Ibragimovich: "Biz Mourinyo bilan bir-birimizga o'xshaymiz - mag'lubiyatlarni qabul qila olmaymiz"

Aslanov Jasurbek
9 sen 2016, 13:14
"Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibragimovich jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida fikr bildirdi.

"Mourinyoni anchadan beri bilaman. Uning talablari, nima istashini ham. Unda mendagidek chempionlik feli bor. G'alaba uchun bor kuchimni ishga solaman, Mourinyo ham shunday. Biz mag'lubiyatni qabul qila olmaymiz. U menga o'xshab ko'p muvaffaqiyatlarga erishgan. Mourinyo qaerga bormasin, doimo g'alaba qozongan. "Portu" bilan Chempionlar ligasini yutishdi. Qisqa vaqt ichida Joze fantastik muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, u shogirdlaridan hech narsani yashirmaydi, hammasini yuziga aytadi" - deydi Ibragimovich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC