So’nggi yangiliklar

15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  12 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8 10:32Ўзбекистонлик ҳакамлар олимпия ўйинларидаги илк учрашувларига тайинлов олишди  4

Holand keldi: ehtiyot bo'ling, juda ehtiyot bo'ling! Yangiliklar

Holand keldi: ehtiyot bo'ling, juda ehtiyot bo'ling!

“Manchester Siti” 2022/23 yilgi mavsum Angliya Premer-ligasi 1-turida “Vest Xem” mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

Erling Holand debyut o'yinida ajoyib o'yin ko'rsatdi. "Vest Xem" bilan bahsda “Manchester Siti” ustunlikka erishdi. 

Premer-ligaga xush kelding, yozning eng yirik transferi Erling Xoland! "Borussiya" Dortmunddan Angliyaga ko'chgan futbolchi "Siti"ning APL yangi mavsumidagi ilk o'yinida raqib darvozasiga kiritgan ikki to'pi (biri penaltidan)ga mualliflik qildi va ishonchli g'alaba qo'lga kiritilishini taminladi. 

Debyut orzu qilarli darajada bo'ldi

Erling Holand ushbu mavsum "Manchester Siti" tarkibida elkasida ulkan masuliyat hissi bilan maydonga tushadi, chunki u anchagina yirik hisoblanadigan summaga – 51 mln funtga sotib olindi va endi iloji boricha tezroq jamoaning o'yiniga ijobiy tasir o'tkazishi shart. Qayd etish joizki, Premer-ligadagi birinchi o'yinda ikkita gol urish o'zini barchaga qayta tanishtirishning yomon usuli emas. 

To'g'ri, u uchun to'langan mablag' zamonaviy futbolda saviyasi yuqori o'yinchilar uchun to'lanadiganlaridan farqli tarzda arzon narx hisoblansa-da, 22 yoshli futbolchi haliyam o'z obro'si darajasidagi o'yinni ko'rsatishi kerak bo'ladi. Aynan undagi katta bosimning asosi ham shu. Utgan hafta "Liverpul"ga qarshi Angliya Superkubogi o'yinida bir qancha qulay vaziyatlardan gol ura olmaganidan so'ng "Vest Xem"ga qarshi bahsda ham hech qanday samaradorlik ko'rsata olmaganida, unga nisbatan qo'yiladigan talab yana anchagina ortardi. Biroq u o'yindagi barcha gollarni urdi va "Siti" ichki chempionatdagi g'oliblikni himoya qilish yo'lidagi ilk o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritdi. Bu esa klubning Holand bilan tuzilgan yulduzli shartnomasi Pep Gvardiola eng katta boyligiga aylanishini ko'rsatadi. 

Uning birinchi goli Ilkay Gyundogan tomonidan etkazilgan to'pni egallab "bolg'achilar" himoyasi ortidan aqlli yurishni amalga oshirganidan so'ng penaltidan urildi. U tezlik bilan oldinga otilib chiqdi va zaxiradan maydonga tushgan darvozabon Alfons Areolani unga nisbatan qo'pollik ishlatishga majbur qildi. To'p yo'liga to'sqinlik qilib, Holandning oyog'idan tutgani uchun "Vest Xem" darvozasi tomon 11 metrlik belgilandi. Holand darvozabonni dog'da qoldirib, to'pni erlatib darvozaning burchagiga tepdi va darvozani ishg'ol qildi – 0:1. Uning ikkinchi goli – klassik hujumchining goli bo'ldi. U buni tezlik, harakat va yakkama-yakka vaziyatda darvozabonni mag'lub etish qobiliyati bilan amalga oshirdi. Kevin de Bryuynening himoyani bo'lib tashlagan uzatmasi oldingi chiziqda poygani boshlab yubordi. Tezlik bilan to'pni o'ziniki qilgan Holand darvozabon Areolani ojiz qoldirib, chap oyog'i bilan darvozaning olis burchagini ohista nishonga oldi va jamoasining 2:0 hisobidagi g'alabasini taminladi. Holand "Siti" bilan katta o'yinlarda o'zini namoyish etish va o'z xohishiga ko'ra boshqalarga to'p kiritish uchun shartnoma imzoladi. Takidlash joizki, u allaqachon bunga mos ekanini ko'rsata oldi. 

Premer-liganing qolgan qismi uchun "dahshatli" ishora

"Manchester Siti" o'tgan mavsum APLdagi birinchi o'yinda Londonda "Tottenxem"ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Oradan 12 oy vaqt o'tgach, ular poytaxtga qaytib chempionatni "Vest Xem" ustidan nuqsonsiz g'alaba bilan boshladi. Bu esa raqiblarni Pep Gvardiola jamoasiga qarshi qanday chiqishga o'ylantirib qo'ydi.

"SHaharliklar"da o'tgan mavsumning omadsiz boshlanishi chempionlik poygasidagi natijasiga tasir ko'rsatmadi va jamoa mavsumning oxirgi kunida "Liverpul"dan oldinda yakunladi. Biroq Gvardiola jamoasi mavsum boshida to'siqlardan chiqib olishda juda sust edi. Klub dastlabki 7 ta o'yinning atigi 4 tasida g'alaba qozongan edi. Agar joriy mavsum "Siti"ning "Vest Xem"ga qarshi o'yini oldinda nima bo'lishining o'lchovi bo'lgan taqdirda ham o'yinchilar to'p uchun jiddiy kurashishi kerak bo'ladi.

Londondagi qayd etilgan g'alabada katta kamchiliklar ko'zga tashlangani yo'q. Holandning gollari yangi bir ishora bo'lib xizmat qildi. Avval ham ko'plab gollar urgan jamoa uchun Erling urgan ikki gol quvvat qo'shdi. Kevin de Bryuyne har doimgidek ajoyib o'yin ko'rsatdi, Ruben Diash orqada munosib o'ynadi. To'pga egalik qilish haqida gap ketsa, shunday paytlar bo'ldiki, "Siti" 75 foiz to'p nazoratini o'zida saqladi va bu o'tgan mavsumda deyarli kuchli oltilikka kirgan "Vest Xem"ga qarshi kechgan o'yinda bo'ldi! "Siti" uchun o'yin starti oson kechmadi. Ammo ular buni oson ko'rinishga keltirdilar. Agar ular "Vest Xem"ni shunchalar oson taslim qila olsa, liganing boshqa ko'pchilik jamoalarida hech qanday imkoniyat qolmaydigandek tuyulyapti.

"Vest Xem" oxirgi kungacha Rays haqida qayg'uradi

"Vest Xem" shu paytgacha ushbu yozgi transferlar oynasida 100 million funtdan ortiq mablag'ni sarflab yubordi. Biroq ularning eng katta maqsadi hech bo'lmaganda hozircha Deklan Raysni saqlab qolishdir. Mark Nobl nafaqaga chiqqanidan so'ng sardorlik bog'ichini qo'lga kiritgan 23 yoshli futbolchi o'tgan yili "bolg'achilar" uchun ajoyib mavsum o'tkazdi. O'shanda jamoa Evropa Ligasi yarim finaliga qadar etib bora olgan edi. Rays yana Devid Moyes jamoasining "Siti"ga qarshi o'yinda asosiy kalit o'yinchi bo'lib xizmat qildi. Rays har tomonlama harakatchan yarim himoyachi ekanligini ko'rsatdi. U jaziramada o'tgan ochilish o'yinida ter to'kdi, yakkakurashlarda g'alaba qozondi va muhim etkazmalarni amalga oshirdi. 

Angliya terma jamoasi vakili Angliyaning katta va boy klublariga o'tishi uchun hali vaqt bor. Masalan, "CHelsi" va "Manchester Yunayted" uzoq vaqtdan buyon unga muxlislik qiladi va yarim himoyani uning hisobiga kuchaytirishga muhtoj. SHartnoma muddati nihoyasiga etishiga 2 yil qolganida Rays "Vest Xem" bilan shartnoma muddatini uzaytirishga rozi bo'lmasa, balki uni kelasi yili sotib yuborishga to'g'ri kelar. Biroq dedlayn – 31 avgust sanasigacha Evropaning biror yirik klubidan jozibador taklif tushsa, Rays va "Vest Xem" bu yurishni amalga oshirishi mumkin. "Siti"ga qarshi o'yinda o'zini isbotlaganidek, u "CHelsi" va "Yunayted"da tezda o'zining o'rnini topib ketishi mumkin.

O'yinning eng yaxshisi – Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti")

Gvardiolaning yulduzlar jamoasi tarkibda Ilkay Gyundogan ham bo'lsa, har doim yaxshiroq ko'rinadi. Germaniyalik yarim himoyachi Londondagi o'yinda ham o'yinni boshqardi. Uning birinchi bo'limdagi Holandga uzatgan to'pi penaltiga olib keldi va "Siti" oldinga chiqib oldi. 

To'g'ri, gol yuzaga kelishida Holandning mahorati asosiy rolni o'ynagan bo'lishiga qaramay, bunday mukammal uzatmani faqat Gyundogan darajasidagi o'yinchilargina uzata oladi. 

O'yinning eng omadsiz futbolchisi – Alfons Areola ("Vest Xem")

Zaxira darvozaboni uchun zaxira o'rindig'idan sovuqqonlik bilan o'yinga qo'shilish hech qachon oson bo'lmaydi. Uning past darajadagi o'yinini bahsga etarlicha tayyorgarlik ko'rmagani bilan izohlash mumkin. O'yinning 27-daqiqasida jarohat olgan Lukash Fabianskining o'rnini to'ldirish uchun maydonga tushirilgan sobiq PSJ darvozaboni o'yinga qo'shilganidan 7 daqiqa o'tib penaltidan so'ng darvozasidan to'p olib chiqdi. 

U ehtiyotsizlik bilan Erling Holand oyog'iga sho'ng'idi va penalti belgilangan edi. U "Siti"ning ikkinchi golida Holand tomonidan juda osonlik bilan taslim etildi va "Vest Xem"ning ikkinchi raqamli darvozaboni uchun esdan chiqarish kerak bo'lgan kunga aylandi. 

Diqqatga sazovor daqiqalar

Holand Premer ligada benuqson debyutni amalga oshirganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarning asosiy sarlavhasiga aylandi.

Ayni paytda bir afsonaviy to'purardan boshqasi haqida bilib oling: agar kimdir elita hujumchi bo'lish uchun nima kerakligini bilsa, u Angliya terma jamoasi va "Tottenxem"ning sobiq yulduzi bo'lar edi...

O'yindan keyingi fikrlar

"Nishonlashga ko'p sabablar bo'ldi, men bundan xursandman. Otam Alf-Inge ikkala golni ham ko'rgani juda yaxshi, chunki ushbu musobaqadagi debyutant sifatida men uchun ajoyib lahzalar sodir bo'ldi. Qolaversa, oxirgi golni urganimga 30 daqiqa bo'ldi. Men davom etishim kerak", – dedi "Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand. 

Muhim statistikalar:

- Erling Holand Premer-ligadagi debyut golini urdi. U uch mavsumdan beri o'z jamoasining ligadagi ochilish o'yinlarida to'p kiritdi (avvalgi ikkisi "Borussiya" Dortmund safida kiritilgan edi). 2011 yil avgust oyida Serxio Aguero debyutida 2 ta gol urganidan buyon Erling Holand Premer-ligada ilk o'yinida dubl qayd etgan ikkinchi o'yinchiga aylandi;

- "Manchester Siti" Premer-ligadagi mag'lubiyatsiz seriyasini 19 ta o'yinga etkazib oldi (15, 4, 0). Jamoa so'nggi bor "Tottenxem"ga imkoniyatni boy bergan edi;

- "Manchester Siti" "Vest Xem"ga qarshi mag'lubiyatsiz seriyasini 14 taga etkazib qo'ydi (11, 3, 0). Bu jamoaning biror raqibga qarshi mag'lubiyatsiz davom etayotgan ikkinchi natijasidir. "Fulxem" bilan ham 14 ta o'yinlik holat yuzaga kelgan;

- "Manchester Siti" Pep Gvardiola boshqaruvida ochilish o'yinlaridagi 7 ta bahsning 6 tasida zafar quchdi. Bu bilan bir paytda, "Vest Xem" buning aksini qildi – 7 ta o'yinning 6 tasida mag'lub bo'ldi;

"Manchester Siti" "Vest Xem"ga qarshi 4 ta ochilish o'yinining barchasida g'alaba qozongan.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика