So’nggi yangiliklar

14:22Олмалиқдаги "ОКМК спорт мажмуаси" ҳудудида янги табиий майдон қурилмоқда  0 13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  4 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  3 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   20 10:55Қойил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  11 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  1 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  2 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  8 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2 07:31Янги мавсумда Про лигада ўйнамайдиган «Дўстлик» етакчисини сотувга қўйди  1

Mutolaa uchun. Tarixdagi eng qimmat 10ta qishki transferlar. Bu borada "Barselona" birinchi o'rinda... Yangiliklar

Mutolaa uchun. Tarixdagi eng qimmat 10ta qishki transferlar. Bu borada "Barselona" birinchi o'rinda...

Top-klublar odatda yanvar oyida katta pul sarflashmaydi. Ammo, bazida ularda boshqa tanlov ham qolmaydi.

Qoidaga ko'ra, klublar qishki transfer oynasida qimmat bitimlar qilgan holda, tavakkal qilishmaydi. Ammo, top-klublar ham bazida yanvarda katta ovga chiqishadi. Eng yangi misol – 100 mln evro evaziga "CHelsi"ga o'tgan Mixail Mudrik, ukrainalikning transferi yilning ushbu vaqtida amalga oshirilgan bitimlar bo'yicha ikkinchi o'rinni egalladi. Bugun shunga o'xshash eng katta o'nta bitim haqida gaplashamiz.

→ Mixaylo Mudrik "Stemford Brij"da

 

10. Fernando Torres ("Liverpul" – "CHelsi", 2011), 50 mln evro

10 yillar oldin 50 million evrolik shartnoma hatto "Liverpul" va "CHelsi"dek klublar ham juda katta bitim hisoblanardi. Torres "Stemford Bridj"ga ajoyib portfolio bilan ("qizillar" safida 142ta o'yinda 81ta gol va 20ta assist) bilan keldi, shu sabab poytaxtlik muxlislar uning birdan ishga kirishishini kutishgandi. Bu esa unchalik o'xshamadi — ispan 2010/11 yilgi mavsumning yarmida 18 bor maydonga tushib, atigi bitta gol urishga erishdi.

Fernando keyingi uch mavsumda ham Mersisaydda ko'rsatgan yuqori formasiga chiqa olmadi. 172ta o'yinda 45ta gol har qanday forvard uchun yaxshi natija bo'lishi mumkin, ammo bunday top darajadagi o'yinchi uchun emas. Ammo, ispan sovrinlarni qo'lga kiritdi — u londonliklar bilan birga CHempionlar ligasi va Evropa ligasida g'olib chiqdi.



9. Oskar ("CHelsi" – "SHanxay SIPG", 2017), 60 mln evro

O'tgan o'n yillikning o'rtalarida xitoyliklarni "Buyuk Getsbi" filmida Leonardo Di Kamprioning qo'lida shampan shishasini ushlab turgan kadrini mem sifatida ajoyib tarzda tasvirlashdi. Saxiy osiyoliklar shunchalik ko'p pul taklif qilishdiki, nafaqat "qariyalar", balki Oskar kabi yosh o'yinchilar ham vasvasaga tushib qolishdi. Braziliyalik APLda o'ynab, Evropadagi faoliyatini cho'qqisida bir mavsum uchun 23,4 million evro maoshni tanlab, Xitoyga yo'l olgan.

Mahalliy iqtisodiyotdagi chuqur inqiroz va futbolchilar uchun cheklangan maoshga qaramay, Xitoyda yarim himoyachining yo'liga hali ham qizil gilam yozishmoqda. Oskar o'tgan yozda "Flamengo"ga o'tishga urindi, ammo uni qo'yib yuborishmadi – yigitchaning SHanxayda yana ikki yillik shartnomasi bor.



8. Diego Kosta ("CHelsi" – "Atletiko", 2018), 60 mln evro

Qaysar braziliyalik forvardning ketishi bilan bog'liq mashmasha deyarli bir yil davom etdi. U 2017 yilning qishida murabbiy Antonio Konte bilan agenti Xitoyda fantastik maoshni tashkillashtirayotganda janjallashdi. Klub rahbariyati o'rinbosar topmaguncha Kostani qo'yib yuborishni rad etdi, Konte esa braziliyalikka o'rinbosarlar bilan shug'ullanishni taklif etdi. Yakunda faqatgina 2018 yilning yanvarida hujumchi o'zining jonajon "Atletiko"siga qaytdi, ammo oldinga darajaga chiqa olmadi.



7. Brunu Fernandesh ("Sporting" – "Manchester Yunayted", 2020), 63 mln evro

"Manchester" o'sha mavsum Sulsher qo'l ostida shunchalik qiyinchilikka duch keldiki, klub uzoq vaqtdan beri ilk bor qishki transferni amalga oshirishga qaror qildi. Va birdan mo'ljalga to'g'ri urildi. APLda mavsum yakunlanishiga 14ta o'yin qolgandi, Fernandes esa "Yunayted"ning mag'lubiyatsiz seriyasida asosiy rolni o'ynadi. Bugungi kunda portugaliyalik MYUdagi asosiy o'yinchi bo'lib turibdi, ayniqsa Ronaldu klubdan ketganidan so'ng.



6. Per-Emerik Obameyang ("Borussiya", Dortmund – "Arsenal", 2018), 63,75 mln evro

"Arsenal" to'rt yillik davrda muxlisbop o'yin namoyish etmadi, shu sabab klub ajoyib formada bo'lgan futbolchi uchun katta pul ajratdi. Obameyang haqiqatdan ham 2017/18 yilgi mavsum startini zo'r boshlagandi, u Bundesligadagi 16ta o'yinda 13ta gol va uchta assist qayd etgan.

Londonliklar adashishmadi – Per-Emerik jamoaning asosiy kuchiga aylandi, sardorlik bog'ichini kiydi va 2020 yilda Angliya kubogida zafar quchishga yordam berdi. Ammo, unda intizom bilan bog'liq muammo bor edi. Gabonlik "Barselona"dagi safardan so'ng bugungi kunda "CHelsi"da o'ynamoqda, u joriy mavsum APLda hozircha faqatgina bitta to'p kiritdi.



5. Kristian Pulishich ("Borussiya", Dortmund – "CHelsi", 2019), 64 mln evro

Forvard "CHelsi" bilan shartnoma imzolagan holda AQSHning barcha davrlaridagi eng qimmat o'yinchisiga aylandi. Bitim 2019 yilning yanvarida kelishilgandi, ammo Pulishich yana yarim yil Dortmundda qoldi, yozda esa yangi jamoaga kelib qo'shildi. 2019/20 yilgi mavsum boshida Kristian "Stemford Bridj"da haqiqiy muvaffaqiyatga erishadigandek ko'rindi, ammo hozircha bu ro'y bermayapti.



4. Emerik Laport ("Atletik" – "Manchester Siti", 2018), 65 mln evro

"Siti" murabbiyi Pep Gvardiola 2016 yildayoq himoyachini xarid qilishga uringandi, ammo bask o'shanda "Atletik" bilan shartnomani uzaytirgan holda, taklifga rad javobini bergandi. "Siti" 2017/18 yilgi mavsum ekvatoriga jarohatlangan markaziy himoyachilar Nikolas Otamendi va Vensan Komapni bilan keldi, shu sabab klub Laportning tovon pulini to'lashiga to'g'ri keldi. Qaror to'g'ri bo'lib chiqdi – Emerik "Etixad"da asosiy o'yinchilardan biriga aylandi va 2019 yilda shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirdi.



3. Dushan Vlaxovich ("Fiorentina" – "Yuventus", 2022), 81,6 mln evro

Forvardning Florenciyadagi yuqori samaradorligi turinliklar rahbariyatini A Seriya tarixida yanvardagi eng qimmat transferni amalga oshirishiga majbur qildi. Kuchli hujumchi Krishtianu Ronaldu ketganidan so'ng "Yuve" hujumidagi bo'shliqni to'ldirdi. Serb jamoada pasayish kuzatilayotgan bo'lsa ham, Turinda yuqori darajani ko'rsatmoqda.



2. Virjil van Deyk ("Sautgempton" – "Liverpul", 2018), 84,6 mln evro

Niderlandiyalik himoyachi o'zining yuqori bahosi haqidagi gaplarni tezda yo'qqa chiqardi va "Liverpul"ning 2018/19 yilgi mavsum CHempionlar ligasidagi oltinchi sovrini, shuningdek 2019/20 yilgi APL chempionligida muhim rol o'ynadi.

Van Deyk boshchiligidagi "Liverpul" himoyasining mustahkamligidan o'tgan yilning oktyabr oyida "Lids" to'xtatib qolgan "Enfild"dagi 70ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya dalolat beradi.



1. Filippe Koutino ("Liverpul" – "Barselona", 2018), 135 mln evro

Van Deyk (klubga 62,5 mln evroga tushgan darvozabon Alisson kabi) agar barcha yanvardagi eng qimmat va muvaffaqiyatsiz transfer bo'lmaganda, "Liverpul"ga o'tmagan bo'lishi ham mumkin edi. 100+ mln evro narxda xatolikka o'rin yo'q, ammo o'z byudjetiga beparvolik qilgan kataloniyaliklar pastlashga ko'nikishmagan. Braziliyalik "Kamp Nou"dagi to'rt mavsumda 106ta o'yinda 25ta gol urdi, ammo muvaffaqiyatsizlikda uni ayblash qiyin. "Barsa" uni Andres Inestaning o'rniga xarid qildi, braziliyalik esa umuman boshqa sifatdagi o'yinchi edi.



Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика