So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро" (матнли трансляция)  1 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  0 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  7 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 18:16Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи" (матнли трансляция)  5 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  1 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  45 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  15 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  23

Ibai Gomes: "O'zbekistonga qarshi o'yinda g'alaba qozonsak, keyingi bosqichga yo'l olishimizga ishonaman" Yangiliklar

Ibai Gomes: "O'zbekistonga qarshi o'yinda g'alaba qozonsak, keyingi bosqichga yo'l olishimizga ishonaman"

Dominikan Respublikasi olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ibai Gomes O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan mamlakat futbol federaciyasi tomonidan tashkil etilgan videokonferenciyada ishtirok etdi.

Ibai Gomes o'z jamoasining Olimpiada turnirining chorak finaliga yo'l olishiga "to'liq" ishonishini aytdi.

"Jamoa bundan 15 kun avval Franciyaga o'yinga qaraganda (0:7 hisobidagi mag'lubiyat) o'z dinamikasi va mentalitetini o'zgartirdi. Bizda imkoniyat bor va o'z imkoniyatimizdan foydalanishimiz kerak. Ispaniya Misrni mag'lub etishiga ham umid qilamiz. 

Ispaniyaga qarshi puxta tayyorgarlik ko'rgan edik, ammo qizil kartochka o'yinni o'zgartirdi. Biz yaxshi harakat qildik, raqibga golli vaziyatlar yaratishga deyarli imkon bermadik. SHogirdlarim aytilgan vazifalarni bajarishdi. Ispaniyaga qarshi o'yinda ko'p kuch sarfladik, yigitlarda biroz charchoq bo'lishiga qaramay, ular bo'lajak to'qnashuvga tayyor. Biroq Bordo shahridan Parijga yo'l olishimiz yakshanba kuni mashg'ulot o'tkazish imkoniyatidan mahrum qildi.

Bizda tarix yaratish imkoniyati mavjud. Ruhan va jismonan tiklanishga harakat qilamiz. Biz faqat va faqat g'alaba qozonishimiz kerak, shu bois himoyada ham, hujumda ham tavakkalga qo'l uramiz. Maydonda aniqlikka urg'u berib, faol pressing uyushtirishga harakat qilamiz.

Ispaniya Misrni mag'lub eta oladi deb o'ylayman, biroq, avvalo, biz o'z vazifamizni bajarishimiz kerak. Bor etiborimizni O'zbekistonga qarshi o'yinga qaratamiz. Qarama-qarshi juftlik bellashuviga etibor bermaslikka harakat qilaman.

Biz bo'lajak o'yin uchun o'zgarishlar qildik, bunga ertaga guvohi bo'lasiz. Ertaga tavakkal qilamiz. O'ylaymanki, futbolchilar nimaga qodirligini maydonda ko'rsatadi. Ishonamanki, g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l olishni uddalaymiz", dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston — Dominikan Respublikasi uchrashuvi 30 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.


Avvalroq terma jamoa sardori O'zbekistonga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика