Eshitdik-da! "Galatasaroy" Ikardi bilan muzokara o'tkazmoqda, bu haqda insayderimiz xabar berdi

Оқил Абдубарноев
4 sen 2022, 23:36
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Championat.asia sayti insayderining xabar berishicha, "Galatasaroy" argentinalik hujumchining transferi borasida muzokara o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, Turkiya Superligasida transfer oynasi 8 sentyabr kuni yopiladi.

Avvalroq PSJ Ikardini YCHL qaydnomasiga kiritmagani haqida xabar berilgandi. Qolaversa, klub Shomurodovga qiziqish bildirayotgani to'g'risida aytib o'tilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia