So’nggi yangiliklar

14:11Буффоннинг тўйида Кьеллини, Бонуччи ва Барцальи ажойиб бир нарсага қўл уришди  0 13:33Эрон ва БААга қарши ўйин учун Сречко Катанец кимларни чақирди?  14 13:03Артета футбол тарихидаги энг яхши футболчини айтди - йўқ, у Роналду эмас  10 12:26Паоло Мальдинининг ўғли Италия термаси сафида дебют қилиши мумкин  0 11:55Винисиус, Леау ёки Хвича: дунёнинг энг яхши чап қанот вингери эълон қилинди  1 11:22Роналду Осиё Чемпионлар Лигасидаги голини отасининг хотирасига бағишлади  0 10:47"Барселона" жароҳат сабаб бир йилга сафдан чиққан футболчи билан янги шартнома тузди. Товон пули эса даҳшат  0 10:06Владимир Бубанья: “Финални кўтаринки кайфият билан кутяпман”  2 09:19Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  3 08:45Sofascore. Кечаги учрашув учун "Пахтакор" футболчилари неча баҳо олишди?  3 08:17"1:6"! Ҳисоб ўйинга мос бўлмаган Аргентина - Қозоғистон учрашувидан ГАЛEРEЯ  4 07:40"Реал Мадрид"нинг яна бир етакчиси жароҳат олди  2 07:10Элит Чемпионлар лигаси. 36 ёшли Драган Черан "Пахтакор"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  8 02:24Германиялик болалар футболи бўйича мутахассис “Шўртан” футбол клубига келди  1 01:31Қозоғистон устози: "Футзалда ҳаёт шундай – бугун сен зўрсан, уч кундан кейин эса йўқ"  0

Hakamlar va nazoratchilarning yozgi malaka oshirish kurslari start oldi Yangiliklar

Hakamlar va nazoratchilarning yozgi malaka oshirish kurslari start oldi

8 iyuldan O'FF hakamlari va nazoratchilari malakasini oshirish bo'yicha yozgi kurslar start oldi.
Dastlab, 8-10 iyul kunlari nazoratchilar malakasini oshirish bo'yicha kurslar o'tkazildi.

Jumladan, birinchi kun 15 nafar nazoratchi o'yin qoidalari bo'yicha savol-javob va imtihonlar o'tkazilgan bo'lsa, ikkinchi kun nazoratchi raportini to'ldirish metodikasi bo'lib o'tadi, uchinchi kuni esa aynan shu metodika bo'yicha imtihon va FIFAning O'yin qoidalari bo'yicha videomateriali namoyish etildi.

Hakamlarning birinchi kurslari 15 iyul kuni boshlanadi. Unda Oliy va Birinchi ligada faoliyat olib boruvchi 100dan ortiq bosh va yordamchi hakamlar Paxtakor stadionida ro'yxatdan olinganidan so'ng, ulardan FIFA normativlari bo'yicha test olinadi, shuningdek, CHig'atoy bazasida O'yin qoidalari bo'yicha imtihonlar o'tkaziladi.

SHuningdek, o'yin qoidalari bo'yicha savol-javob o'tkaziladi va shu yo'nalishdagi FIFA videomateriali namoyish etiladi. Ikkinchi kunda hakamlar amaliy mashg'ulotlar o'tkazishadi, shuningdek, o'yinlarni ilmiy-metodik tahlil qilishadi. Uchinchi-beshinchi kunlarda ham shunday mashg'ulotlar o'tkaziladi.

Hakamlar kurslarining keyingi bosqichlari tartibi ham shunday ko'rinishda bo'ladi. Hakamlarning mashg'ulotlarini OAV vakillari ham kuzatib borishlari mumkin.

1-bosqich: 8-10 iyul (oliy liga inspektorlari)
 2-bosqich: 15 iyul (oliy va birinchi liga bosh hakamlari)
 3-bosqich: 16 iyul (oliy va birinchi liga hakam yordamchilari)
 4-bosqich: 17 iyul (birinchi liga hakam yordamchilari)
 5-bosqich: 22-24 iyul (birinchi liga nazoratchilari yig'ini)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика