Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi
01 fev 2020 04:28
Yangiliklar


Igalo faoliyatini MYUda davom ettiradi
“SHanxay SHenxua” va MYU futbolchining transferi borasida nihoyat bir to'xtamga kelishdi.
Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Manbaning tasdiqlashicha, “qizil iblislar” 30 yoshli hujumchi bilan uning shaxsiy shartnomasi va Xitoy klubi bilan futbolchini sotib olish sharti bilan oltiy oylik ijarasi borasida kelishuvga erishishgan. Transfer oynasi yopilishi bilan nigeriyalik futbolchi Xitoyni tark etib, MYU safida tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda Igalo klubi safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida 10 ta gol bor. Futbolchining “SHanxay SHenxua” bilan shartnomasi 2021 yil yakuniga qadar tuzilgan. Afrikali charm to'p ustasining transfer bozoridagi narxi 6,5 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar