Iguain La Ligaga qaytishi mumkin
03 mar 2020 17:37
Yangiliklar


Iguain La Ligaga qaytishi mumkin
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
32 yoshli futbolchining "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi va u erkin agentga aylangan holda boshqa klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Iguainning xizmatlariga Bilbaoning "Atletik" klubi qiziqmoqda. "Atletik"ning transfer siyosatiga binoan, klub bask futbolchisini sotib olishi kerak. Gonsalo argentinalik bo'lishiga qaramay, bask sanaladi.
Forvardning bobosi Argentinaga kelgan muhojir bask bo'lgan. Iguain Franciyada tug'ilgan va ikki fuqarolikka ega.
Iguain "Yuventus"da 2016 yildan beri o'ynamoqda, bundan oldin esa "River Pleyt", "Real", "Napoli", "Milan" va "CHelsi" klublarida o'ynagan.
Hujumchi joriy mavsum A Seriyada 22ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 4ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar