So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Hakamlikdan yana katta futbolga qaytishiga nima sabab bo'ldi? Farg'onada futbol pasayganmi? Otabek Haydarov bilan intervyu Yangiliklar

Hakamlikdan yana katta futbolga qaytishiga nima sabab bo'ldi? Farg'onada futbol pasayganmi? Otabek Haydarov bilan intervyu

Yaqinda saytimizda o'z vaqtida "Neftchi", "Qo'qon-1912", "Turon" klublarida to'p tepgan hujumchi Otabek Haydarovning hakamlik faoliyatini boshlagani haqida xabarlar chiqqan edi.

Biroq ayni paytda ushbu futbolchi Qirg'izistonning "Neftchi" klubida to'p tepmoqda. Xo'sh nima uchun futbolchi qarorini o'zgartirdi? SHu va boshqa bir nechta savollar bilan Otabek Haydarovga yuzlandik. 


- O'tgan mavsumda "Turon" safida o'ynab jamoa bilan Pro ligaga yo'llanma oldingiz. Biroq iyun oyida hakamlikni boshlaganingiz haqida xabarlar chiqdi.  Rostdan ham katta futbolni yakunlab hakamlikka o'tganmidingiz? 

- To'g'ri takidladingiz. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra "Turon" bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdik. SHundan so'ng Maldiv chempionati vakilidan taklif bo'lgani uchun jamoadan ketishga qaror qildim. Buning ayrim sabablari bor. Dekabr oyida Maldivga etib bordim. 3 oy yaxshi o'ynab yurdim. Keyin esa jarohatlar ko'payib ketdi. SHundan so'ng faoliyatimni tugatish maqsadida uyga qaytdim. Hakamlikka o'tganim rost. 

- Qaroringizni o'zgarishi nima bilan bog'liq? Hakamlik qiyin, eng ko'p tanqidlar, etirozlar ostida qoladigan soha hisoblanadi...

- Rostdan ham hakamlikka o'tdim. Buning o'ziga yarasha sabablari bor edi. Lekin bildimki juda og'ir kasb ekan. Hamma futbolchilar, murabbiylar ayniqsa muxlislar nafrat ko'zi bilan qarashni boshlashdi. Bu holat menga to'g'ri kelmasligini tushunib etdim. Hakamlik sohasida ishlayotgan hammaga sabr-toqat tiladim. 

- Eshitishimizga qaraganda ayni paytda katta futbolga qaytgansiz va Qirg'izistonning "Neftchi" klubida o'ynayapsiz...

- Ushbu klubda oldin ham to'p tepganman. Menga begona emas. Birinchi marotaba o'ynayotganim yo'q. Xudoga shukur hozirda hammasi yaxshi. 

- "Turon" jamoasining bu yil Superligadagi ishtirokiga qanday baho berasiz?

- "Turon" joriy mavsumda birinchi marotaba Superligada qatnashmoqda. Fikrimcha omad etishmayapti. Boisi har bir uchrashuvda juda yaxshi o'ynashmoqda. "Turon", "Qo'qon-1912" ishtirokidagi hamma o'yinlarni ko'rib boraman. G'alabalar ham bo'ladi. Ularga omad va zafarlar tilayman. 

- Farg'onadagi barcha jamoada o'ynagansiz. "Neftchi" Pro ligada, "Qo'qon-1912" va "Turon" pastki o'rinlarda yuribdi. Baribir hamma natijaga qarab baho beradi. Sizningcha Farg'onada futbol pasayganmi?

- Yo'q, pasaygan deya olmayman. "Neftchi"ning oldiga Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan. Bu yo'lda ular jiddiy kurash olib bormoqda. Xudo xohlasa joriy yilda elitaga qayta olishadi. "Turon" va "Qo'qon-1912"ga yuqorida aytganimdek omad etishmayapti. Yaypandagi futbolga bo'lgan etiborni ko'rib odamni havasi keladi. Bu klublar o'z so'zlarini aytishlariga ishochim komil. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика