakuniga qadar "Mashal", "Buxoro" jamoalarining posbonlarini ranjitishni uddasidan chiqdi. Bu paytda u 18 yoshda edi. 

Darvoqe, Dostonbek Hamdamov ikki karra Osiyo chempioni bo'lgan uch nafar o'zbekistonlik futbolchidan biri ham hisoblarnadi. O'tgan yili Xitoydagi "qorli final" nomi bilan yodda qolgan qita chempionatida chempion bo'lgan tarkibda Akromjon Komilov, Dostonbek Hamdamov va Javohir Sidiqov bor edi. Bu uchchovlon 2012 yil Eronda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionatida ham qatnashib, yakunda chempion bo'lishgan edi.


Toshkentda Ronaldu bilan uchrashuv. Ushbu bolalarning orasida Doston Hamdamov ham bor. 



Bugungi qahramonimiz 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan.  "Qaldirg'ochlar" safida 2014-2017 yillar oralig'ida to'p tepgan. 2016 yilgi mavsumda jamoasining eng yaxshi to'purari sifatida kumush medallariga ega chiqqandi. Orada malum vaqt Rossiyaning "Anji" jamoasida to'p tepgan Hamdamov o'tgan mavsumdan etiboran "Paxtakor" jamoasi sharafini munosib himoya qilib kelmoqda. 

Dostonbek O'zbekiston o'smirlar, yoshlar va milliy terma jamoalari tarkibida o'ynagan. Yani, barcha yosh toifalaridagi terma jamoalarda o'ynab, bosqichma-bosqich yuqoriga ko'tarilib borgan. OFK tomonidan har chorakda chop etiladigan "AFC QUARTERLY" jurnalining navbatdagi sonlarining birida Hamdamov bilan intervyu chop etildi. Bu intervyu Dostonbek 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilganidan keyin amalga oshirilgandi.

- O'zbekiston futbolining o'sib kelayotgan yangi avlod vakillaridan biri, OFK tomonidan 2015 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb taqdirlangan Dostonbek Hamdamov o'tgan mavsum o'zini ko'rsatdi. Klub hamda terma jamoasi uchun porlagan nurga aylandi, - deya boshlangan edi o'sha intervyu. 



Saytimiz xodimlari nomidan Doston Hamdamovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida esa ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика