Ibragimovich shvetsiyalik imkoniyati cheklangan futbolchilarga JCHda ishtirok etishlari uchun pullarini to'lab berdi

Aziz Tukhtamuradov
12 avg 2014, 17:15
Zlatan Ibragimovich imkoniyati cheklangan futbolchilarga JCHga borishga yordam qo'lini cho'zdi.
Shvetsiya imkoniyati cheklangan terma jamoasi vakillari Shvetsiya futbol federatsiyasiga Zlatan Ibragimovichning bir qancha dashatlari tushirilgan futbolkalarini so'rab murojat qilishgan.

Ular bu futbolkalarni kimoshdi savdosida sotib Braziliyada imkoniyati cheklangan shaxslar o'rtasida bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ishtirok etishni maqsad qilgandilar.

Bundan xabar topgan Ibragimovich jamoa bilan bog'lanib ularga qancha pul kerakligini so'ragan va jamoaning chipta va boshqa chiqimlari uchun etarli bo'lgan 38 000 evroni terma jamoaga sovg'a sifatida taqdim etgan.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru