Hindiston klubi OCHL 2 musobaqasidan chetlashtirildi
30 sen 2025 17:55
Yangiliklar
Hindiston klubi OCHL 2 musobaqasidan chetlashtirildi
Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK) seshanba kuni Hindiston futbol klubi Eronga rejalashtirilgan o'yindan uch kun oldin "futbolchilarning farovonligi" va "aniqlangan xavflar" ortidan "Mohun Bagan"ning chetlashtirilganini tasdiqladi.
"2025/26 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi reglamentining 5.2-bandiga muvofiq, OFK Hindistonning "Mohun Bagan" "S" guruhidagi o'yinga kelmagani uchun musobaqadan chetlashtirilgan deb hisoblanishini tasdiqlaydi", – deyiladi OFK xabarida.
Shuningdek, OFK reglamentning 5.6 va 8.3-moddalarida ko'rsatilganidek, "Mohun Bagan"ning musobaqadagi avvalgi natijasi – o'z uyida Turkmanistonning "Ahal" klubidan uchralgan mag'lubiyati (0:1) endi haqiqiy emas deb topiladi.
Bu o'yindan olingan ochkolar yoki gollar "S" guruhidagi yakuniy turnir jadvalida hisobga olinmaydi. Bu masala tegishli qaror qabul qilish uchun OFKning tegishli qo'mitalariga yuborilgan.
"Mohun Bagan" 21 oktyabr kuni Iordaniyaning "Al Hussayn" jamoasi bilan ham o'ynashi kerak edi, biroq o'yin bekor qilindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar