

Fransiyaning "L’Equipe" gazetasi Erling Holandning "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagi o'yiniga yuqori baho berdi.
"Manchester Siti" hujumchisi APL derbisida (6:3) xet-trik qayd etdi.
Norvegiyalikning harakatlari maksimall 10 ball bilan baholandi. Gazeta tarixida bor-yo'g'i 13 nafar futbolchi eng yuqori bahoga erishgan.
Ushbu ro'yxatga bungacha Frank Soze (1988 yil), Bryuno Martini (1988), Oleg Salenko (1994), Lars Vindfeld (1997), Lionel Messi (2010, 2012), Robert Levandovski (2013), Karlos Eduardo Alves (2014), Neymar (2018), Dushan Tadich (2019), Lukas Moura (2019), Serj Gnabri (2019), Kilian Mbappe (2021) va Alban Lafon (2022) kirgan.



