Sadriddin Hasanov OFK tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga nomzod!
25 sen 22:29
Yangiliklar


Sadriddin Hasanov OFK tomonidan yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga nomzod!
Joriy yilning 16- oktyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan qita futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi tashkil etiladi.
Unda o'tgan 2025-yilgi yirik musobaqalar, xususan, U-17 va U-20 Osiyo kubogi 2025 va qita miqyosidagi xalqaro turnirlar davomida o'z mahoratini namoyish etgan futbolchilar, murabbiylar va rasmiylar taqdirlanadi.
Quvonarlisi, turli yo'nalishlardagi nomzodlar orasida O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisi Sadriddin Hasanov (“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”) ham bor.
Sadriddin Hasanovga bu yo'nalishda Aleks Badolato (Avstraliya) va Hamid Yusuf (Saudiya Arabistoni) raqobat qiladi.
Malumot uchun, Sadriddin Hasanov joriy yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan U-17 Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etilgan edi.
G'oliblar nomi tantanali marosim davomida elon qilinadi. Futbolchimizga omad tilaymiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar