Ikardi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi
07 sen 2022 21:46
Yangiliklar
Ikardi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi
Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi.
"Galatasaroy" PSJ bilan hujumchining transferi shartlarini kelishib oldi. Ikardi turk klubiga ijara asosida o'tadi.
Turk klubi ijara uchun pul to'lamaydi. "Galatasaroy" futbolchiga 3 million evro maosh to'laydi, qolgan 5 millionni esa PSJ beradi.
Hujumchi transfer jarayonini yakunlash uchun bugun kechqurun Istanbulga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Turkiyada transfer oynasi 8 sentyabr kuni yopiladi.
Argentinalik futbolchi o'tgan mavsum Liga 1'da 24 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
Eshitdik-da! "Galatasaroy" Ikardi bilan muzokara o'tkazmoqda, bu haqda insayderimiz xabar berdi
Fikrlar