So’nggi yangiliklar

23:53АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Саутгемптон" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  1 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  4 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  15 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0 20:16ПСЖда 7-рақамнинг янги эгаси маълум!  1 19:59Гави: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси"  9 19:34Гари Невилл: "Гарначо ва Рэшфорд кетса, МЮ учун олдинга ташланган катта қадам бўлади"  13 19:10Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоасига хорижлик бош мураббийи тайинланди!  9 18:58Расман: Саҳоб Рашидов "Сўғдиёна"га қайтди!  1 18:37Ўзбекистон U-17 қизлар терма жамоаси йиғинга киришди  0

Igor SHkvirin: “Namanganliklarni ajoyib o'yingoh bilan tabriklayman” Yangiliklar

Igor SHkvirin: “Namanganliklarni ajoyib o'yingoh bilan tabriklayman”

"Navbahor” va “Olmaliq” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach, har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Odatga ko'ra dastlab OAV vakillarining savollariga mehmonlar ustozi Igor SHkvirin javob qaytardi: - Birinchi navbatda bunday ajoyib o'yingoh bilan Namangan viloyati ahlini jamoamiz azolari nomidan tabriklayman. O'yin xususida to'xataladigan bo'lsam, birinchi bo'limda tashabbusga erishdik desak ham bo'ladi. SHunday bo'lsada, ikkita qarshi hujum barchasini o'zgartirib yubordi.

Aynan shu sababli dastlabki bo'limda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdik. Tanaffus paytida SHaker Zuagi o'zini noqulay his qilganligi bois uni almashtirishga majbur bo'ldik. Bahsning ikkinchi qismida esa uchinchi golni ham o'tkazib yubordik. “Navbahor”ni ushbu g'alaba bilan tabriklayman. Namanganga necha marta kelgan bo'lsam, muxlislarni doimo jamoani qizg'in qo'llashiga va o'yingohni ishqibozlar bilan to'lishiga guvoh bo'lganman. Bunday sharoitda o'ynash futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Birinchi bo'limda to'pni ko'proq nazorat qilganligimiz uchun tanaffusdan keyin charchoq alomatlari sezilib qoldi. Iyun oyida uch-to'rt kun oralig'ida o'yin o'tkazish ham o'z tasirini ko'rsatmoqda.

Kubokdagi ishtirokimiz bois taqvim zich bo'lmoqda. Bunday sharoitda zaxira o'rindig'ini uzunligi foyda berishi mumkin. Misol uchun “Lokomotiv” bilan jamoamizni solishtirganda bu borada farq bor. Aynan shu sababli asosiy yuk 13-14 nafar futbolchining chekiga tushmoqda. Og'ir o'yinlardan keyin tiklanish juda qiyin. Bugun ham bundan mustasno bo'lmadi. Qolaversa, havoni dim bo'lganligi ham toliqishni keltirib chiqardi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика