Hakim Fuzaylov: "Timur Hakimov istalgan paytda o'yinni kuchaytira oladi"
05 avg 2021 23:37
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Timur Hakimov istalgan paytda o'yinni kuchaytira oladi"
Pro liganing 14-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Dinamo" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oldin ham, hozir ham aytaman bu yil Pro ligada kuchsiz jamoa yo'q. Oddiy o'yinlar bo'lmayapti. Bunday issiq havo va oradagi katta tanaffusdan so'ng o'yin qiyin kechishi oldindan malum edi. Boisi futbolchilarda o'yin amaliyoti yo'q . O'yindan-o'yinga hammasini yaxshilab borishga harakat qilamiz. "SHo'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulovni juda yaxshi bilaman. Futbolchilik paytida ajoyib o'yinlar o'tkazgan. U yoshlar bilan alo darajada ishlamoqda.
Raqib safidagi yosh futbolchilar "SHo'rtan"ning kelajagi hisoblanadi. Timur Hakimovni bunday issiq havoda ilk daqiqalardan maydonga tushirish xato bo'lardi. U istalgan paytda o'yinni kuchaytara olardi. Timurga shunday vazifa berilgandi",- deydi Hakim Fuzaylov.
Fikrlar